|
Mavzu: Dasturlash, konsturuktorlik ishi sifatida
|
Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #112351 |
Bog'liq evalutsaa Mavzu: Dasturlash, konsturuktorlik ishi sifatida Topshirdi: Sadullayeva Dilnoza Reja: 1. Dasturlash 2. Dasturiy ta’minotni loyihalash va konstruksiyalash 3. Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash bosqichlari Dasturlash bu kompyuterga buyruqlar berishdir. Masalan, biror web-sayt tayyorlanmoqda va bu holatda uni tayyorlash uchun kompyuterga buyruqlarni yozish kerak. Faqat kompyuter o’zbek tilini yoki boshqa bir horijiy tilni tushunmaydi. Shuning uchun unga o’zi tushunadigan tilda ya’ni dasturlash tilida yozish kerak. Mana shu holat esa dasturlash deyiladi. Dasturchi bunday kodlarni yozib har-xil qurilamalar uchun ilovalar, web-saytlar, tizimlar va boshqa dasturlar tayyorlashi mumkin.. Dasturlash bu kompyuterga buyruqlar berishdir. Masalan, biror web-sayt tayyorlanmoqda va bu holatda uni tayyorlash uchun kompyuterga buyruqlarni yozish kerak. Faqat kompyuter o’zbek tilini yoki boshqa bir horijiy tilni tushunmaydi. Shuning uchun unga o’zi tushunadigan tilda ya’ni dasturlash tilida yozish kerak. Mana shu holat esa dasturlash deyiladi. Dasturchi bunday kodlarni yozib har-xil qurilamalar uchun ilovalar, web-saytlar, tizimlar va boshqa dasturlar tayyorlashi mumkin.. Dasturlash bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Dasturlash bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, progamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa kompyuterning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida dasturlash; masalani kompyuter tilida dasturlash. Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret kompyuter komandalari tizimsiga bog’liq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Dasturiy ta’minotni loyihalash va konstruksiyalash – dasturiy mahsulotni yaratishning eng ma’suliyatli bosqichlaridan biri. Bu bosqichda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotga asosiy talablar bayon etiladi. Har bir dasturiy mahsulot ma’lum funksiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan vazifasiga ko’ra barcha dasturiy mahsulotlarni kontruksiyalash uchta guruhga ajratish mumkin: tizimli, amaliy gibrid Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli kompyuterlar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Java, C++, Python) amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Juda koʻp dasturlash tillari muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, takomillashgan algolgoritm yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab kompyuter programmasini avtomatik tarzda qayta tuzuvchi translyatorlar mavjud. Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi “tekshirish” boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va kompyuterga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Boshlang’ich bosqichlarda jarayonni ko’p jihatdan hamda ishlanma sifati va mehnat sarfini aniqlovchi prinsipial yechimlar qabul qilinishi mumkin: ➢ dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash; ➢ foydalanish interfeysi tipi va hujjatalr bilan ishlash texnologiyasini tanlash; ➢ ishlanmaga yondashuvni (tuzilmani yoki obyektni) tanlash; ➢ dasturlash tili va muhitini tanlash Bu yechimlar nima loyihalashini qanday xarakteristikalarga ega, qanday vositalar bilan bajarilishini aniqlaydi. Dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash. . Dasturiy ta’minot arxitekturasi yechilayotgan masalalar murakkabligi, ishlanayotgan dasturiy ta’minot universallik darajasi va uning birorta nusxasi bilan bir vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchilar soni bilan aniqlanadi. − bir foydalanuvchili arxitektura dasturiy ta’minot personal kompyuterda ishlayotgan bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan; − ko’p foydalanuvchili arxitektura lokal yoki global tarmoqda ishlashga mo’ljallangan Foydalanuvchi interfeys tipi ishlanmaning murakkabligi va mehnat sarfini belgilaydi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning obyektli – yo’naltirilgan vizual muhitlari dasturlashga hodisaviy yondashuvdan foydalanadi va erkin novigasiyali interfeyslarni yaratishga mo’ljallangan bo’lib, bunday interfeyslarni ishlab chiqish mehnat sarfini jiddiy kamaytirdi va to’g’ridan-to’g’ri monipulyasiyalash interfeyslarni amalga oshirishni soddalashtirdi. Interfeys tipini tanlash hujjatlar bilan ishlash texnologiyalarini tanlashni o’z ichiga oladi. Ikkita texnologiya mavjud: − bir hujjatli, u bir hujjat interfeys (SDI – Single Document Interface) ni ko’zda tutadi; − ko’p hujjatli, u ko’p hujjat interfeys (MDI – Multiple Document Interface) ni ko’zda tutadi. Ko’p hujjatli texnologiya dasturiy ta’minot bir nechta hujjatlar bilan bir vaqtda ishlaganda, masalan, bir nechta matn yoki bir nechta tasvirlar bilan ishlaganda foydalaniladi. Bir hujjatli – agar bir nechta hujjatlar bilan bir vaqtda ishlash zarurati bo’lmasa, hozirgi kutubxonalardan foydalanib ko’p hujjatli interfeyslarni ishlatish mehnat sarfi birinchisiga qaraganda 3...5% yuqori.
|
| |