Barcha murakkab shakUar har xil nuqtada turlicha idrok etiladi.
Ammo bundan qat’iy nazar, har bir shakl idrok etilishi va tabiatda
ega bo‘lgan xarakteri va nisbatlarini o‘zida mujassamlashtirishi kerak.
Agar qismlarning o ‘zaro m unosabati m ashg‘ulot davomida
chizilgan rasmlarda noto‘g‘ri ifodalangan bo‘lsa, to ‘g‘ri perspektiv
tuzilish ham, ajoyib yorug‘lik foni va rang ham tasvimi tabiiy qila
olmaydi.
Rasmdagi jism nisbatini to ‘g‘ri aniqlash rassomning ko‘z bilan
cham alash m ahoratiga bog‘liq. Jism lar bir tizim va tarzda
chizilganda, chamalash qobiliyati muntazam rivojlanib boradi.
Shuning uchun o‘quvchi shakllar nisbatlarini aniqlashda ko‘proq
chamalash orqah buyurn va shakhami o‘zlashtirishi lozim. Bir gumh
jismlar chizilganda, yanada qiyinroq vazifa — bir gumh jismlar
nisbatlarini aniqlash vazifasi yuzaga keladi. Bunday hollarda ko‘z
bilan jismlar va ulaming qismlari kattaligini solishtirishning umumiy
usulidan foydalaniladi. Odatda, o‘lchov birligi sifatida ushbu
tasvirlanayotgan gumhlarga mansub bir jismning kattaligini olish
mumkin.