• ALOHIDA GEOMETRIK SHAKLLAR VA
  • ‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/53
    Sana05.12.2023
    Hajmi3,5 Mb.
    #111496
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
    Bog'liq
    B.Bymetov Qalam tasvir

    Tasviriy sa n ’atda taqqoslash usuli. Tabiiy jism tasviri ish- 
    langanida, birinchi navbatda shakl nisbatlarini to ‘g‘ri belgilash 
    hamda ularning ton munosabatlarini tasvir masshtabida, ishla- 
    tilayotgan material (qalam, ko‘mir va h.k.) imkoniyatlaridan kelib 
    chiqqan holda, tasvirlash kerak. Shunda jism yoki obyektning 
    haqqoniy, tabiiy tasviri hosil bo‘ladi.
    Tasviriy san’at qoidalarga asoslanib, texnik uslublar va tasvir 
    vositalarini to ‘g‘ri qo‘llab rasm chizayotganida, rassom shaklni 
    tekis yuzada haqqoniy tasvirlash bo‘yicha bir qator qiyinchiliklarga 
    duch kelishi mumkin. Bunda jismni xarakterlovchi o ‘ziga xos
    52


    xususiyatlarini aniqlash va tasvirlash zarur. Bu jarayon jismning 
    tarkibiy qismlarini bir-biri bilan shakli, o‘lchami, nisbatlari, yuzaga 
    tushayotgan yorug‘lik miqdori va tusini solishtirish orqali amalga 
    oshiriladi.
    Dastlabki bosqichda rassomning ko‘zi jismga unchalik yaxshi 
    o‘rganmagan bo‘ladi va jism nisbatlarini aniqlashda qiyinchiliklar 
    tug‘iladi. Bunday hollarda solishtirib kuzatish uslubidan — rassom 
    biron-bir jismning o‘lchamidan boshqa jismlarning o‘lchamini 
    belgilashda o‘lchov vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Bunday 
    shartli o ‘lchov birligi bilan o ‘lchash, ko‘z yordamida amalga 
    oshiriladi.
    Rasm tayyor b o ‘lganidan so‘ng, uning qanchalik sifatli 
    chiqqanligini tekshirish uchun quyidagi uslublardan foydalanish 
    mumkin. Chiziqlarning og‘ish burchaklarini aniqlash uchun ish 
    joyidan uzoqlashmasdan, qalamni gorizontal yoki vertikal holatda 
    ushlab, qo‘lni oldinga uzatib tekshiriladi. Gorizontal yoki vertikal 
    holatdagi qalam orqali kuzatilganda, naturadagi qaysi bir nuqta 
    past yoki yuqorida, o ‘ng yoki chapda joylashganligini ko‘rish 
    mumkin.
    Solishtirma kuzatish uslubi rasm chizishni endi o‘rganayot- 
    ganlar uchun m o‘ljallangan. Keyinchalik naturadan rasm chizilib, 
    ko‘z bilan chamalash qobiliyati rivojlanganida, ushbu uslubdan 
    voz kechiladi. Ko‘z bilan o‘lchash yoki chamalash mahoratiga 
    jismlarning nisbatini muntazam ko‘z yordamida hech qanday 
    o‘lchov asboblarisiz aniqlash orqali erishiladi.
    Rasmdagi jism shakli, yorug‘lik va tus munosabatlari ustida 
    ishlanganida, ish so‘nggida asl jism va rasmni taqqoslash uchun 
    yorug‘lik va tus asosida ham solishtiruv o‘tkaziladi. Naturadagi jism 
    rasmini chizish vaqtida, uning tub mohiyatini, tuzilishini bilish
    jismning yoritilganlik darajasi va kenglikdagi joylashuvini uzluksiz 
    tahlil qilib borish muhim ahamiyatga ega.
    Naturadagi jismlami bir vaqtning o‘zida bir-biri bilan solish- 
    tirish uchun ulaming rassomga aniq ko‘rinib tumvchi o‘xshashlik 
    va farqli tomonlarini, yorug‘ligi va rangini chizgilarda belgilab ohsh 
    lozim. Shuningdek, jismlarga umumiy masshtabda qarash kerak. 
    Umumiy masshtabda qarash, bu — asosan, jismga qisqa umumiy 
    nigoh tashlash; bunday qaralganda ko‘rinayotgan naturaning
    53


    yorug‘lik nuri va rang munosabatlari rassomda taassurot qoldiradi 
    (perspektiv o‘zgarishlar asosida). Ushbu uslubning m a’nosi shuki, 
    qarash jarayonida ko‘zning aniq ko‘rish maydonida boshqa jismlarga 
    e’tibor qaratmay, naturani to ‘r pardaning periferiyasi yordamida 
    barcha jismlami bir vaqtning o‘zida bir xil ko‘rishdan iborat. Nigoh- 
    da barcha jismlar noaniq, xira ko‘rinishga ega bo‘ladi, ammo bun- 
    day umumiy qabul qilish jarayonida tus munosabatlarini to ‘g‘ri 
    aniqlash mumkin. Bunday qarash uslubidan, odatda, rassom tusli 
    rasm chizishni tugallash vaqtida ko‘p m arotaba va uzluksiz 
    foydalanadi.
    Natura bilan chizilayotgan rasmga qisqa vaqth va tez-tez qarash 
    uslubidan tashqari naturani hamda tasvimi qisiq ko‘zlar yordamida 
    ham kuzatish mumkin. Bu uslub ham, asosan, tasvirning tus 
    munosabatlarini aniqlashda qo‘l keladi.
    NAZORAT SAVOLLARI
    1. 0 ‘quv va ijodiy qalamtasvir ishlashning bir-biridan farqi nimada?
    2. «Shaklning konstmktiv asosi» deganda, nimani tushunasiz?
    3. Shaxsiy soya bilan tushuvchi soyaning farg‘i nimada?
    4. Yorug‘, soya, yarimsoya, yaltiroqlik, reflekslar va ulaming bir-
    biridan farqi nimada?
    5. «Oddiy va murakkab shakllar», deganda nimani tushunasiz?
    6. Shakl qurishda yordamchi chiziqlaming ahamiyati to‘g‘risida fikr 
    bildirib, misollar keltiring.
    7. Turli shakllaming perspektiv qisqarishiga misollar keltiring.
    8. «Buyum nisbatlari», deganda nimalarni tushunasiz?
    9. Ufq chizig‘i nima?
    10. Surat tekisligi nima?
    11. «Kartina tekisligi», deganda nimani tushunasiz?
    12. Tutash nuqtasiga misol keltiring.
    13. Buyum tekisligini tushuntirib bering.
    14. Chiziqli va havo perspektivasi qonuniyatlarini bayon eting.
    54


    3-bob. ALOHIDA GEOMETRIK SHAKLLAR VA 

    Download 3,5 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish