|
Laboratoriya ishi №6 Mavzu: Xaroratni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, hususiyatlarini o’rganish Ishdan maqsad
|
Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 88,42 Kb. | | #125628 |
Bog'liq 6-labaratoriya
Laboratoriya ishi №6
Mavzu: Xaroratni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, hususiyatlarini o’rganish
Ishdan maqsad: Xaroratni rostlash tizimining hususiyatlarini o’rganish
Uslubiy ko`rsatma
Ishlab chiqarishdagi namlik-issiqlik jarayonlarini nazorat qilishda ular temperaturasini o `lchash uchun turli xil termometrik uskunalar ishlatiladi.
Kontakt usuli bilan haroratni o`lchash uchun quyidagi termometrlar qo`llaniladi:
Suyuqlik va qattiq jimlar(dilatometrik, bimetallik)ning issiqlik kengayishi haroratini o`lchovchi termometrlar;
Gaz yoki to`yingan suv bug`ining harorati va bosimi, shuningdek yopiq termosistemadagi suyuqlik harorati va hajmi o`rtasidagi bog`liqlikda ishlatiluvchi manometrik termometrlar;
Termo elektr yurituvchi kuchga asoslangan termoelektrik termometrlar;
O`tkazgichning elektr qarshiligini haroratga bog`liqligini ifodalovchi qarshilik termometrlari.
Kontaksiz usulda haroratni o`lchash uchun quyidagi pirometrlar ishlatiladi:
To`lqin uzunligining berilgan tor diapazonida qizigan jism ravshanligiga qarab haroratini o`lchovchi yorqinlik pirometri;
Qizigan jismning umumiy nurlanishini issiqlik ta’siri bo`yicha haroratni o`lchovchi radiatsion pirometr;
Turli spektr diapazonlarda nurlanayotgan jismni energiyasini o’lchashga asoslangan yorug`lik pirometri.
Kengayuvchi shishali suyuqlik termometrlari. Shishsali suyuqlik termometrlari bilan haroratni o`lchash suyuqlik va termometr shisha qobig`ini hajmiy kengayishining koeffisiyentlar farqiga asoslangan. Shishali suyuqlik termometrlarining o`lchash chegaralari -120 С dan +650С gacha. Termometrlarni to`ldirish uchun turli termometrik suyuqliklar ishlatiladi: simob, etil spirt, kerosin, petroley efir, pentan.
Temperatura o`lchanganligi haqidagi ma’lumotni olish usuliga qarab termometrlar nazorat qilinadigan va kontaktlilarga bo`linadi.
Shishsali suyuqlik termometrlarining ba’zi tiplari 1-rasmda ko`rsatilgan.
Sanoatda namlik-issiqlik jarayonlarining haroratini nazorat qiluvchi mahsus termometrlardan tashqari sanoat, laboratoriya va meteorologik termometrlar ham qo`llaniladi.
1-rasm. Kengayuvchi shishali suyuqlik termometrlari
а, б – shkalasi ichiga joylashgan to`g`ri va burchakli termometrlar;
в – tayoqchali ikki kontaktli burchakli elektrotermoregulyator; д – kontakti magnitli boshqariluvchi elektrotermoregulyator;
Bu termometrlarning ayrimlari (ТС-11, ТМ-4, ТМ-6) havo namligini psixometrik usul bilan o`lchash uchun qo`llaniladi.
Barcha kontaktli termometrlar va termokontaktorlar simob bilan to`ldiriladi.
Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar. Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar binolarda havo haroratini rostlash va signalizatsiya uchun mo`ljallangan, shuningdek suyuq va gaz holatidagi muhitlarni nazorat qilish uchun ham mo`ljallangan.
Rele-datchiklar ko`rsatkichga ega bo`lmagan qurilmalar hisoblanib, undagi ko`rsatkichlarni kontaktlar ishlaganda ko`rish mumkin.
Dilotometrik termodatchiklarning sezuvchi elementi katta chiziqli kengayish koeffisiyentiga ega metalladan yasalgan 1 trubkalardan va trubkaning ichiga joylangan kengayish koeffisienti kichik bo`lgan sterjen 2 dan iborat (2-rasmga qarang). Qurilma trubkasi to`laligicha nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Muhitdagi harorat o`zgarganda trubkaning uzunligi ham o`zgaradi. Trubka bilan bog`langan sterjn harakatga keladi, buning natijasida kontaktlar tutashadi va uziladi yoki sezuvchi element harakat keladi.
Bimetalli o`zgartirgichlarda sezuvchi element sifatida butun uzunligi bo`ylab o`zaro payvantlangan ikkita metall plastinkalar 1,2 (3-rasmga qarang) dan tashkil topgan plastinka yoki spiral ishlatiladi. 1, 2 payvantlangan metall plastinkalar turli haroratli chiziqli kengayish koeffisientlariga ega. Muhitdagi harorat o`zgarganda bimetalli plastinka (spiral) egiladi, buning natijasida sezgir element 3 ni siljitadi yoki kontaktlarni qayta ulaydi.
Ishlab chiqarishqa ikki pozitsiyali DTKB (bimetalli) va ТUDE (dilatometrik) turlari, shuningdek uch pozitsiyali ТB-EZK (bimetalli) turi qo`llanadi.
Har xil turdagi dilatometrik va bimetalli datchiklar istalgan holatda o`rnatiladi (vertikal, qiya, gorizontal). DTKB turidagi kamerali bimetalli datchiklarni poldan 1,5...1,8 m balandlikda, ТB-EZK turi 1,8...2 м o`rnatiladi. Truba o`tkazgichdagi muhit harorati o`lchangandanda dilatometrik termometr sezgir elementining o`rtasi oqim o`qi bilan mos kelishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya ishi №6 Mavzu: Xaroratni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, hususiyatlarini o’rganish Ishdan maqsad
|