• M. NABIYEV
  • QALAMTASVIR - TASVIRIY SAN’ATNING
  • ‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/53
    Sana05.12.2023
    Hajmi3,5 Mb.
    #111496
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    B.Bymetov Qalam tasvir



    0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 
    TA’LIM VAZIRLIGI 
    Q‘RTA MAXSUS. KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    Botir BOYMETOV
    QALAMTASVIR
    Pedagogika yo ‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun 
    o ‘quv qo ‘llanma
    Toshkent - «ILM ZIYO» - 2007


    85.15
    B81
    Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar talimi ilmiy-metodik 
    birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash 
    tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
    0 ‘quv qoTlamna pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari 
    uchun moTjallangan boTib, unda qalamtasvir b o ‘yicha nazariy va amaliy 
    mashg‘ulotlar yoritilgan. Unda tasviriy san’at haqida dastlabki maTumotlar, 
    qalamtasvir — tasviriy san’atning asosi sifatida, uning qonun-qoidalari: tasviriy 
    san’atda perspektiva, kompozitsiya asoslari, chiziqh konstruktiv qurilish, yorug‘- 
    soya qonuniyatlari, buyumlaming uslubiy jihatdan bosqichma-bosqich tasvirlash 
    usullari, odam plastik anatomiyasi haqida umumiy maTumot, odamning portreti 
    va gavdasini tasvirlash usullari, qalamtasvirda xomaki rasmlar ishlash usullari 
    kabi ko‘plab mavzular yoritilgan.
    T a q r i z c h i l a r :  M. NABIYEV — 0 ‘zbekistonxalqrassomi, professor;
    N. TOLIPOV — pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
    ISBN 9 7 8 -9 943-303-31-7
    © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2007-y.


    KIRISH
    Keyingi vaqtda, barcha sohalarda boMgani kabi o‘rta maxsus, 
    kasb-hunar ta ’limi tizimida ham ko‘pgina ijobiy ishlar amalga 
    oshirilmoqda. Xususan, yangi turdagi tasviriy san’at yo‘nalishidagi 
    pedagogika kasb-hunar kollejlarida olib boriladigan mutaxassislik 
    fanlar va yosh pedagog-rassomlar tayyorlash bo‘yicha Davlat Ta’lim 
    standartlari, yangi o‘quv rejalari, dasturlari tuzilib, o‘quv qo‘llan- 
    malar, darsliklar va uslubiy tavsiyalar yaratilyapti.
    Respublikaning tayanch oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish 
    institutlarida yoshlarga milliy san’at namunalarini o‘qitishning ilmiy 
    asoslangan yangi shakh, usullari ishlab chiqilmoqda hamda yoshlami 
    badiiy va estetik jihatdan tarbiyalab, voyaga yetkazish borasida 
    ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotir.
    Yoshlami jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib 
    tarbiyalashda tasviriy san’at, xususan, qalamtasvir fani alohida 
    ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, oliy va o‘rta maxsus, 
    kasb-hunar o ‘quv yurtlarida o ‘qitilayotgan maxsus fanlarning 
    chuqur va asosli bo‘lishini taqozo etib, pedagoglar, olimlar va 
    rassomlar zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
    Yoshlarga yuqori darajada ta ’lim-tarbiya berish — bo‘lajak 
    rassom-pedagogdan tasviriy san’at sohasida amaliy malakalarini 
    yuqori darajada egallagan bo‘lishdan tashqari, psixologiya sohasida 
    ham yetarli ma’lumotga ega bo‘lishni taqozo etadi. Albatta, o‘quvchi 
    ta ’lim-tarbiya berish borasidagi asosiy bilimlar — pedagogika va 
    psixologiyani chuqur o‘zlashtirishi lozim. Lekin umumladim mak- 
    tablari, kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilgan tajriba, kuzatish va 
    xulosalar shuni ko‘rsatadiki, yosh o‘qituvchi o‘zining pedagogik 
    faoliyatida, nafaqat, psixologiyaning umumiy tomonlariga e’tibor 
    berishi (yoshlar psixologiyasini o ‘rganib, to ‘g‘ri taTim-tarbiya 
    berishi, ulaming individual xususiyatlarini o‘rganishi, o‘quvchiga
    3


    muvofiq keladigan tarbiya usullarini izlab topishi), balki, turli 
    amaliy mashg‘ulotlar jarayonida, xususan, tasviriy faoliyat va 
    yoshlar tarbiyasida uni amalda qoTlashi joizdir. 0 ‘quvchilarga — 
    boTajak tasviriy san’at o‘qituvchilariga mutaxassislik fanlarini keng 
    koTamda o‘qitish, xususan, o‘quv-amahy va nazariy mashg‘ulotlari 
    orqali ulaming ijodiy tasawurlarini o‘stirish va shakhantirishda katta 
    ahamiyat kasb etadi. Bu esa, barcha mutaxassislik fanlaridan 
    yaratilgan o‘quv adabiyotlarining chuqur va mazmunli boTishini 
    taqozo etadi.
    Yuqorida bayon etilgan muammolami ijobiy hal etish — boTajak 
    o‘quvchilami pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyatga 
    ega. Yoshlaming ijodiy tasawurlarini o‘stirish — dastlabki bos- 
    qichlardan amalga oshirilishi lozim. MaTumki, boshlang‘ich bos- 
    qichlarda o‘quvchilar qalamtasvir mashg‘ulotlarida har xil geo- 
    metrik shakllami o‘ziga qarab bajarishadi. So‘ngra turh shakl, hajm 
    va tusga ega boTgan buyumlardan tashkil etilgan natyurrnortlarni 
    tasvirlashni mashq qiladilar. Ushbu vazifalami bajarish orqali 
    o‘quvchilar kompozitsiya asoslari, chiziqli konstmktiv qurish, 
    buyumlarni fazoviy holatini perspektiv jihatdan aniqlash, buyum- 
    ning hajmi va uni qalam vositasida yorug‘-soyalami to ‘g‘ri tuslash 
    kabi malakalarini rivojlantirishadi.
    Tasviriy san’at mashg‘ulotlari o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv 
    dargohlaridagi barcha o‘quv fanlari, ayniqsa, psixologiya bilan 
    keng aloqadadir. Buyumlarni o‘ziga qarab tasvirlash, mavzuli 
    kompozitsiya ishlash yoki tasviriy faohyatning boshqa yo‘nalishlarida 
    o ‘quvchilarning ijodiy tasavvurini shakllantirish psixologik 
    jarayonlar bilan uzviy bogTiq holda boTadi.
    Ayrim yoshlarda tasviriy san’at fanlari bo‘yicha amaliy vazifalar 
    bajarish jarayonida naturaga qo‘yilgan buyumlarni to ‘la-to‘kis idrok 
    eta olmaslik hohari ham uchrab turadi. Bu vaqtda o‘qituvchi tasvirlash 
    uchun naturaga qo‘yilgan buyumlarning sodda yoki murakkab 
    shakllardan tuzilgan boTishidan qat’iy nazar, ularga yetarh darajada 
    tushuntirib, qo‘yilgan maqsadni belgilab olishi lozim. Buning uchun 
    o‘quvchilarga naturani turli nuqtalardan kuzatish va shu asosda 5— 
    10 daqiqalik qalamchizgilar bajarishni tavsiya etish kerak. Qo‘yilgan 
    naturani turli nuqtalardan kuzatish va qalamchizgilar bajarish 
    o‘quvchida tasvirlanadigan buyumlarni sezib idrok etish, uning 
    xarakterli xususiyatlarini aniqlab, buyumlarning hajm materiallik 
    xususiyatlari, birining ikkinchisiga nisbati, ulaming buyum te-


    kisligida joylashuvi kabilarni tasaw ur etishga o‘rgatadi. Bu borada 
    o‘rta asming buyuk tabobatchi olimi Abu Ali ibn Sino jumladan 
    shunday degan edi: «Ustoz yuksak qalbli, mard, pok, ta ’lim- 
    tarbiyaning barcha usuhni mukammal biladigan va e’tiqodli bo‘lishi 
    shart. U o‘quvchining qalbiga yo‘l topa oladigan va ta ’lim berishda 
    dona-dona so‘zlab, hayotiy misollar bilan shogirdini o‘ziga jalb 
    eta ohshi kerak. Faqat shundagina, u o‘z tarbiyalanuvchisini ma’lum 
    fanga o‘rgatadi va kasbga yo‘naltirishda yordam bera oladi»1.
    0 ‘quv-mashq vazifasining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p 
    jih atdan uning qaysi nuqtadan va qanday masofadan turib 
    tasvirlashga bog‘hq. Yuqorida ta’kidlanganidek, vazifaning haqqoniy 
    va to ‘g‘ri bajarilishi ko‘p jihatdan uning qaysi nuqtadan chizi- 
    layotganligiga qarab belgilanadi. M a’lumki, buyumlarni tasvirlash, 
    eng avvalo, qog‘oz sirtida kompozitsion to ‘g‘ri joylashtirishdan 
    boshlanadi. Buning uchun chizuvchi naturadagi buyumlarning 
    o ‘zaro nisbatlarini ko‘z bilan chamalab, so‘ngra ularni qog‘oz 
    yuzasida to ‘g‘ri tasvirlashi kerak. Buyumlarning tekislikdagi holati, 
    nisbatlari, xarakterli xususiyatlarini jonli tasvirlash, o‘quvchining 
    ko‘z bilan chamalash xususiyatlarining takomillashganiga ko‘p 
    jihatdan bog‘hq.
    Tasvirlashda o‘zaro munosabatlar borasida mashhur pedagog- 
    rassom N.N. Ge shunday degan edi: «Ushbu qonunni doimo yodda 
    tuting: tasvirlamoq, bu — nisbatlarni ko‘rmoq, shuning uchun 
    hech qachon bo‘laklami alohida ko‘rmang va tasvirlamang. Siz bir 
    ko‘z, bir quloq yoki bir qoshni emas, balki bu boMaklar yuz qismida 
    qanday joylashganini va ulaming o‘zaro mutanosibligini o‘rganib 
    tasvirlashingiz lozim. Mazkur bo‘laklami tasvirlashda har doim ulami 
    umumiy ko‘ring: simmetrik bo‘laklami doimo birga va bir vaqtda 
    tasvirlang, ikkala quloqni, ikkala ko‘zni, ikkala yonoqni...»2.
    0 ‘tkazilgan ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quv 
    mashqlari davomida, ayniqsa, boshlang‘ich kurslarda naturani 
    to ‘g‘ri idrok eta olmaslik va uni tasvirlashda yaxlit ko‘ra bilmaslik 
    jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Masalan, 1-bosqich dasturidan 
    olgan turli shakl va m ateriallardan tuzilgan natyurmortning 
    qalamtasvirini bajarishda o‘quvchilar naturaga qo‘yilgan buyumlarni 
    butun bir yaxlitlikda emas, har birini alohida-alohida tasawur
    AbuAli ibn Sino. Tanlangan asarlar. 1-jild. Dushanbe, «Irfon», 1980, 211-bet.
    2 I I l K O J i a H 3 o 6 p a 3 H T e j i B H o r o H C K y c c T B a . 
    Bbin. II. M., 1965, 
    C T p . 
    164.
    5


    etib, tasvirlaydilar. Oqibatda, buyumlarning o‘zaro nisbatlari, ular- 
    ning joylashgan yeri (tayanch nuqtasi) va kompozitsion tuzilishi 
    tarqoq holda bo‘lib qoladi. Bunday salbiy oqibatning oldini olish 
    uchun tasvirlash uchun qo‘yilgan buyumlarni butun bir yaxlitlikda 
    ko‘rib, uni qog‘oz sirtida xayolan tasawur etish, shundan so‘nggina 
    uni amaliy bajarishga kirishish tavsiya etiladi. E ’tiborlisi shuki, bu 
    usulda boshlangan tasvir haqqoniy bajarilibgina qolmay, o‘quv- 
    chining ijodiy tasawurini shakllantiradi.
    0 ‘quvchilaming ijodiy tasawurlarini o‘stirishning kuchli mo- 
    hiyatlaridan biri, o‘ziga qarab tasvirlanadigan buyumlarni (na- 
    tyurmort, gips geometrik shakllar, portret inson qomati va boshq.) 
    xayolan chizishdir. 0 ‘quvchilarda tasawumi shakllantirishda bu usul 
    muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, xayolan u yoki bu vazifani 
    tasvirlash orqali o‘quvchilar, uni o‘ziga qarab chizish davrida olgan 
    bilim va malakalarini xayolan tiklab, undagi xarakterli xusu- 
    siyatlarini, nisbatlarini, yorug‘ va soyalaming umumiy qonunlarini 
    psixologik kechinmalarini tasvirlashga harakat qilishadi. Bunday 
    mashqlar o‘quvchilarda fikr yuritib tasvirlash, rasmdagi obrazlarni 
    chuqur o‘rganish va tahlil etish mahoratlarini rivojlantirib, bo‘lajak 
    pedagogik faoliyatga puxta tayyorlaydi.
    Qalamtasvir predmeti pedagogika yo‘nalishidagi o‘rta maxsus 
    kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan barcha maxsus fanlaming 
    asosi hisoblanadi va ular o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlaydi. 
    Qalamtasvir borasida yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, 
    o‘quvchi kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy 
    san’ati va boshqa mutaxassislik fanlami yuqori darajada o‘zlashtira 
    olmaydi.
    Hozirgi vaqtda o‘rta maxsus, kasb-hunar o ‘quv yurtlarida 
    «Qalamtasvir» fanini o‘qitishning nazariy va metodik asoslarini 
    ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslangan yangi yo‘li, shakli, 
    mazmuni hamda usullarini takomillashtirish dolzarb masalalardan 
    hisoblanadi. Ular quyidagilardan iborat:
    1. Davlat standartlari asosida o‘qitishning istiqbolli yo‘llarini 
    ishlab chiqish.
    2. Tasviriy san’at ixtisosligi bo‘yicha barcha ta’hm muassasalarida 
    pedagog kadrlami tayyorlovchi muassasalar ish faoliyatini ilmiy- 
    uslubiy jihatdan tahlil etish.
    3. Mahalliy manbalardan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish 
    orqali o‘quvchilami yuqori malakali, Vatanga sadoqatli, milliy
    6


    hamda jahon xalqlari san’atini mukammal biladigan, o ‘tmish 
    madaniyatim izni sevadigan pedagoglar boTib yetishishlarini 
    ta ’minlash.
    4. 
    Pedagogik kasb-hunar kollejlari uchun «Qalamtasvir» fanining 
    nazariy va amaliy jihatdan yuksak darajada biladigan, zamonaviy 
    axborot texnologiyalari bilan qurollangan pedagog kadrlarni 
    tayyorlash.
    Mazkur o‘quv qoTlanma pedagogika yo‘nalishidagi o‘rta max- 
    sus va oliy o‘quv yurtlarining badiiy graftka fakultetida o‘tkazilgan 
    ko‘p yillik tajriba-sinov mashg‘ulotlari asosida yaratilgan. Unda 
    qalamtasvirning maqsad va vazifalari, tasviriy san’at, xususan, 
    qalamtasviming asosiy qonun-qoidalari, o‘quv qalamtasvirini me- 
    todik izchillikda bajarish usullari kabi masalalar o‘rin olgan. Peda- 
    gogika yo‘nalishidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari o‘quv- 
    chilariga moTjallab yozilgan ushbu o‘quv qoTlanmadan tasviriy 
    san’at sohasi mutaxassislari, metodistlar ham foydalanishlari 
    mumkin.


    1-bob. QALAMTASVIR - TASVIRIY SAN’ATNING 

    Download 3,5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish