• Difmanometrli sarf o‘lchagich.
  • Laboratoriya ishi-6 Sarfni va satxni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, xususiyatlarini o’rganish. Ishdan maqsad




    Download 386.5 Kb.
    bet1/3
    Sana09.04.2024
    Hajmi386.5 Kb.
    #192165
      1   2   3
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi 6
    1700564882

    LABORATORIYA ISHI-6
    Sarfni va satxni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, xususiyatlarini o’rganish.
    Ishdan maqsad: Sarf o‘lchagichdagi tipik zvenolarda boradigan qonuniyatlarni tushunib olish, strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.
    Asosiy qism
    Modda sarfini o‘lchash va miqdorini hisoblash metodlari ko‘p va xilma-xildir. Ularni birinchi navbatda obyektning turlariga qarab xarakterlash mumkin: 1) truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash metodlari; 2) sochiluvchan moddalar sarfini o‘lchash metodlari; 3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni xisoblash metodlari.
    Truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalarni o‘lchash va hisoblash ikki xil texnik qurilma yordamida bajariladi: 1) sarf o‘lchagichlar —vaqt birligi ichida quvurdan o‘tadigan modda hajmini yoki massasini o‘lchaydi, o‘lchov birligi hajm bo‘yicha — м3 /с; massa bo‘yicha—кг/с; 2) schyotchiklar—vaqt (t1 – t2) oralig‘ida o‘tayotgan materiallarining uzunligini, moddaning hajmi yoki massasini o‘lchaydi.
    Ishlab chiqarishda sarf o‘lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
    1 . Bosim farqlari o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar;
    2. Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
    3. Satx o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar;
    4. Induksion sarf o‘lchagichlar.
    Modda sarfi q bilan bosimlar farqi Р1 = Р1' - Р2' orasidagi bog‘lanish juda murakkab bo‘lgani sababli, uning to‘liq matematik ifodasini topib bo‘lmaydi.
    Difmanometrli sarf o‘lchagich. Trubadagi suyuq modda oqimining sarfini bosim tushishi bo‘yicha o‘lchaydigan asboblar komplekti oqimni toraytiradigan qurilma (diafragma, soplo va Venturi soplosi) va sarfi bo‘yicha darajalangan differensial manometrdan iborat bo‘ladi.
    Sarfni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan difmanometrning prinsipial sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
    Sarfi o‘lchanadigan suyuqlik truba 1 dan o‘tganda diafragma 2 oqimni toraytiradi, natijada bosim Р2 bosim Р1 ga qaraganda kamayadi va bosimlar faqi Р = Р1 – Р2 hosil bo‘ladi.
    Bosimlar farqi Р ta’sirida prizma 4 da o‘rnatilgan simobli U cimon manometr 3 bir tomonga (chapga) og‘adi. Bu og‘ish burchagiga muvofiq induksion sezgich 5 dan chiquvchi kuchlanish o‘zgaradi. Kuchlanishni og‘ishi elektron kuchaytirgich 7 da kuchaytirilib ijro etuvchi element servomotorni boshqaruvchi o‘rami 8 ga ta’sir qiladi va motor kulachok 9 ni burib, richag 10 ni yuqoriga ko‘taradi. U bilan bog‘langan prujina 6 taranglanib U simon naychani tik holatga qaytaradi. Motor aylanishi bilan burilgan strelka bosimlar farqiga Р ga muvofiq vujudga kelgan sarfni ko‘rsatib turadi.

    Download 386.5 Kb.
      1   2   3




    Download 386.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi-6 Sarfni va satxni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, xususiyatlarini o’rganish. Ishdan maqsad

    Download 386.5 Kb.