yordamida kub asosi bo‘lgan kvadratning ikki tomoni yo‘nalishi
aniqlanadi va chiziqlar gorizontda birlashish nuqtasiga yetgunicha
davom ettiriladi. Shundan so‘ng, ushbu tomonlarning to ‘g‘ri
o‘lchamlari kubning aniqlangan oldingi qirrasi balandligiga nisbatan
belgilanadi va kvadratning eng yaqin burchagidan chiziq tortiladi.
Chiziqlar birlashish nuqtasida kesishadi. Perspektiv chiziqlar qisqa-
rib kesishganda, kub asosi hosil bo‘ladi.
Kub chizish jarayonining ikkinchi
bosqichi quyidagi tartibda
bo‘ladi. Kub asosi bo‘lgan kvadrat burchaklarining cho‘qqilaridan
vertikal yo‘nalishda chiziqlar tortiladi va ushbu chiziqlar kubning
bizga yaqin, oldingi qirrasining yuqori uchlarining birlashish
nuqtalari bilan uchrashadi. Bunda boshqa qirralar ham kesishadi va
kub hosil bo‘ladi.
Ufq chizig‘idan pastda joylashgan kubni chizish usulini
o‘zlashtirgandan so‘ng, turli holatlardagi joylashtirilgan kublami,
gorizontdan pastda yoki yuqorida joylashgan kublarni chizish
maqsadga muvofiq. Rasm chizishni tugallash uchun kub qirralariga
qalinroq ton beriladi va yordamchi
chiziqlardan faqatgina ufq
chizig‘ida tutashganlari qoldiriladi. Qoldirilgan ushbu yordamchi
chiziqlar rasm qanchalik to ‘g‘ri chizilganligini tekshirish imkonini
beradi.
Chizilayotgan kub qirralari qalamni nihoyatda mayinlik bilan
yurgizish orqali hosh qilinadi. Chunki rassomdan uzoqroqda bo‘lgan
jism uning ko‘z o‘ngidagi jismga nisbatan yurnshoqroq, mayinroq
ko‘rinishda boMishi lozim. Ushbu usul rasmni yanada maftunkor va
ta’sirh qiladi.
Rasmni ish joyining o‘zida tekshirilishi maqsadlidir. Buning
uchun rasm chizilgan molbert asl jism yaqiniga joylashtiriladi.
Natijada, rasmni naturadagi jism bilan solishtirish imkoni tug‘iladi.
Tekshirish jarayonida jism va rasmga birin-ketin razm solinadi. Agar
tasvirda xato borligi aniqlansa, o‘sha zahotiyoq unga tuzatish kiri-
tilishi lozim. Har
qanday jismni tasvirlash uchun, awalambor,
uning kompozitsiyasi ustida ishlanadi. Oddiy geometrik shakllar
ham bundan mustasno emas.
0 ‘quv rasmlarida jismlar asl kattaligiga nisbatan kichikroq
o‘lchamda chiziladi. Qog‘ozda
bir jism rasmini chiza turib, uni
qog‘oz yuzasining geometrik markazidan, diagonahaming tutashish
joyidan balandroqqa joylashtirilishi kerak. Rasm tashqariga chiqib
ketmasligi uchun chap va o‘ng taraflardan kattaroq joy qoldiriladi.
61
Barcha murakkab va turli-tum an jism larning naturadagi
ko‘rinishini doimo oddiy geometrik
shakllar asosida tasvirlash
mumkin. Chiziqli-konstruktiv rasm chizish ketma-ketligi oddiy
ko‘cliirib olishdan farqli o‘laroq, ushbu qoidaga (geometrik shakllar
asosida tasvirlash tamoyiliga) asoslanadi. Naturadan geometrik
shakllami cliizishni kub, prizma va
piramidaning sinch holatini
chizishdan boshlash kerak.