JISMLARNI ASLIGA QARAB TASVIRLASH




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

JISMLARNI ASLIGA QARAB TASVIRLASH
3.1. Umumiy metodik tavsiyalar
Tekislikda uch o‘lchamli jism yoki jismlar guruhini tasvirlash 
jarayonida, ulami qismlarga ajratib, alohida chizish mumkin emas. 
Ushbu usul malakasiz, yosh rassomga xos. Bunday qoida bo‘yicha 
ishlansa, tasvirdagi jism alohida turli masshtabdagi qismlardan 
iborat bo‘lib qoladi va ular bir-birlari bilan hech qachon bog‘- 
lanmaydi. Natijada, tasvir naturaga o‘xshamaydi. Rasm chizish 
ketma-ketligiga rioya etilmagan hollarda rassomning e’tibori bir 
joyga jamlanmaydi, maqsadga intilish hissi sustlashadi va passiv, 
ko‘chirish holatiga o‘tib qoladi. Shuning uchun bexato rasm chizish 
uchun asosiy uslubiy qoidalarga rioya etish kerak.
Naturadan rasm chizish uchun obyektlar ketma-ketligi to ‘g‘ri 
tanlanishi (osondan qiyinga o‘tish tamoyilidan foydalanib) hamda 
o‘quv maqsadiga javob berishi lozim. Shuningdek, rasm chizishni 
oddiy shakl va jismlardan, osondan qiyinga o‘tib borish tartibida 
boshlash kerak. 0 ‘quv yurti qalamtasvir bosqichining yakuniy 
maqsadi — oddiy natyurrnortlarini tasvirlashdan boshlab, to inson 
tanasining turli holatdagi ko‘rinishini, awalo, naturadan, so‘ngra 
esa, xotira va tasawurdan chiza olish qobiliyatini shakllantirishga 
qaratilgan. Rasm chizish mashg‘ulotlari tizimida alohida geometrik 
shakllar tasvirini chizish muhim o‘rin tutadi. Bosqich boshlanishida 
o‘quv-ko‘rgazma quroli sifatida oq gips shakllardan foydalaniladi.
To‘g‘ri geometrik shakllami (kub, prizma, piramida, silindr, 
shar va boshq.) chizish chog‘ida yosh rassom naturani idrok etish 
qonun-qoidalarini tezroq o ‘zlashtiradi, rasmning perspektiv 
qonun-qoidalarini to ‘liq egallaydi hamda perspektiv qisqarishlar 
va nisbatlami (ham naturani, ham rasmni kuzatganda) aniqlashda 
ko‘z bilan chamalash qobiliyatini rivojlantiradi. Oddiy geometrik 
shakllami chizish yanada murakkabroq tabiiyjism tasvirini chizishda 
zamr bo‘ladigan bilim va malakani egallashda muhim hisoblanadi.
55


Buning uchun ushbu geometrik shakllarni turli ko‘rinish va 
holatlarda chiziqli konstruktiv ravishda tasvirlay ohsh, keyinchahk 
qiyinroq shakllar tasvirini bemalol chiza ohsh imkonini beradi 
(28, 29, 30-rasmlar).
28-rasm.
56


0 ‘quv rasmini chizish vazifalarining asosiy maqsadi — jismning 
perspektiv ko‘rinishini yassi yuzada hajmli qilib ifodalash. Shu- 
ning uchun o ‘quv topshirig‘ini bajarishdan oldin, pedagog yosh 
rassomlarga jismning perspektiv tasviri qoidasini tushuntiradi. 
Chiziqli perspektiva qoidalari istalgan hajmli shaklni turli rakurs 
yoki qisqarishda ifodalash imkonini beradi. Bu qoidalar quyida- 
gilardan iborat:
1. Jism kuzatuvchidan qanchalik uzoqlashsa, u shunchalik ki- 
chik bo‘lib ko‘rinadi.
2. Naturaning tasvir parallel chiziqlari shartli ufq chizig‘idagi 
ma’lum bir nuqtada birlashadi.
3. Rasm chizuvchi uchun ufq chizig‘i uning ko‘z nuri darajasida 
joylashadi. Siljimaydigan jismni biror holatda (o‘tirib, turib, stulda 
yoki past o‘rindiqda o‘tirib) chizganda, ufq chizig‘i ko‘tariladi 
yoki pasayadi.
4. Ufq chizig‘idan pastda joylashgan gorizontal chiziqlar olis- 
lashgani sari ufq chizig‘i tom on ko‘tarilib boruvchi, yuqorida 
joylashganlari esa, pasayib boruvchi bo‘lib ko‘rinadi.
5. Vertikal chiziqlar va rasm yuzasi bilan parallel chiziqlar 
(qog‘ozning vertikal va gorizontal chekkalariga mos kelsa) tasvirlash 
chog‘ida yo‘nalishini o‘zgartirmaydi.
6. Ufq chizig‘i va birlashish chizig‘i, odatda, tasvirlanayotgan 
qog‘ozdan tashqarida joylashadi. Shuning uchun u chizilmaydi va 
faqatgina rasm chizish davomida bor, deb tasaw ur qilinadi.
7. Qirrali jismning yon qirrasi qanchahk yaxshi ko‘rinsa, uning 
og‘ish burchagi shunchalik kichik bo‘ladi va aksincha, perspektiv 
tasvirda qirra qanchalik qisqargan bo‘lib ko‘rinsa, uzoqlashayotgan 
qirraning og‘ish burchagi shunchalik katta bo‘ladi.
0 ‘quvchi rasm ni qalam yordam ida ishlash qoidalarini 
mukammal bilishi lozim. Masalan, jismning old tarafi tasvirini 
chizish uchun qalam qattiqroq bosiladi; ikkinchi darajali jismlar 
alohida ajrahb turmaydi, shuning uchun ular nisbatan yumshoqroq 
bosimda ishlanishi kerak; uchinchi darajali (eng ohsdagi) jismlami 
tasvirlash uchun yengil shtrix va chiziqlardan foydalaniladi. Agar 
o‘quvchi ushbu qoidalarni hisobga olmay, barcha chiziqlami bir 
xil qalinlikda chizsa, jismning kenglikdagi tasviri haqqoniy hosil 
bo‘lmaydi. Barcha sozandalarda bo‘lgani kabi, rassomlarda qo‘l bilan 
harakat qilish m ahoratini shakllantirish m uhim hisoblanadi.
57


Rassomchilik bo‘yicha dastlabki mashg‘ulotlar uzun chiziqlami 
qo‘lni uzmasdan chizish bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. Agar chiziq 
egri, notekis chiqsa, kerakli talabga javob bemvchi chiziq hosil 
bo‘lgunicha qayta-qayta chizish tavsiya etiladi. Qisqa yoki uzuq 
chiziqlar bilan ishlash mumkin emas.
Mashg‘ulotlar davomida egallagan bilim va malakalar uy 
vazifalarining bajarilishi davomida mustahkamlanadi. Chunki uy 
vazifalari auditoriyadagi mashg‘ulotlaming davomidir. Uyda ishlash 
o‘quvchida mustaqil fikrlash, shaxsiy qaromi qabul qilish imkonini 
beradi. Rassom m ustaqil ish olib borishi davom ida ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantiradi. Uy vazifalarini tekshirish chog‘ida 
pedagog qiziqarli rasmlami namoyish etadi. Bu o‘z navbatida rasm 
muallifi va gumhdagi barcha o‘quvchilarga mhiy madad bo‘ladi.
Jismning hajmli tasvirini chiza turib, avvalo, uning konstmk- 
siyasini o‘rganish va rasmning perspektiv tuzilishini tahlil etish 
kerak. Chizish davomida o‘quvchi ikki o‘lchamli tekis yuzani emas, 
balki kenglikni ko‘rishi va undagi jism lar joylashuvi hamda 
o‘lchamini perspektiva qoidalari asosida tasvirlay olishi muhimdir. 
Ish jarayonida jismlar haqidagi bilim va ulaming ko‘rinishini yodda 
tutishimiz kerak.

Download 3,5 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish