|
Asosiy vositalarga investitsiyalar hajmi va tarkibi
|
bet | 4/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #242489 |
Bog'liq BMI Muzaffarov Javohir Asosiy vositalarga investitsiyalar hajmi va tarkibi
Ko’rsatkichlar
|
2004
|
2006
|
2008
|
2012
|
2022
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Asosiy vositalarga
investitsiyalar jami: shu jumladan
|
2473, 2
|
100
|
3838, 6
|
100
|
8483, 7
|
100
|
15409, 1
|
100
|
202000,1
|
100
|
Davlat byudjeti mablag’lari
|
368,5
|
14,9
|
426,1
|
11, 1
|
763,5
|
9,0
|
1 201,9
|
7,8
|
35
548,40
|
17,6 0
|
Korxonalar va aholi mablag’lari
|
1375, 1
|
55,6
|
1707, 3
|
44, 4
|
4572, 7
|
53, 9
|
7 288,5
|
47,3
|
69
989,10
|
34,6 0
|
Xorijiy investit-siyalar
|
605,9
|
24,5
|
641,1
|
16, 7
|
2188, 8
|
25, 8
|
4 437,8
|
28,8
|
64
179,70
|
31,8 0
|
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag’lari
|
64,3
|
2,6
|
852,2
|
22, 2
|
424,2
|
5
|
1 402,2
|
9,1
|
28
520,90
|
14,1 0
|
Byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari
|
59,4
|
2,4
|
214,9
|
5,6
|
534, 5
|
6,3
|
1 078,6
|
7
|
3 762,00
|
1,90
|
1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalarga investitsiyalar hajmi muntazam oshib bormoqda. Chunonchi, ular 2022 yilda 2004 yilga nisbatan 80 barobarga ortgan. O’sish sur’atlari investitsiyalar manbalarini turlari bo’yicha tahlil qilinsa, eng yuqori ko’rsatkich byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari va tijorat banklari kreditlari hamda boshqa qarz mablag’lari hissasiga to’g’ri kelib, ularning hajmi mos ravishda 400 va 60 baravarga ko’paygan. Shuningdek, o’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 70 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilganini alohida ta’kidlash lozim.
Oldingi paragrafda ta’kidlab o’tganimizdek, bozor munosabatlarining paydo bo’lishi bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy texnika bazasi hisoblangan hamda uzoq muddatli aktivlarning salmoqli hissasini tashkil qiluvchi asosiy vositalar qatorida nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital qo’yilmalar, kechiktirilgan xarajatlar va debitorlik qarzlar kabi buxgalteriya hisobining yangi obyektlari vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ishtirok etayotgan va tegishli hisobot davrida daromad olishga sababchi bo’layotgan nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital qo’yilmalardan oqilona foydalanish uchun ularni bir tizimda tadqiq qilish hamda ular haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda yoritib berish zaruriyati kelib chiqdi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning ushbu turlarini alohida guruhga ajratish va hisobga olish lozim bo’ldi. Bunday tartibni buxgalteriya balansi orqali aks ettirish va ularni tarkibiy qismlarga ajratish hamda ular haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish zarurati tug’ildi. Bu, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi natijasida kapitalning eksporti hamda importi tobora yuksalib borayotgan hozirgi sharoitda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda amaliyotda joriy qilingan uzoq muddatli aktivlarning tarkibi, ularga doir ayrim atamalarning qo’llanilishida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan chetlanishlar mavjud. Bularning barchasi, o’z navbatida, xorij va mamlakatimizdagi korxonalar faoliyatini tizimli o’rganishni taqozo qiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat iqtisodiy tizimida ro’y bergan o’zgarishlar, mulkdorlar sinfini paydo bo’lishi, mulkka bo’lgan egalik hissini vujudga kelishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar qirralarining kengayishi buxgalteriya hisobi obyektlarining ham ko’payishiga, chunonchi, uzoq muddatli aktivlar turlarini ko’payishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish va auditini o’tkazish bilan bog’liq muammolarini keltirib chiqardi.
Tadqiqot jarayonida kuzatishlarning dalolat berishicha, mustaqillikning dastlabki yillarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi balansining birinchi bo’limida asosan salmoqli ulushni asosiy vositalar egallagan bo’lsa, keyinchalik nomoddiy aktivlar, moliyaviy investitsiyalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlar kabi moddalari ham paydo bo’ldi. Quyidagi 1.1- rasmdan ko’rish mumkinki, oxirgi yillarda mamlakatimizda uzoq muddatli aktivlar tarkibini kengayib borishi va ularning ulushlarini ortib borishi kuzatilmoqda.
O’rganilgan adabiyot manbalari va me’yoriy xujjatlar shuni ko’rsatmoqdaki, uzoq muddatli aktivlarni tavsiflash va tasniflanish belgilarini yaqqol aniqlab bo’lmaydi. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlari ilmiy ishlarining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ularda uzoq muddatli aktivlarga aniq tavsif berilmagan.
|
| |