‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

12-rasm.
isbotlangan va ushbu qoidaga rioya etilmasa, aylananing pers- 
pektivadagi to ‘g‘ri tasviri hosil bo‘lmaydi. 12-rasm, a, b da aylana 
va aylana shakliga ega bo‘lgan chelakning ufq chizig‘iga nisbatan 
joylashishiga qarab, perspektiv qisqarishini ko‘rishimiz mumkin.
Rassom ellipsning kichik o‘qiga e’tibor qaratganida, uning 
olisdagi radiusi yaqindagi radiusga nisbatan qisqaroq ekanligini 
payqaymiz. Naturadan rasm chizilganida, doimo ushbu holatni 
yodda tutish kerak. Bunda kichik o‘qning rassomga yaqin turgan 
tarafi uzoqdagisi bilan sohshtirilishi va rasm tuzihshi e’tiborga olinishi 
lozim.
Yosh rassom aylana va ellipsni hech bir qiyinchiliklarsiz chiza 
olishi kerak. Awalambor, bir-biriga perpendikular bo‘lgan ikki 
chiziq — simmetriya o‘qlari chiziladi. Ularning uchlaridan egrilik 
darajasi yuqori bo‘lmagan yoylar chiziladi, keyin esa, yoy natijasida 
hosil bo‘lgan burchaklarga to ‘g‘ri chiziqlar tortiladi. Hosil bo‘lgan 
burchaklar to ‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Nati- 
jada, doira hosh bo‘ladi. Bu yerda egrilik darajasi butun aylana bo‘yicha 
bir xil bo‘lishi lozim. Ellipsni chizishda ham xuddi shu usuldan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tasviriy san’at asoslari to ‘g‘risida gap borganda, undagi bir 
qator qonun-qoidalarga murojaat qilishni taqozo etadi. Ular quyi- 
dagilardan iborat:
Surat tekisligi, bu — tasvirlanayotgan natyurmort, manzara, 
portret va hokazolar bilan rassom orasidagi bo‘shliqqa aytiladi 
(13-rasm).
24


13-rasm.
Fiziologik nuqtayi nazardan qaralganda, yorug‘lik chizilayotgan 
buyumga tushib, rassomga u yoki bu qismining shakli ko‘rinadi. 
Shundan keyingina, rassom uni idrok etib tasvirlashga o‘tadi. Surat 
tekisligi — rassom bilan natura o‘rtasidagi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Buyum tekisligi deb, tasvirlanayotgan buyumning joylashgan 
tekisligiga aytiladi. Buyum tekisbgi vazifasida stol, pol, yer va boshqa 
chizish uchun bajariladigan moslama bo‘lishi mumkin.
K o ‘rish maydoni va k o ‘rish burchagi, bu — chizuvchining 
tasvirlanayotgan buyumni ko‘rish vaqtida qamrab olishdir. Rassom 
tasvirlanayotgan obyektdan qanchalik uzoqlashib borgan sari, uning 
ko‘rish maydoni ham kengayib boradi, bu esa, tasvirlanayotgan 
obyektning barcha qismlarini aniq ko‘rish va tasvirlashga imkon 
yaratadi (14,15-rasmlar).
Tasvirlanajak buyum (obyekt)dan juda katta masofada turib, 
undagi hamma bo‘lak va qismlarni yaqqol tasvirlash mushkul. 
Aksincha, tasvirlanayotgan obyektga juda yaqin turib ham, undagi 
hamma qismlarni ko‘z bilan ilg‘ab olish qiyin bo‘ladi. Shuning 
uchun har qanday tasvirni bajarayotganda chamalash orqali 
masofani to ‘g‘ri tanlay olish, ko‘rish maydonini to ‘g‘ri belgilash 
rassomdan mahorat talab etadi. K o‘p hollarda rassomlar tas- 
virlanayotgan predmet kattaligini uch hissa ko‘paytirilganiga teng
25


15-rasm.
masofada turib tasvirlashadi. Masalan, inson qomatini todaqonli 
tasvirlash uchun rassom naturadan taxm inan 5—5,5 m etrlar 
masofada turishi kerak. Shundagina u tasvirni tohaqonli tasawur 
etib vazifani aniq bajarishi mumkin.
Fazoviy perspektiva deb, buyumlarning fazo (bo‘shliq) ta’sirida 
o‘zgarib (qisqarib) ko‘rinishiga aytiladi. Fazo — tiniq muhit bo‘lib, 
uning tiniqhgi tabiatning turli hodisalari ta’sirida o‘zgarib turishi 
mumkin. Masalan, havo namhgi, atmosfera bosimining o‘zgarishi, 
havodagi chang-to‘zonning ta’sirida havo buluthgi vaboshqalar. Shu- 
ning uchun tasvirlanayotgan obyektning fazo bo‘shlig‘ida qay daraja- 
da chuqur joylashganiga qarab rang, nisbat, tus va undagi alohida 
bohaklaming (yaqqol yoki xira) ko‘rinishlariga keskin ta’sir etadi.
Fazo perspektivasi obyekt kunning qaysi vaqtida tasvirlana- 
yotganligiga (ertalab, kunduzi, kechqurun), yil fasllari (qish,bahor, 
yoz, kuz) hamda atmosfera o‘zgarishiga (quyosh yoki bulut) qarab 
ham o‘zgaradi.
Fazoviy perspektivaning bir necha asosiy qoidalari mavjud 
bohib, ular quyidagilardan iborat:
26


1. Bajarilayotgan tasvir rassomga yaqin boMgan buyumlar 
yaqqol, uzoqdagilar esa, umumiy ko‘rinadi. Tasvirda fazoni 
sezdirish uchun yaqin masofada joylashgan buyumlarni yaqqol, 
uzoqdagilarni esa, umumiy tarzda tasvirlash kerak.
2. Fazo bo‘shlig‘i (kengligi)da joylashgan buyumlar chizuv- 
chidan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, xira tusda ko‘rinadi. 
Tasvirda fazoviy perspektivani to ‘g‘ri ko‘rsatish uchun uzoqda 
joylashgan buyumlarni ozroq yengil, oldingi qatordagi buyumlarni 
esa, yaqqol tasvirlash kerak.
3. Yaqin masofada joylashgan buyumlar fazoda yaqqol hajmli 
bo‘lib ko‘rinadi, uzoqdagilari esa, xiraroq ko‘rinadi. Tasvirlashda 
ham ushbu tartibga rioya qilmoq zarur.
4. Chizuvchidan uzoqroq joylashgan buyumlar, atmosfera 
bosimi ta’sirida siyohrang, havorang va och tusda ko‘rinadi. Fazoviy 
perspektivani yanada kuchliroq kohsatish uchun yaqin masofadagi 
yaqqol kohinib turgan buyumlarni aniqroq chizgilar bilan, uzoq- 
dagilarni esa, ochroq tusda tasvirlash mumkin.
5. Oldingi qatorda joylashgan buyum lar haqiqiy o ‘z tusi 
(rangi)da, uzoqdagilari bir xil bo‘lib ko‘rinadi. Fazoviy pers- 
pektivaning bu qonuni rassomdan oldingi masofada joylashgan 
buyumlami yaqqol, uzoqdagilarni esa, umumiy tarzda xiraroq qilib 
tasvirlashni talab etadi.
Fazoviy perspektivaning ushbu qonun-qoidalariga rioya qilish 
o‘quvchi uchun muhimdir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar 
o ‘quvchining qanday vazifa bajarishidan qat’iy nazar (portret, 
natyurmort, manzara va h.k.) kuzatiladi.

Download 3,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish