• Kalit so’zlar
  • Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o'zaro bog'liqligi Annotatsiya




    Download 23,99 Kb.
    bet1/2
    Sana11.12.2023
    Hajmi23,99 Kb.
    #115498
      1   2
    Bog'liq
    Yo\'ldosheva Rayhona tezis

    Yo’dosheva Rayhona


    2-bosqich talabasi
    Denov tadbirkorlik vapedagogika instituti
    Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o'zaro bog'liqligi
    Annotatsiya: Muhimlikning nazariy asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, muhimlik – MHXS lari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobot tuzishda unga zarur bo’ladigan axborotlarning sifat xususiyatini ifodalaydi. MHXS bo’yicha kontseptual asoslarida moliyaviy hisobotni tayyorlashda axborotlarning sifatini ta’minlashda quyidagi xususiyatlari ham e’tiborga olinishlozim.
    Kalit so’zlar: muhimlilik, jiddiylik darajasi,muhimlilik darajasi,auditorlik riski,auditning xususiyatlari



    Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari boғliqlik mavjudligini e`tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari boғliqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu boғliqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:
    a) jiddiylik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;
    b) jiddiylik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.
    Agar auditor auditorlik tekshiruvi choғida jiddiylik darajasining pastroq ko’rsatkichini qo’llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tad-birlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniq-lanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:
    a) nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun tekshiruv choғida nazorat vositalarini qo’shimcha test sinovidan o’tkazish zarur;
    b) aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
    qo’llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko’paytirish va mazmunini o’zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o’zgartirish);tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko’paytirish;muvofiq o‘tkazilishi kerak: Rejalashtirishning kompleksliligi; Rejalashtirishning uzluksizligi; Rejalashtirishning maqbulligi. Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi. Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallarvakolatxonalar, sho‘ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik kuzatuvi yil davomida amalga oshirilishi sababli uzoq muddatga audit rejalashtirilganda, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish rejasi va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo‘ladi. Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak. Muhimlik – bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati), ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi.
    Muhimlikning nazariy asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, muhimlik – MHXS lari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobot tuzishda unga zarur bo’ladigan axborotlarning sifat xususiyatini ifodalaydi. MHXS bo’yicha kontseptual asoslarida moliyaviy hisobotni tayyorlashda axborotlarning sifatini ta’minlashda quyidagi xususiyatlari ham e’tiborga olinishlozim.
    “Muhimlik” tushunchasidan foydalanish va uni qo’llash sharti MHXSlar asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning shakllanishi talaygina xo’jalik jarayonlaridan(operatsiyalaridan) tashkil topishi bilan bog’liqdir. “Muhimlik” tushunchasini tom ma’noda talqin etadigan bo’lsak, so’z birinchi navbatda moliyaviy hisobotning katta qiymatga ega bo’lgan elementlari xaqida boradi. Masalan, debitorlik qarzlari balans jami summasining 30%ni tashkil etsa, uni hisobotda noto’g’ri aks ettirilishi oqibatida undan foydalanuvchilarni qarorlar qabul qilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
    Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, hisobot moddalarining muhimligi faqat ularning qiymatiga emas, balki iqtisodiy mohiyatiga ham bog’liqdir. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt yangi faoliyat turini taqdim etishi natijasida yuzaga keladigan risklar va shart sharoitlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning qarorlariga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin.
    Moliyaviy hisobot moddalarining muhimligini belgilashda ularning miqdor va sifat xususiyatlari ham muhim rol o’ynashi mumkin. Masalan, tovar moddiy zahiralarni hajm jihatdan (puldagi ifodasi) va uning tarkibiga kiruvchi elementlari “xom ashyo”, “yarim tayyor mahsulotlar”, “tayyor mahsulotlar” (sifat xususiyati) to’g’risidagi axborotlar hisobotda aks etishi lozim. Xalqaro standartlarga asosan moliyaviy hisobotda aks ettirilgan ma’lumot undan foydalanuchilar uchun muhim deb qaralsa, moliyaviy hisobot shakliga shu muhim hisoblangan ma’lumot orqali kritilgan o’zgartirish hech qanday huquqiy jihatdan ta’sirga uchramaydi.
    Moliyaviy hisobotning muhim moddalariga nisbatan MHXSlari qo’llaniladi. Bizning bunday xulosaga kelishimizga sabab “Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar” nomli Moliyaviy hisobot xalqaro standartida moliyaviy hisobotga ta’sir etish darajasi ahamiyatsiz bo’lgan ko’rsatkichlar hisob siyosatida aks etmaydi, deb e’tirof etilganligidadir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda muhimlik kontseptsiyasini quyidagi yo’nalishlarda shakllantirish mumkin: - moliyaviy hisobotda xususiyati jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan muhim moddalar (ko’rstakichlar) alohida-alohida aks etishi lozim; - muhim bo’lmagan moddalarni uning xususiyati va funktsiyalaridan kelib chiqqan holda umumlashtirish; - moliyaviy hisobotda aks etmaydigan ayrim ko’rsatkichlar hisobotga ilova sifatida keltiriladigan hujjatlarda ochib berilish lozim.
    Shuni yodda tutish lozimki, muhimlik mutloq va nisbiy miqdorlarda aniqlanishi mumkin. Muhimlikni nisbiy miqdorlarda aniqlash moliyaviy hisobot moddalarining sifat xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, xarajatlarni hisobotda aks ettirish jarayonida yo’l qo’yilgan 1 mln. so’mlik xato, foydasi 1 mlrd. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhim emas, lekin foydasi 3 mln. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhimdir. Xato haqida gap ketganda, sub’ekt xodimlari tomonidan u bilmasdan yoki qasddan sodir etilishi mumkin. Ikkinchi holat auditorlar tomonidan o’rganilganda hisobotdagi xatoliklar evaziga auditorlik riskini ortishi natijasida muhimlik darajasi kamaytiriladi (ya’ni o’rganilayotgan moddaning iqtisodiy mohiyatiga qaraladi).

    Download 23,99 Kb.
      1   2




    Download 23,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o'zaro bog'liqligi Annotatsiya

    Download 23,99 Kb.