Uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda gips milliy naqsh




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

3.6. Uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda gips milliy naqsh 
rozetkasining qalamtasviri
Bu qo‘yilmaning asosiy vazifasi — turli shakl va hajmga ega 
hamda materiallardan iborat buyumlarni kompozitsiya jihatidan 
qurishga o‘rganish hamda tus vositalari orqali tasvirlash. Uy-ro‘zg‘or 
buyumlari natyurmortini chizish yosh rassom oldiga yangi, yanada 
murakkabroq vazifani qo‘yadi. Bunda jismlar turli xil shaklga ega 
boflishi mumkin. Shu bilan birgalikda ushbu jismlaming barcha- 
sini geometrik shakllarga o‘xshatishimiz mumkin.
Natyurm ort qo‘yilmasi planshetga shunday joylashtirilishi 
kerakki, unda qog‘ozning butun yuzasi naturani tasvirlashda faol 
ishtirok etsin. Agar tasvirlanayotgan jism (mazkur topshiriqda jismlar 
gumhi) vertikal yo‘nalish bo‘yicha cho‘zilgan boflsa, tabiiyki, 
qog‘ozning uzun tarafini vertikal holatda joylashtirish kerak.
Tasvirlanayotgan jismlar oflchami to ‘g‘ri tanlanishi lozim: 
tasvir juda kichik yoki katta boflmasligi hamda u bir burchakka 
taqalib qolmasligi ham kerak. Chizilayotgan rasm qog‘ozning 
taxminan o‘rtasida joylashtirilishi lozim. Har bir alohida holat 
uchun, qog‘ozning bichimini hamda tasvirlanayotgan jismlar va 
umumiy tasvir maydonining o‘zaro munosabatini hisobga olgan 
holda alohida kompozitsiya tanlash talab etiladi.


0 ‘quv mashg‘ulotlarida kompozitsiya ko‘rish maydonidagi 
tasvir asosida tanlanadi, qog‘oz bichimi aniqlanib (yoki berilgan 
bichimdagi qog‘ozda), unga rasm joylashtiriladi. Tasvir kompo- 
zitsiyasini aniqlash (ayniqsa, natyurmot chizish jarayonida) — 
uning joylashuvini, o‘lchamlari va fonini to ‘g‘ri belgilashdan 
iborat. Yaxshi joylashtirilgan tasvirda, umumiy tasvirning butunligi 
va o‘zaro munosabatini buzmay turib, hech narsani o‘zgartirish 
yoki olib tashlash mumkin emas.
0 ‘quv rasmini sifatli ishlash uchun bir necha chizgilarni 
bajarish tavsiya etiladi. Tasvimi qog‘ozgato‘g‘rijoylashtrishda tasvir 
izlash moslamasi yordam beradi. Ushbu moslamani yasash uchun 
karton yoki qalin qog‘ozning o‘rtasidan to ‘g‘ri to ‘rtburchakli teshik 
ochiladi va ushbu teshik qog‘oz yuzasiga proporsional bo‘hshi kerak. 
M oslamani chizilayotgan jismga qaratilgan ko‘z nuriga per- 
pendikular holatda ushlab, uni jismga yaqinlashtiramiz, uzoq- 
lashtiramiz va jism qirralarini moslama tomonlariga to ‘g‘rilab, 
jismning aniq joylashuvini belgilab olamiz.
0 ‘quv rasmini ishlash jarayonida qo‘yiladigan asosiy talab — 
qog‘ozda jismlar joylashuvini to ‘g‘ri belgilashdan va har (o‘ng, 
chap, yuqori va past) tomonlaridan bir xil bo‘sh joy qoldirishdan 
iborat. Bunda, shuningdek, jismlaming rangi va ular yasalgan 
material ham hisobga olinadi. Chunki ular tasvirda tabiiy chizilishi 
kerak. Shu sababli ham natyurrnortdagi eng katta jism hech qachon 
qog‘ozning o ‘rtasiga joylashtirilmaydi, balki chap yoki o ‘ng 
tomonda ifodalanishi lozim. Yaxshi joylashtirilgan tasvir hech 
qachon siqilib yoki qog‘ozdabo‘shjoy ortib qolganga o‘xshamaydi. 
Shuningdek, o‘quv natyurmortida jisrnlarning nisbatlari qog‘ozda 
to ‘g‘ri belgilanishi kerak.
U y-ro‘zg‘or buyurnlari natyurrnortini chizishda turli mate- 
riallardan ishlangan jismlar yuzasidagi yorug‘ va soya kuchini 
solishtirish kerak. Masalan, metall idishning yuzasini tasvirlash 
chog‘ida uning shakli va fakturasini to ‘liqroq tasvirlash uchun 
boshqacha xarakterdagi shtrixlardan foydalanish lozim. Shisha yuzali 
idishga tushuvchi yorug‘lik o‘zining yorug‘lik-soya munosabatlariga 
juda tez o‘tishi bilan (yuzaning yorug‘likni aks ettirish xususiyati 
kuchli bo‘lganligi sababli) xarakterlanadi. Bunday o‘tish boshqa 
materialdan ishlanganjismlarda, masalan, gips sharda sckin bo‘ladi. 
Bunday tasvirlami ishlash chog‘ida ketma-ketlikka rioya qilish katta 
ahamiyatga ega.
81


Natyurmort chizish jarayonini quyidagi bosqichlarga bohish 
lozim. Dastlab natyumortni turli tomonlardan kuzatilib, yorug‘- 
soya munosabatlarini hisobga olgan holda, shakl ko^rinishining 
eng m a’qul joyi tanlanadi. Vazifaning asosiy maqsadi — buyumlar 
shakli, rangi, tuzilishi, fazoviy holati jihatdan bir-biridan farq 
qilishiga alohida ahamiyat berish. Qo‘yilmadagi buyumlaming 
olchovlari turlicha bolishi maqsadga muvofiq. Kichikroq buyumlar 
oldinroqda, yiriklari orqaroqda tasvirlanadi. Natyurmort kompo- 
zitsiyasini qog‘ozga tocg‘ri topish maqsadida alohida kichik olcham- 
da xomaki tarzda chizib ko‘riladi. Rasm kompozitsiyasi topilgan- 
dan so‘ng asosiy ishga ohiladi.
Q ocyilmani chizganda, undagi hamma buyumlami bir yo‘la 
tasvirlash lozim. Aks holda, rasmdabirbuyumning olchovi kattaroq 
va ikkinchisi esa, kichikroq bofiib, rasm kompozitsiyasi buziladi. 
Shuning uchun qo‘yilmadagi barcha buyumlarning umumiy 
balandligi va eni qog‘ozda yordamchi chiziqlar bilan belgilab olinadi. 
So‘ng naturadagi har bir buyumning ofichovi jihatdan o ‘zaro 
farqi, oralaridagi masofa, soya va yorugfiaming farqi, ranglari ko‘z 
bilan chamalab aniqlashga ohiladi.
Qocyilma ufq chizigfidan pastroqqa joylashtirilgan bofiib, uning 
gorizontal tekishgi aniqlanadi. Gipsh naqsh orqaroqda va balandlikda 
ohnatilgan, mis qumg‘on va sopol piyola oldingi kocrinishda 
joylashgan.
Keyin sopol piyola va mis qumgconning umumiy shaklini 
bildiruvchi chiziqlar hamda simmetrik o‘qlar va naqshli gips mo- 
dehning taxtacha asosi belgilab chiziladi. Sohigra piyola va mis qum- 
g‘onning ustki, pastki asoslari va naqshning yon tomon yohialishlari 
perspektiva qonuniyatiga asoslanib belgilanadi. Naqsh gulining 
turgan joyini aniqlash uchun taxtacha asosi o‘rtasidan yordamchi 
profil chizigfi yuritiladi (58-rasm, a, b, d).
Mis qumgcon simmetrik shakldagi buyum hisoblanib, u si- 
lindr va shar shakllaridan tashkil topgan. 0 ‘tkazilgan simmetrik 
o‘qdan qumgconning balandligi hamda enining ofichami topiladi. 
Qumg‘on ufq chizigfidan biroz pastroqqa qocyilganligi uchun uning 
ustki va ostki asoslari ellips shaklda kohinadi. Socngra qumgcon 
bocyi va enini belgilovchi chiziqlami tutashtirish orqali umumiy 
shakl topiladi.
Milliy naqsh gulining shakli yirik yaxlit qismidan mayda 
bofiaklariga ketma-ketlikda bajariladi. Taqqoslash usuli orqali
82


a. Birinchi bosqich.
b. Ikkinchi bosqich.
d. Uchinchi bosqich.
58-rasm .
83


bo‘laklaming nisbatlari bir-birlari bilan hamda yaxlit aniqlab boriladi. 
Bu bosqichda buyurnlarning ko‘rinmas chiziqlari ham chiziladi. 
Bu usul buyurnlarning fazodan o‘rin olib turganini ko‘rsatishda 
o‘quvchilami yanglishtirmaydi.
Buyurnlarning yorug‘lik va soya qoidalariga rioya qilgan holda 
olib boriladi. Albatta, naturadagi buyurnlarning o‘rtasidagi och- 
to ‘qlikning farqini saqlagan holda hamda materiallik fakturasini 
ko‘rsatib tasvirlash kerak.
0 ‘quvchi tasviming haqqoniyligini tekshirish uchun mol- 
bertdan uzoqlashib, o‘zi tasvirlagan shakl bilan naturaga qo‘yilgan 
buyurnlarni tez-tez kuzatish orqali amalga oshiriladi. Bunda oraliq 
masofa natura va chizilayotgan rasmni to ‘liq solishtirish imkonini 
berishi lozim. Tekshirish davomida natura va rasmga ketma-ket 
qaraladi ham da mavjud xatolar o ‘sha zahotiyoq tuzatiladi. 
Shuningdek, agar rassom turgan holda ishlayotgan boTsa, u 
m olbertdan biroz uzoqlashib, tasvir va naturadagi jism ni 
solishtirishi mumkin. Rasm chizishning so‘nggi bosqichida xatolami 
aniqlab, so‘ngra ulami tuzatishga ko‘p vaqt sarflagandan ko‘ra, 
rasm chizish jarayonining har bir bosqichida uni boshqarib, 
tekshirib borish tavsiya etiladi. So‘nggi bosqichda vazifa deyarli 
tugatiladi — rasmni natura bilan solishtirish, keraksiz chiziqlarni 
olib tashlash, birinchi va ikkinchi darajali qismlarni umumiy- 
lashtirish va ishdan umumiy taassurot olish kerak.
Yosh rassom uchun natyurmort chizish katta ilmiy ahamiyat 
kasb etadi. Naturadan natyurmort chizish realistik rasmdagi jismlar 
joylashuvini toTiq ochib berish, e’tiborni, asosan, perspektiv 
tasvirga qaratish hamda chiziqli-konstruktiv rasm chizishning 
qonun-qoidalarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Natyurmort ustida 
ish olib borish o‘quvchilarda yangi ijodiy qirralarining namoyon 
boTishida katta ahamiyat kasb etadi.
Ish yakunida oldingi va orqa ko‘rinishda joylashtirilgan 
buyumlarning tus munosabatlari umumlashtiriladi (58-rasm, d).

Download 3,5 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda gips milliy naqsh

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish