• 1.1- jadval
  • I BOB. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari




    Download 0,77 Mb.
    bet3/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #242489
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    BMI Muzaffarov Javohir

    I BOB. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari

      1. Uzoq muddatli aktivlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyati

    Xo’jalik yuritishning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, asosan, ishlab chiqarish vositalarigina asosiy kapital sifatida gavdalanganligini va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olinadigan daromadlar sababchisi ekanligini ko’rishimiz mumkin. Jamiyatning rivojlanish bosqichida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatidagi ishlab chiqarish omillaridan bo’lgan kapitalning tarkibiy qismi bo’lgan asosiy kapital qatorida nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo’yilmalar kabi aktivlar vujudga kela boshladi. Ushbu aktivlarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatidagi ishtiroki va daromad olishdagi ulushlari asosiy kapitalga aynan o’xshamasada, lekin korxona faoliyatida bir doiraviy aylanishdan ko’ra ko’proq muddatda ishtirok etishlari va daromad olishga sababchi bo’lishlari asosiy kapitalga nisbatan o’xshashlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham asosiy kapitaldan farqlanuvchi aktivlarni vujudga kelishi endilikda buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida tan olingan va aksariyat korxonalarning buxgalteriya balansida faqatgina asosiy vositalarni aks ettirilishiga barham berildi. Asosiy vositalar bilan teng qatorda nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital qo’yilmalar, kechiktirilgan xarajatlar va debitorlik qarzlarini ham aks ettirish zaruriyati kelib chiqdi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ishtirok etadigan resurslar buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar deb e’tirof etilib, ular shartli ravishda uzoq muddatli (asosiy kapital) va joriy aktivlar (aylanma kapital) kabi guruhlarga ajaratiladi. Bunday guruhlarga ajratishning asosini “Buxgalteriya hisobi to’g’risida qonun” tashkil qiladi. Ushbu qonun kapital hisobining huquqiy kontseptsiyasidir.
    Aktivlarni uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar guruhlariga ajratilishi, ularning bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidan olinadigan daromadlar bilan bevosita bog’liqligi kapital hisobining iqtisodiy kontseptsiyasini tashkil etadi.
    Uzoq muddatli aktivlarni tan olish va hisobda aks ettirish keng ma’nodagi aktivlarning mohiyatini tadqiq qilish muammolari bilan bevosita bog’liqdir. Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar korxonaga tegishli xo’jalik mablag’lari deb tan olingan va e’tirof etilgan. Ammo bu e’tirof asosan asosiy kapitalga talluqli bo’lgan. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida davrda uzoq muddatli aktivlar tarkibiga kiradigan buxgalteriya hisobining boshqa obyektlari ham paydo bo’lganki, ularning iqtisodiy mohiyati albatta asosiy kapitalning mohiyatidan farqlanadi. Jumladan, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo’yilmalar, uzoq muddatli debitor qarz va muddati uzaytirilgan xarajatlar ham korxona faoliyatida uzoq muddat ishtirok etishadi. Shulardan nomoddiy aktivlar bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmasa ham, bilvosita daromad olishga sababchi bo’lib muayyan iqtisodiy naf keltiradi. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar va investitsion mulk sifatida e’tirof etilayotgan aktivlar esa kelgusida daromad olish maqsadida kapitalni investitsiya qilishning yana bir yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.
    Prezident SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek: Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash;. Investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida uzoq muddatli aktivlarning tarkibida salmoqli hissaga ega bo’lgan asosiy vositalarga qilingan investitsiyalar miqdori barqaror sur’atlarda o’sib bormoqda.
    1.1- jadval

    Download 0,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning nazariy asoslari

    Download 0,77 Mb.