‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

33-rcism.
xususan, silin d r asosining 
perspektiv qisqarishi ko‘rsa- 
tilgan (a—g). Buni yanada 
kengroq anglash uchun uy 
jihozlarining chiziqli rasm- 
larini tahlil qilish orqali ko‘ri- 
shimiz mumkin (35, 36-rasm- 
lar). Ellips ikkita o‘zaro per- 
pendikular o‘qlar asosida qu- 
riladi: katta (gorizontal) va 
kichik (vertikal) o‘qlar. Ular
34-rasm.
64


kesishganda, har ikkisi ham 
teng bo‘linishi kerak.
Shunday qilib, ellipsning 
gorizontal tekislikda yotuvchi, 
aylana diametriga mos keluvchi 
katta o‘qi gorizontal holatda 
qoladi va ushbu o‘qning uzun- 
hgi tabhy jismdagi kichik hamda 
katta o‘q nisbatlarini ko‘z bilan 
chamalash orqali aniqlanadi. 
Shu yo‘l bilan rasmda gori- 
zontal tekislikda yotuvchi ayla- 
nani hosil qilish mumkin. Bu- 
ning uchun kvadratning pers- 
pektiv tasviri va diagonallari- 
dan foydalanhadi va uning ichi-
35-rasm.
da ellipsni nuqtalar bilan bel- 
gilab chiqiladi.
Ellips chizish qonun-qoi- 
dalarini tushuntirish davomida 
pedagog rassom larni ellips 
har qanday holatlarda chizil- 
ganida ham uning chetlari 
o‘tkir burchak hosil qilmasligi 
haqida ogohlantirishi lozim. 
Ellips — bu tekislikda yotuv- 
chi aylananing perspektiv 
ko‘rinishi. Shuning uchun el- 
lipsning pastki o‘qi diametri 
minimal kattalikda bo‘lganida 
ham uning pastki qismidan 
yuqori qismiga ehtiyotkorlik 
bilan o‘tiladi.
S hunday qilib, silindr 
chizishni ellipsning katta yoki 
kichik o ‘qi va perspektiv
65


ko‘rinishdagi kvadrat diagonali yordamida uning asosini hosil 
qilishdan boshlanadi. Awalambor, vertikal o‘q chiziladi hamda 
uning yordamida silindming vertikal holati belgilab olinadi va natijada 
shaklning to‘g‘ri chizilishini nazorat qilishga imkoniyat tughladi. 
Ushbu o‘qda silindrning balandligi uning pastki asosda belgilangan 
eniga nisbatan aniqlanadi. Shundan so‘ng, pastki asos ellipsi 
chiziladi va asosdagi (kvadrat va ellips asosidagi) taxminiy 
nuqtalardan yuqoriga qarab, belgilangan tepa asosdagi nuqtagacha 
vertikal chiziq chiziladi.
Silindming yuqori asosi ufq chizigh va birlashish nuqtasini 
hisobga olgan holda chiziladi. Yuqori ellips aniqlanadi va ellips- 
larning uchlari (ellipslarning katta o‘qlari uchlari)dan vertikal 
chiziqlar o‘tkaziladi va ushbu chiziqlar silindrning yon yuzasini 
hosil qiladi. Bu yerda shuni yodda tutish kerakki, silindrni hosil 
qilish uchun silindr asosi diametriga va katta o‘qqa teng kvadrat 
asosli prizma yasaldi. Silindr hosil bodganidan keyin, ortiqcha 
yordam chi chiziqlarni 
0
‘chirg‘ich yordamida yumshatish va 
ellipslarning oldingi qismlarini hamda silindrning yon tarafini 
ko‘rsatuvchi chiziqlarni, qalamni bosib yurgizish orqali qalinroq 
qilish mumkin (37, 38, 39-rasmlar).
Ikki konusning rasmini chizish (tik va yotgan holati). Ushbu 
topshiriqni tushuntirish uchun konusning karkas shaklidan foyda-
66


laniladi. Tik holatdagi konusni chizish juda oddiy. Bu, awalo, 
qog‘ozda konusning asosi (ellips holatidagi aylana) joylashadigan 
joyni aniqlash, konusning yuqorisidan ellips asos markazi (katta 
va kichik o‘qlar kesishgan nuqtajga tushirish va so‘ngra asosning — 
ellipsning katta o‘qi uchlarini konusning balandligi bilan tutash- 
tirishdan iborat.
Konusni yotgan holatda tasvirlash tik holatdagi konusni 
chizishdan ko‘ra, biroz qiyin. Buning uchun konus balandligi va 
asosi o‘rtasidagi burchak to‘g‘ri aniqlanishi kerak.
Tasvir barcha topshiriqlar kabi yengil chizgilar chizish bilan 
boshlanadi. Vazifani boshlashdan aw al uni turli nuqtalardan turib 
qalam chizgilarda bajarish kerak. Bu yerda o ‘qituvchi ham
o‘quvchilarga uslubiy maslahatlar berishi va amahy jihatdan qog‘oz 
burchagida ko‘rsatib berishi lozim. Yotgan konusni xuddi shunday 
holatdagi piramidaga asoslangan holda chizish mumkin. Bunda 
silindming yotgan holati asosi, yotgan holatdagi konus asosiga 
o‘xshab ketadi (aylananing perspektiv qisqarishi). Qog‘oz sirtida 
m alu m burchakli kvadrat chiziladi va uning ichida ellips holati- 
dagi aylana — konusning asosi joylashadi. Ellipsning o‘qlari uning 
uchigabirlashtirilib, perpendikular chiziq chiziladi. EUipsning katta 
o‘qi uchlaridan konusning markaziy o‘qi balandligi tomon to‘g‘ri 
chiziqlar chiziladi va natijada, konus hosil bo‘ladi. Tasvir qurihshida 
shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, konus asosining perspektiv 
qisqarishida uning kichik aylanasi sinmasdan, yengil tasvirlanishi 
lozim (40, 41, 42, 43, 44-rasmlarda yotgan va tik holdagi konusning 
besh bosqichdagi tasviri ko‘rsatilgan.
40-rasm.
41-rasm.
67


44-rasm.
Hayotda uchraydigan ko‘plab uy-ro‘zg‘or buyumlarining umu- 
miy ko‘rinishi, jumladan, bidon, choynak, piyola va boshqalarning 
asosi ham shu yo‘sinda tasvirlanadi hamda qaysidir ma’noda ushbu 
geometrik shakllarni eslatadi.
Shar rasmini chizish. Shar tuzilishining ahamiyatli, o‘ziga xos 
tarafi shundaki, uning yuzasidagi barcha nuqtalar bir nuqtadan — 
markazdan bir xil o‘lchamda tarqaladi. Bizni o‘rab turgan borliqdagi 
ko‘plab jismlar, masalan, mevalar, sabzavotlar, sport to ‘plari va 
boshqalar shar yoki sharsimon shaklga ega. Odam boshining tepa 
qismi, miya qutisi ham sharsimon ko‘rinishli. Boshning pastki qismi 
suyaklari esa, mukammal shakllardan tashkil topgan.
Bunday shaklning tuzilishini idrok etish muhim ahamiyatga 
ega. Sharning faqat bitta yuzasi bor va uning chegarasi mavjud 
emas; shar aylananing o‘z diametri — aylanish o‘qi bo‘yicha 
aylanishi natijasida hosil bo‘ladi, shuning uchun unga qaysi 
nuqtadan qaralmasin uning shakli, konturi va ko‘rinib turuvchi
68


yuzasi o‘zgarmaydi va doimo aylana ko‘rinishida bo‘ladi. Shaming 
chiziqli tasviri faqat aylanani to ‘g‘ri chizishdan iborat bo‘lsa-da, 
shar shaklining hajmli modelini soyasi bilan chizish rassomchilik 
mashg‘ulotlaridagi eng qiyin vazifalardan biridir.
Shar chizishda yomg‘ va soya yordamida jismning hajmi qay 
darajada tasvirlash imkoni borligini bilish kerak. Rasmdagi yorug‘ 
joylar — yomg‘lik ko‘proq tushgan joylami, to ‘q joylari esa, uning 
eng keng joyida — ekvatorida bo‘ladi. Ulaming oralig‘ida esa, ya’ni 
yomg‘lik o‘tkir burchak ostida tushgan joylarda yarimsoya hosil 
bo‘ladi. Bunda yomg‘lik ma’lum miqdorda qaytadi va soya hosil bo‘ladi. 
Ushbu soya jism yuzasining soyadagi qismi shaklini xarakterlaydi. 
Shuningdek, tushuvchi soya tushunchasi ham mavjud. Shar shak- 
lini yorug‘lik va soya munosabatlari asosida tasvirlash jarayonida 
yomg‘lik qayerdan va qanday tushayotganligini, jism yuzasining 
qaysi qismi yorug‘lik manbayiga eng yaqin joylashganini, o‘sha 
yuzani qay darajada yoritishini, yomg‘likning tugashi va soyaning 
boshlanish joylarini hamda soya hosil bo‘lish sabablarini tasaw ur 
etish kerak.
Yorug‘lik va soya munosabatlarining turlicha bo‘lishiga sabab 
shundaki, yomg‘lik eng yaqin yuzadan uzoqlashgani sari kamayadi 
va asta-sekin yorug‘likdan soyaga o‘tib boradi. Shu sababli ham 
shardagi yorug‘lik-soya munosabatlari murakkab va tasvirlash ancha 
mushkul. Shar shaklini chizishda, ayniqsa, shar yuzasiga yomg‘lik 
tushayotgan bo‘lsa, uning chegaralari va orqa fonni tasvirlash 
murakkab ishdir. Bunday holatda shar yuzasining chegarasi 
ko‘rinmaydi va kontur ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Rasm chizishni boshlash uchun dastlab qog‘ozda uni kom- 
pozitsiya jihatdan qurib olinadi. Shuningdek, rasm chizish jarayonida 
metodik ketma-kethkka rioya qilish kerak. Awal shaklni yengil soya 
tasviri bilan, so‘ngra esa, butun shakl bo‘yicha aniq yorug‘ va soya 
munosabatlarini to ‘g‘ri taqsimlash orqali (yorug‘lik tushuvchi 
yuzalami taqqoslab) chizish lozim.
Ish davomida sharning yomg‘lik tushmaydigan, ya’ni soya 
qismiga to ‘g‘ri ishlov berilganda, tasvir relyefi yanada to ‘qroq 
tusda bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak; bunda yomg‘likning 
qaytish darajasi soyadan yorqinroq, ammo yomg‘lik tushuvchi 
yuzadan to‘qroq bo‘lishi kerak. Sharga yorug‘likning qaysi nuqtadan 
tushishiga qarab, u to ‘sib turgan yerlarida tushuvchi soyalar hosil 
bo‘ladi (45, 46, 47, 48, 49-rasmlar).
69


45-rasm.
46-rasm.
49-rasm.
70



Download 3,5 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish