Geometrik shakllarni o‘ziga qarab tasvirlash




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

3.2. Geometrik shakllarni o‘ziga qarab tasvirlash
Kub rasmini chizish. Gorizontdan pastda joylashgan hamda 
(perspektiv o ‘zgarishlar natijasida) o ‘ng va chap chekkalari 
kengligi bir xil bo‘lmagan kub rasmini chizishni ko‘rib chiqamiz.
Kub misolida perspektiva qoidalarga b o ‘ysunuvchi holatni 
tasvirlash ancha yengil hisoblanadi, chunki uning har bir tarafi 
teng. H ar qanday jismni chizishdan oldin, uning tuzilishi va 
masofadagi ko‘rinishini sinchiklab tekshirib chiqish lozim. Mazkur 
holatda kubning ko‘rinib tumvchi chegaralari va qirralari nisbatini 
ko‘rib chiqish, tushunib yetish, qaysi vertikal chegara ko‘proq va 
qaysi biri kamroq ochiq ekanligini aniqlash muhimdir.
Kub chegaralarining konstmktiv tuzilishi — uning butun shakli 
haqida tasaw um i bera oladi. Shuning uchun chizishni ulardan 
boshlash maqsadga muvofiqdir. Kubning tarkibiy yuzalarini yaqin 
masofadan chizishni eng yaqin vertikal qirradan boshlash kerak. 
Kub balandligi ixtiyoriy, ammo qog‘oz shaklini e’tiborga olib 
belgilanadi.
58


Ushbu vertikal qirraning eng pastki va yuqori uchlari birlash- 
tirilib, gorizontal qirralar hosil qilinadi. Ufq chizig‘idan pastda 
joylashgan kubda pastki gorizontal qirralar burchagining yotiqligi 
yuqoridagilariga nisbatan kattaroq b o ‘ladi. Gorizontal parallel 
qirralar gorizontning chap va o ‘ng tom onidagi nuqtalarda 
birlashadi, ushbu holatda qog‘ozdan ancha tashqarida birlashadi. 
Shu narsa bilinib turishi lozimki, tabiatda parallel bo‘lgan qirralar 
rasmda gorizontning m a’lum bir nuqtasida tutashadi.
Pastki va yuqori gorizontal qirralaming yo‘nalishini aniqlab, 
kubning chap va o‘ng chegaralaridan ikki vertikal qirra o‘tkaziladi 
hamda shu yo‘sinda vertikal chegaraning ko‘rinib tumvchi qismi 
aniqlab olinadi. Bunda chegaralarning o‘zaro kenglik nisbati va 
oldingi vertikal qirraning balandligini kuzatib borish kerak. Kub- 
dagi gorizontal qirralaming yotiq burchaklarini to ‘g‘ri chizish va 
ko‘rinib tumvchi chegara o‘lchamlarini kuzatib borish rasmning 
muvaffaqiyatli chiqishini ta ’minlaydi.
Eng oddiy geometrik shakllarni chizish vaqtida, tasvirlash 
mahoratini mukammal egallab, o‘sha shaklning, nafaqat, ko‘ri- 
nadigan tom onlarini, balki ko‘rinmaydigan tomonlarini ham 
chizish kerak. Agar shakl to ‘laligicha idrok etilmasa, u holda 
ishlangan rasm haqiqatan olis bo‘ladi. Shu sababli ham, rasm o‘z 
xususiyatga ko‘ra, chiziqli-konstruktiv, deb nomlanadi va jismning 
umumiy tuzilishi, uning konstmktiv xususiyatlari chiziqlar orqali 
tushuniladi (xuddi shakl rentgen nurlari yordamida proyeksiya 
qilinganidek).
Ikki vertikal qirra o‘tkazib, kubning yuqori va pastki asoslari 
yasaladi. Barcha gorizontal qirralar (ular davom ettirilganda) ufq 
chizig‘idagi m a’lum bir nuqtada kesishishi lozim. Shuningdek
yuqori va pastki asoslaming kengligi (burilish burchagi)ni nazorat 
qilib borish muhim hisoblanadi. Rassom bir shaklni bir necha 
bor turli holatlarda chizganida (ufq chizig‘i va boshqa shartlaming 
o‘zgarishi nuqtayi nazaridan), u bir narsaga ishonch hosil qiladiki, 
agar shakl ufq chizig‘iga qanchalik yaqin bo‘lsa, u shunchalik yuza 
ko‘rinishda bo‘ladi, ufq chizig‘idan uzoqlashgani sari esa, nisbatan 
keng burchakli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunda har bir holat uchun 
chegara nisbatlari, qirralar yotiqligi va ulaming ufq chizig‘ida 
tutashishini aniqlash zamr hisoblanadi. Rassomning butun e’tibori 
kub chizgilariga emas, balki butun shaklga va uni hosil qiluvchi
59
l-rasm.


yuzalarning perspektiv ko‘rinishiga qaratilgan b o ‘lishi lozim. 
31-rasmda kub shaklining besh bosqiclii ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 
kubni chekka cliiziqlarini belgilab, kompozitsiyajihatidan qurishdan 
boshlab, to uni to ‘g‘ri tasvirlash bosqichlarigacha tasvirlangan.

Download 3,5 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geometrik shakllarni o‘ziga qarab tasvirlash

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish