Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish Kirish I bob. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari




Download 0,77 Mb.
bet11/16
Sana18.05.2024
Hajmi0,77 Mb.
#242489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BMI Muzaffarov Javohir

Konvertatsiya milliy hisobotlar tizimining o’sha davlatning yetakchi korxonalari talablariga mosligida namoyon bo’ladi. Korxonalar ravnaq topish yo’lida dunyoning yetakchi mamlakatlaridan orqada qolmagan holda nomoddiy resurslarni nomoddiy aktivlar sifatida samarali jalb qiluvchi va ulardan foydalanuvchi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ular hisobning yangi modeliga o’tishni, ya’ni konvertatsiya jarayonini amalga oshiradilar.
Yaqinlashishda amaldagi buxgalteriya hisobi tizimiga sezilarli o’zgartirishlar kiritilmagan holda bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tiladi. Konvertatsiya esa uzoq davom etadigan evolyutsion jarayon hisoblanib, pirovard natijada mavjud bozorning qaysi biri ustun turishini aniqlaydi. Konvertatsiya, bundan tashqari, mamlakatning ichida amalda bo’lgan usullarning o’zgartirilishini talab qiladi. Evolyutsion konvertatsiya jarayoni, odatda, mayda bo’laklarni o’z ichiga olgan yuqori darajadagi yangi tizimning yaratilishiga olib keladi. Taxminlar bo’yicha buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan yuqori darajadagi tizim - bu moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bo’lib qolmoqda.
O’tkazilgan tadqiqotlar rasmiy hisobotlarni taqdim etish xalqaro qoidalari istiqbolini o’rganish imkonini berishi bilan muhimdir.
Jahon fond birjalarida qimmatli qog’ozlar kotirovkasi yuqori bo’lgan kompaniyalar moliyaviy hisobotlarini MHXSga muvofiq tuzishi va chop etishi lozim. BHMS bo’yicha o’z hisoblarini yuritayotgan ko’pchilik korxonalar jahon bozoriga chiqish uchun tuzilgan hisobotlarini MHXS bo’yicha transformatsiya (aylantirishi)lashi kerak. Bundan quyidagilar kelib chiqadi:

  1. milliy hisobotning nomoddiy aktivlarni aks ettirish qismini MHXSga transformatsiyalash;

  2. MHXSga muvofiq, gudvillga nisbatan qiymatlarni qadrsizlantirish bo’yicha tekshiruv usullarini qo’llashi.

Bizning fikrimizcha, mahalliy hisobotlarning MHXSga muvofiq tuzilgan transformatsiyasi - bu hisobotlarni BHMS asosida tuzilgan MHXS talablariga muvofiq o’zgartirish (tasniflash va baholash) va buxgalteriya hisobi bo’yicha hisobotlarda axborotlarni yoritib berish jarayonidir.
Hisobotlarni transformatsiyalash jarayoni standart ketma - ketlikda amalga oshiriladi. U quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. Tayyorlov bosqichi.

  2. Ish bosqichi.

  3. Chet el valyutasida hisoblash.

  4. Moliyaviy hisobotlarni shakllantirish.

Tayyorlov bosqichida quyidagilarni aniqlash zarur:

  • transformatsiyaning maqsadi;

  • MHXS bo’yicha birinchi hisobotni shakllantirish davri;

  • MHXSga o’tish sanasi va taqqoslama axborotlarni taqdim etish davrlari sanasi;

  • kompaniya hisobotida ishlatilayotgan valyuta va hisobotdagi valyuta;

  • transformatsiyani amalga oshirish usuli;

  • auditning zaruriyati;

  • ishning umumiy qiymati.

Ish bosqichining asosiy maqsadi nomoddiy aktivlarning BHMS bo’yicha va MHXS bo’yicha farqlarini aniqlashdan iborat.
Birinchidan, 38 – son MHXS “Nomoddiy aktivlar” va 7- son BHMS“Nomoddiy aktivlar”da bo’lmagan nomoddiy aktivlarni tan olish mezonini o’z ichiga oladi:

  • mazkur aktiv bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naflarning mavjudligi; - aktivni ishonchli baholash imkoni.

Ushbu mezon korxona tomonidan yaratilgan hamda sotib olingan nomoddiy aktivlarga nisbatan qo’llaniladi. Kompaniyalarning birlashishi natijasida paydo bo’lgan nomoddiy aktivlar alohida tan olinib, ularga ishonchli baho beriladi. Bundan tashqari, MHXS yuridik shakldan iqtisodiy mazmunni yuqori qo’yadi. Ya’ni BHMSdan farqli o’laroq, intellektual faoliyatni tasdiqlovchi hujjatlar kerakli tartibda rasmiylashtirilmagan obyektlarni nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olishda to’siq bo’lmasligi kerak.
Ikkinchidan, nomoddiy aktivlarga kvalifikatsion obyekt sifatida yondashish yuzasidan mahalliy va xalqaro hisobda muhim farqlar mavjud.
Ushbu farqlarni 1-ilovada keltirilgan ma’lumotlardan ko’rish mumkin.
Shunday qilib, o’tkazilgan tahlil aktivlarni nomoddiy aktivlar obyektiga milliy va xalqaro standartlar bo’yicha olib borishdagi farqlarni ko’rsatadi. Ushbu farqlarni bartaraf etish uchun bizningcha, moliyaviy hisobot elementlarining tasniflanishi bilan bog’liq bo’lgan quyidagi transformatsion jarayonlar amalga oshiriladi:

  • MHXS mezonlariga to’g’ri kelmaydigan obyektlarni chiqarib tashlash;

  • yangi hisobga olish obyektlarini kiritish;

  • reklassifikatsiyalash (qayta tasniflash).

Transformatsion jarayonni davom ettirish uchun nomoddiy aktiv dastlabki qiymatini aniqlash qoidasining taqqoslama tahlilini o’tkazish zarur. Ushbu tahlilni o’tkazish ketma-ketligi 2-ilovada keltirilgan.
Transformatsion yozuvlarni tuzish uchun 38 – son MHXS“Nomoddiy aktivlar” va 7 – son BHMS “Nomoddiy aktivlar”lardagi foydali xizmat ko’rsatish muddati va amortizatsiya hisoblash usullari bo’yicha farqlarni aniqlanadi.
Aksariyat nomoddiy aktivlar uchun foydalanish muddati 20 yil bilan chegaralanishiga qaramay, undan ko’p ham bo’lishi mumkin. Buning uchun korxona nomoddiy aktivlardan foydalanish mumkin bo’lgan muddatni asoslanishi lozim. Shuningdek, 38 – son MHXS “Nomoddiy aktivlar” nomoddiy aktivlardan foydalanishning qisqartirilgan muddatini o’rnatishi ham mumkin. Bu chunonchun tez ma’naviy eskirishga molik bo’lgan yangi texnologiyalar, dasturiy ta’minot kabi nomoddiy aktivlarga tegishlidir.
7 – son BHMS “Nomoddiy aktivlar”da belgilangan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining hisoblash usuli 38 –son MHXS“Nomoddiy aktivlar”ga muvofiqlashtirilgan. Biroq, MHXSda nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi usulini har moliyaviy yil oxirida qayta ko’rib chiqilishi belgilangan. Agar aktivning iqtisodiy naf olish jadvalida keskin o’zgarishlar yuz bergan bo’lsa, amortizatsiya hisobini yuritish usuli o’zgartirilib, hisoblangan amortizatsiya to’g’rilanishi ko’zda tutilgan. Ushbu tartiblar 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”da ko’zda tutilmagan.
Shunday qilib, o’tkazilgan tahlil hisob qoidalaridagi o’zgarishlarni ko’rsatib beruvchi transformatsiya hujjatlarini shakllantirishga imkon yaratdi. Biz tomonimizdan kiritilgan nomoddiy aktivlarning transformatsion ish jadvali 3-ilovada keltirilgan.
To’g’ridan – to’g’ri nomoddiy aktivlar qismini aks ettirishda buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot transformatsiya obyekti hisoblanadi, chunki ular MHXS bo’yicha moliyaviy hisobotlar asosiy elementlarini o’zida jamlaydi
Valyuta bo’yicha moliyaviy hisobotni joriy valyuta bilan mos kelmagan holda taqdim etish uchun ma’lumotlar 21 – son MHXS “Valyuta kursi o’zgarishining ta’siri” talablari bo’yicha chet el valyutasida hisoblanadi.
So’nggi oxirgi bosqichda moliyaviy hisobot qismlarini MHXSga muvofiq shakllantirish kerak. Hisob-kitoblar shaklining ko’rsatkichlari yakuniy transformatsion jadvalning “MHXS bo’yicha ma’lumotlar” ustunida chet el valyutasi yoki so’mda shakllantiriladi. Tranformatsion jadval ma’lumotlariga asosan Buxgalteriya balansi va Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlar tuziladi.
Nomoddiy aktivlar tarkibidagi gudvillni ko’pchilik iqtisodchi olimlar buxgalteriya hisobining nisbatan yangi paydo bo’lgan obyekti, deb e’tirof etadilar. Aslida gudvill feodal munosabatlarning tugatilishi va kapitalistik ishlab chiqarish vujudga kelishi munosabati bilan dastlab G’arbiy Yevropada kapitalning kontsentratsiyalashuvi (markazlashuvi)da, ochiq bozorda mayda kompaniyalarning sotib olinishi natijasida vujudga kelgan. O’shanda butun boshli kompaniyalar oldi - sotdi bitimlarining mazmunini tashkil qilib, mulk sifatida xarid qilina boshlagan. Korxonaning oldi - sotdi bitimlari qiymatini baholash xarakteri oddiy bo’lishiga qaramasdan, bitim alohida obyektlarining amaldagi narxi bozor bahosiga mos bo’lgan, bu xarid qilib olinadigan korxonaning sof aktivlari qiymatini xolisona va asosli deb hisoblash imkonini bermagan va korxonaning haqiqiy qiymatini ko’rsatmagan. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, xaridor alohida aktivlarni xarid qilmay, balki bir - biriga bog’liq bo’lgan mulkiy qiymatlarni sotib olishi tufayli ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari bilan mehnatning uzviy bog’liqligini saqlab qolish maqsadida ko’proq butun boshli korxonani xarid qilib olishga rozilik bergan. Aynan mulk qiymatidan ortiq miqdorda to’lanadigan ushbu baho gudvillning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan.
Gudvillning vujudga kelishi korxonani sotish yoki sotib olishdan manfaatdorlikni keltirib chiqaradi. Bitimdagi qatnashchilardan biri tomonidan kutilmagan va mavhum omillar ta’sirida gudvillni noaniq baholash oqibatidagi mavjud xavf - xatar bitimdagi ikkinchi qatnashchiga muayyan yutuqni olib kelishi muqarrar. Bunga xarid qilib olinayotgan korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi to’laqonli axborotning yo’qligi, bozor kon’yunkturasiga ko’ra sotuvchilarning ko’pligi, xaridorlarning kamligi uchun ustuvorlik xaridorlarda bo’lishi, aksincha sotuvchilardagi ustuvorlik sotuvchilarning ozligi yoki xaridorlarning ko’pligi hisobiga vujudga kelishi sababchi bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, gudvillning vujudga kelish oqibati korxonalarni sotishga rag’batlantirib, pirovard natijada kapitalning kontsentratsiyalashuvini keltirib chiqaradi. Bu esa raqobatning susayishiga, so’ngra esa monopoliyaning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli korxonalar o’rtasidagi oldi-sotdi bitimlari ixtiyoriy ravishda ikki tomonning kelishuviga asosan amalga oshirilgan bo’lsa ham, bozor iqtisodiyotining boshlang’ich bosqichi uchun ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan salbiy holat deb qaralgan. O’sha davrning qonunchiligida, xususan, Angliyada korxonalar oldi-sotdisi va buning natijasida gudvillning vujudga kelishi qonun bilan ta’qiqlab qo’yilgan. 1417 yildan boshlab 200 yil mobaynida korxonalar oldi-sotdisi bo’yicha bitimlar natijasida bitim ishtirokchilariga nisbatan jarima solish orqali gudvillning vujudga kelishi ta’qiqlangan, hattoki, bu qamoq jazosi bilan jazolanishgacha borib yetgan. Gudvill faqat 1620 yilga kelib, Buyuk Britaniya qonunchiligida rasman tan olindi49.
Gudvillning buxgalteriya hisobi kategoriyasi sifatida tan olinishi dastlab I.F.SHerning ilmiy tadqiqotlarida uchraydi. I.F.SHer gudvillni balansning alohida xususiyatga ega bo’lgan moddasi sifatida aks ettirishni tavsiya etgan. Uning yozishicha, gudvill kapitalning ko’payish jarayoni va u kompaniyalarning birlashishi natijasida vujudga keladi.50
Kapitalning ko’payishi xarid qilib olinayotgan korxonaning aktivlari qiymatini gudvill hisobiga sun’iy ravishda oshirish orqali vujudga kelib, bu aktivlar qiymati xarajatlar hisobiga bir tekisda hisobdan chiqarilmasligi natijasida moliyaviy natijalar soxtalashtiriladi. Natijada moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari bilan nayrang qilish imkoni paydo bo’ladi. Bu esa aksiyalar bozor qiymatining o’zgarishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Buxgalteriya hisobining yana bir yirik nazariyotchilaridan biri E.SHmalenbax gudvill hisobiga vujudga keladigan foydani birinchi raqamli tijorat fondi deb tushuntiradi51. E.SHmalenbaxning fikricha, kompaniya qo’shimcha foydani jamoa ishini optimallashtirish hisobiga oladi. Bunday mulohaza P.J.Prudonning nazariyasiga ham mos keladi. Ya’ni qo’shilgan qiymat jamoa a’zolari mehnatini yagona tashkiliy - ishlab chiqarish jarayonining birligi asosida tashkil qilish natijasida paydo bo’ladi.
Gudvill hisobini aks ettirish yuzasidan E.SHmalenbaxning yondashuvi quyidagicha:

  • qo’yilgan kapital yuzasidan olinadigan daromad o’rtacha tarmoq ko’rsatkichidan ortmaydi;

  • foyda xodimlar bilan ishlashning alohida xususiyatlari hisobiga vujudga keladi, bu esa gudvillning paydo bo’lishi faqat xodimlar sababchi ekanligini bildiradi;

  • kutilayotgan ortiqcha foyda, bu rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida kapitalga aylanadigan zahiradir;

  • gudvill kompaniya oldi-sotdisida emas, balki kompaniya tomonidan o’z mahsulotlarini sotish jarayonida paydo bo’ladi.

Bizning fikrimizcha, Gudvillning paydo bo’lishi va uning hisobda aks ettirilishi borasidagi bunday yondashuvga ham to’liq qo’shilib bo’lmaydi. Gudvillning vujudga kelishiga faqatgina xodimlar omili ta’sir etishini hisobga olish hozirgi kunda gudvillning tabiati va mazmuniga to’g’ri kelmaydi. Gudvillning paydo bo’lishi va hisobga olinishi, birinchi navbatda, korxonaning sof aktivlari qiymatidan ularning bozor qiymati farqlanishi natijasida yuz beradi va bunga to’langan to’lov sof bozor qiymatidan yuqori bo’lishi asos bo’ladi. Kompaniya aktivlarining sof qiymatidan bozor qiymatining yuqori bo’lishiga esa faqat xodimlarning xatti - harakatlari yetarli emas, balki kompaniya nufuzining oshishiga sababchi bo’ladigan quyidagi holatlarning mavjudligi ham bo’ladi:.

  • ishonchli va sinalgan ta’minotchilar guruhining mavjudligi;

  • ishonchli va sinalgan doimiy xaridorlarning borligi;

  • yuqori samara berishi mumkin bo’lgan kommunikatsiyalarning mavjudligi;

  • bozorga yaqinligi;

  • xom ashyo bazasiga yaqinligi;

  • alohida xususiyatlarga ega bo’lgan an’analarning mavjudligi va hokazolar.

Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayonidagi ayrim holatlar korxonalar balansida gudvillning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Jumladan, davlat mulki tasarrufidagi korxonalar xususiylashtirilganda, ularning ustav kapitali qayta baholanib, qiymati oshirilishi evaziga yuzaga kelgan farq balansning aktiv tomonida gudvill sifatida aks ettirildi. Odatda gudvill korxonaning nufuzi ekanligi ma’lum bo’lsada, bunday hol zarar ko’rib ishlayotgan korxonalar balansida ham mavjud bo’lgan. Vaholanki, biz yuqorida aytib o’tganimizdek, gudvill korxonaning o’zida paydo bo’lmasdan, balki korxonalar qo’shilishi va sotib olinishi jarayonida sinergik samara natijasida vujudga kelib, u qo’shilgan korxonalar balansida aks ettiriladi. Shulardan kelib chiqib, davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonida investorlar tomonidan aksiyalarni sotib olishini hisobga olgan holda bunday sinergik samarani investorning balansida aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
Xususiylashtirish jarayonini hisobga olishni tartibga solish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Soliq Qo’mitasining 1995 yil 23 martdagi 33\27 -sonli xati talabiga muvofiq, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitali qiymatining oshirilishi buxgalteriya balansining aktiv tomonida gudvill moddasining paydo bo’lishiga olib keldi. Buning natijasida gudvill qiymatini xarajatlar sifatida hisobdan chiqarish zarurati tug’iladi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ortadi. Bundan tashqari, gudvill qiymati hisobiga uzoq muddatli aktivlarning ko’payishi mulk solig’i obyektining ortib ketishiga olib keladi.
2005-hisobot yilida «Fargonaazot” hissadorlik jamiyatining ustav kapitalini 35 mlrd. so’mga ko’paytirish haqida qaror qabul qilinishi hisobiga aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriya balansining aktivida 35 mlrd. so’mlik gudvill vujudga kelgan. Buning natijasida hisobot yilining o’zida gudvill amortizatsiyasi bo’yicha 1,5 mlrd. so’mlik xarajat ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga olib borilgan. Ko’rinib turibdiki, nomoddiy aktivlar obyektini tan olish bo’yicha qabul qilingan ushbu tartib korxona faoliyati natijalariga o’z salbiy ta’sirini o’tkazgan. Bundan tashqari u korxona qiymatining obyektivligini pasaytirgan.
Gudvill va nomoddiy aktivlarning ayrim turlaridan foydalanish muddati noma’lum bo’lsa, MHXS qoidalariga binoan amortizatsiya hisoblanmaydi. Buning o’rniga, har yili qiymatning qadrsizlanishi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunday tartib Respublikamiz BHMSda keltirilmagan. Bizning fikrimizcha, 7 – son BHMS “Nomoddiy aktivlar”da gudvill amortizatsiyasi o’rniga uning qiymatining qadrsizlanishi tekshiruvdan o’tkazilish tartibini kiritish maqsadga muvofiq bo’lardi.



Download 0,77 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish Kirish I bob. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari

Download 0,77 Mb.