gorizontal qirralarini davom ettiruvchi chiziqlar oralig‘i kublaming
perspektiv balandligini ko‘rsatadi va ular gorizontning m a’lum
bir nuqtasida birlashadi hamda javonning asosini belgilab beradi.
Gorizontal holatdagi asosning burchaklaridan vertikal chiziqlar
o‘tkaziladi va ular javon balandligini tashkil etadi. So‘ngra rassomga
yaqin bo‘lgan qirra uchi birlashish nuqtasi
bilan tutashtiriladi va
o‘tkazilgan chiziq ufq chizig‘i tomon pasayib boradi. Javonning
yuqori asosi ufq chizig‘idan yuqorida joylashgan shaklni tasvirlash
qonun-qoidalari bo‘yicha chiziladi. Natijada, to ‘rt tomonli prizma
hosil bo‘ladi. Eng yaqin vertikal qirrada javon qavatlarining nisbiy
joylashuvi belgilanadi va ular ham ufq chizig‘ini hisobga olgan
holda, perspektiva qoidalari asosida chiziladi.
Rasmni tugallash jarayonida
karkas m odel qirralarining
chiziqlariga to‘qroq tus beriladi va yordamchi chiziqlardan faqatgina
birlashish nuqtasi tomon yo‘nalganlari va ufq chizig‘i qoldiriladi.
0 ‘quv rasmidagi qoldirilgan chiziqlardan tasviriy san’at sirlarini
endigina egallayotgan yosh rassomlar ishlarini tekshirishda foyda-
laniladi. Chunki ushbu chiziqlar rasmni perspektiv qisqarish va
ufq chizig‘ining joylashgan o ‘rni nuqtayi nazaridan tekshirish
imkoniyatini beradi. Oxirgi bosqichda shaklning oldingi o‘rindagi
chiziqlari qalinlashtiriladi va ular olislashgani
sari mayinlashib
boradi.
Tekislikda vertikal holatda joylashgan silindrning chiziqli-
konstruktiv rasmi. Yuqorida bayon etib o‘tilganidek, sihndmi chizish
aylananing perspektiv holatini shakllantirishdan iborat.
Aylana va silindrning perspektiv ko‘rinishini tasvirlash muhim
ekanligi ko‘pincha o‘quv rasmlarida geometrik shakhami va maishiy
jihozlami chizish davomida seziladi hamda bu yerda markaziy
aylanish o‘qi vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari,
silindr
ko‘plab murakkab shakllar (jumladan, inson tanasijning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu topshiriqni tasviriy
mahorat shakllanishining ilk davrida bajarish zamriy va majburiy
bo‘hb hisoblanadi.
Silindming sinch modeli past taglik ustiga tik holatda joy-
lashtiriladi. Bunda silindr rassom nigohi bo‘yicha ufq chizig‘idan
pastda joylashishi kerak.
Silindr — uch yuzadan tashkil topgan geometrik shakl:
ikkita
yassi, bir xil aylana va ushbu aylanalami birlashtirib tumvchi bitta
63
silindrsimon yuzadan iborat. Silindr shakli qanday hosil qilinishi
jarayonini yosh rassomlarga ko‘rsatib berish uchun to‘rtburchakning
ipga bog‘langan karkas modelidan foydalaniladi. Bunda to‘rtburchak
aylantiriladi va silindr tasviri hosil bo‘ladi. Topshiriqni tushuntirish
jarayonida aylanish o‘qi (bu yerda, silindr o‘qi) doimo silindr
asosiga perpendikular bo‘ladi. Silindr balandligi va asosi dia-
metrining o‘zaro munosabatiga ko‘ra, silindrlar turli xil bo‘lishi
mumkin:
baland, past, cho ‘ziq
va
boshqa turdagi silindrlar.
Yuqorida
bayon etilgani-
dek, gorizontal tekislikda yotuv-
chi geometrik shakllarni chi-
zishni ularning asosidan bosh-
lash kerak. Silindrning har ikki
asosi ham aylanadan tashkil
topgan. Biz yuqorida aylananing
ufq chizig‘idagi
joylashuviga
ko‘ra, ellips holatiga o ‘tishi
xususida fikr yuritgan edik.
33—34-rasmlarda aylananing,
/