— chiziqdan hajmga o‘tish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Buning uchun aw al jismning nisbati
chiziqlar yordamida sharth
ravishda belgilab olinadi, keyin jism yuzasidagi soya qismlarining
hajmi shtrixlash yo‘li bilan hosil qihnadi. Rassom oldida yorugt va
soya yuzalarga ega boMgan jism turganligi uchun, uni tasvirlashda
faqat chiziqlardan foydalanish, jismning yorugt va soya qismlari
bilan chalghb, xato qilishga ohb kelishi mumkin. Bunday hollarda
tasvirlanayotgan jismning asosiy nisbatlari va hajmini aniqlash,
shuningdek,
asosiy nisbatlarini belgilab, darhol uning hajmini
hosil qilish va kichik detallariga ishlov berish maqsadga muvofiq
sanaladi. Shuning uchun asosiy qismlarni belgilab olib, nisbatlami
tekshirish uchun darhol umumiy yorugMik va asosiy soyalami
o‘rganib chiqish kerak. Har doim rasmni yaxlitligicha chizish kerak
boladi. Vazifani tasvirlash muntazam ravishda bo‘laklarga ham
to‘xtalib turish lozim.
Rasm chizish texnikasida shunday xayoliy (tabiatda mavjud
boMmagan — illuziya)
shakllar borki, ular jism oMchamini idrok
etishga ta ’sir ko‘rsatadi. Bir xil maydonga ega qora-oq va oq-qora
to ‘rt burchaklar tomoshabindan bir xil uzoqlikda joylashtirilgan
boMsa-da, ulaming kattaligi har xilga o ‘xshaydi (oq to‘rt burchak
kattaroq ko‘rinadi).
Shuning uchun chiziqli, shtrixlanmagan
tasvir rangh yuzaga nisbatan yirik tuyuladi. Ba’zan nisbatni qanday
idrok etishga shtrixlarning yo‘nalishi ham ta ’sir ko‘rsatadi.
Tekis
shakl — kvadratga — eng yaxshisi uning chegaralarini davom
ettirmaydigan qiya shtrixlar; kvadrat shaklga nisbatan vertikal yoki
gorizontal shtrixlarning ishlatilishi shakl oMchamini qisqartir-
gandek tuyuladi. Ingichka, uzun qirralarga nisbatan (masalan,
stolning yon tarafi) ko‘ndalang shtrixlar qoTlash yaxshi natija
beradi.
Shu
oTinda aytib oTish kerakki, rassomlar o ‘zlari ista-
ganlaricha ko‘plab texnik uslublardan foydalanishgani bois, ulami
hammaga va har bir rasm chizuvchiga tavsiya qihsh mumkin emas.
Rasm chizishda asosiy narsa, bu — natija va har bir rassomning
o‘ziga xos ishlash texnikjihatlari uning ishiga o‘z ta’sirini oTkazadi.
Shakllarda tus munosabatlari. Jismning ustki qismi rangi, unga
tushayotgan yorugMik miqdori, rassom ko‘z nuriga nisbatan burilish
burchagi va masofasi (yorishganlik va rang bilan to‘yinganlik daraja-
siga koTa, turlichaboTgan) naturaning joylashgan oTnini belgilab
beradi.
51
Jismning yoritilgan yuzasidan soyadagi yuzasini ajratish va uni
rasmda tasvirlash faqatgina ton orqali amalga oshirilishi mumkin.
Rasmdagi ton, bu — har xil bosimda tushirilgan axromatik rang
(kulrang), u tarkibiy yuzalarning yorqinligini
ifodalash uchun
ishlatiladi.
Tabiatda kuzatiladigan ton munosabatlarini mutlaq aniqlikda
rasmga o‘tkazish mumkin emas. Chunki, rassomchilik materiallari
(qog‘oz, qalam, ko‘mir va h.k.) soyaning eng to ‘q, masalan,
baxmalga o‘xshash qismini yoki yaraqlab turgan jilvani borligicha
tasvirlash imkonini bermaydi. Bunga intilish ham kerak emas.
Realistik rasmlarda tasviming tabiatga proporsional alohida qismlari
tuslarining xilma-xilligiga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Shu
yo‘sinda har bir rasm o‘zining tus masshtabiga ega bo‘ladi (eng
och tusdan — qog‘oz yuzasi, eng to ‘q tusgacha — qalam). Rasm-
lardagi boshqa barcha oraliq nuqtadagi yorug‘lik tuslari, nimsoya,
shaxsiy soya va tushuvchi soya, jismning shaxsiy soyasi bilan
sohshtiriladi. Agar rasmdagi barcha soya joylashuvlari, uning tusidan
qat’iy nazar, to ‘g‘ri deb topilsa, u orqali tabiiy jismni ko‘rishimiz
va jism qanday materialdan tayyorlanganligi haqida tasawurga ega
bolishimiz mumkin.
To‘g‘ri tanlangan tus munosabatlari
rasmdagi jism tasviriga
tabiiylik va haqqoniylik baxsh etadi. Bitta rangda ishlangan suratlar
g‘oyibona tarzda, nafaqat, jism shakli va yoritilgan yuzalarining
farqini, balki jism materiali, fakturasi xususiyatini ham (turli
uslublar yordamda) tasvirlash imkonini yaratadi: oyna yoki metall-
ning yaltiroq yuzasi, gipsning xira yuzasi,
tana terisi, matolaming
mayinligini va h.k. ochib beradi.