USULLARI 2.1. Rasmdagi shakl, hajm va tus




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

USULLARI
2.1. Rasmdagi shakl, hajm va tus 
munosabatlari
Qalamtasvir sirlarini egallash va uni sifatli amalga oshirish 
uchun tasviriy san’atdagi texnik bilim, malaka va tajribalami 
o ‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Rasm chizish texnikasi 
haqida gapirilganda, tasvir vositalari (chiziq, shtrix va h.k.), 
materiallar (qalam, ko‘mir, qog‘oz va h.k.), ish usullari va asar 
yaratish jarayonida ko‘maklashuvchi barcha asosiy narsalar 
tushuniladi.
Tasvir mukammalligi, oddiy vositalar yordamida yuqori tasvirga 
erishish va rassomchilik san’atining mohiyatini ochib bera oladigan 
asarlar yaratishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birgalikda tasvirda 
rassomning m a’lum bir jihatlari, uning xarakterli xususiyatlarining 
ba’zi qirrali aks etadi.
Rasm chizish texnikasining bilim va tajribasini o‘zlashtirish 
ko‘plab ishlami yengillashtiradi, o‘quvchining grafika tilini boyitadi 
va uni tasviriy mahoratni egallashga tayyorlaydi. Rasm chizish 
jarayonida uning texnik tomonlarini o‘zlashtirish jismlami realistik 
tasvirlash uslublarini bilish bilan bog‘liq.
Reahstik tasviming vazifasi jismlami perspektiv tasvirini ishlash, 
obyektlaming xarakterli xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Shakl 
deganda, barcha buyum va shakllarining geometrik asosini tashkil 
etuvchi, tashqi ko‘rinishi va xarakterlarini ochib bemvchi yuza 
qismi va konturi tushuniladi.
Har bir jism, qaysi nuqtadan qaralishiga ko‘ra, o ‘zgarib, 
ko‘rinishidan tashqari, doimiy o‘zgarmas shakliga ham ega. Inson 
doimiy ravishda ko‘plab jismlardan taassurot oladi. Natijada, ushbu 
jismlar va hodisalarning belgilari, nafaqat, insonda taassurot 
qoldiradi, balki o‘xshashligi yuzasidan bir-biri bilan taqqoslanadi: 
shakl shakl bilan, rang rang bilan va h.k. Bunda har bir jismning
39


doimiy, xarakterli va yorqin belgilari yaxshiroq yodda qoladi. Shu- 
ning uchun jismni tanish uchun uning har bir qismini idrok 
etish shart emas. Har bir jism o£ziga xos xususiyatlarga ega va ular 
orqali jismni osonlikcha taniymiz.
Jism haqida aniq va to£g£ri tasawurga ega bo£lish uchun, ushbu 
jismni boshqa jismlardan ajratib turuvchi ba’zi xarakterli belgilarni 
tasvirlash kifoya qiladi. Ushbu belgilarning rasmda mavjud 
bo£lmasligi, jismni tanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Aksincha
ikkinchi darajali belgilar mavjud bo£lmaganda, tasvir sifati deyarli 
o £zgarmaydi. Ikkilamchi b o £laklarning birlam chi bo £laklarga 
bo£ysunishi, xarakterli, tipik qismlarning ajratilishi tasvirni haqi- 
qatga yaqinlashtiradi, tomoshabinga jismni osonroq idrok etish 
imkonini beradi. Jism shaklidagi barcha zaruriy narsalarni rasmda 
iloji boricha to£liq tasvirlab, ikkilamchi qismlarni yengil chizgilarda 
ko£rsatish kerak. Jismning tabiiy ko£rinishini tasvirlash — uning 
fotosuratdagi ko£rinishini emas, balki o£sha jismning ko£rinib turgan 
qismining asosiy, xarakterli belgilarini ifodalashdan iborat.
Har qanday jism asosiy uch o£lchov asosida xarakterlanadi — 
kengligi, uzunligi, balandligi, boshqacha aytganda hajmiga ko£ra. 
Hajm deganda, jismning uch tomoni o£lchamlari tushuniladi. Eng 
oddiyjismlami chizganda ham, ularning shaklidagi asosiy belgilarga 
e’tibor berish lozim.
Shakl ko£rinishi faqatgina unga qaysi nuqtadan qaralganida 
o£zgaribgina qolmay, balki jism haqidagi tasawurni o£zgartirib 
yubora oluvchi yorug£lik va jism toni holatiga ham bog£liq. Lekin 
tasviriy san’atning haykaltaroshlik turida haykaltarosh-rassom hech 
qachon ushbu holatlarga e’tibor qaratmaydi, chunki u o£z ijodida 
shakl bilan ishlaydi: ba’zi paytlarda u modelning mayda, ko£zga 
unchalik tashlanmaydigan qismlariga e’tibor bermasligi yoki 
ko£rmashgi mumkin. Bu borada rassom haykaltaroshdan o£rnak olishi 
kerak. Rassom uchun jismni ko£rishi kifoya qilmaydi, u o£sha jismni 
bilishi va his qilishi ham lozim. Rasm ustida ishlay turib, rassom 
xayolan go£yoki, haykal yasagandek harakat qilishi kerak.
Rasmga hajmli ko£rinish berish uchun, jismlarni konstruktiv 
tuzilishini ko£ra olish darkor. Misol uchun, kub chizish jarayonida 
faqat ko£rinib turgan qism bilan chegaralanish kerak emas (11-rasm, 
d ga qarang). Uni mantiqan butun tasawur etib, rasmda ko£rin-
40


maydigan qismini ham tasvirlash lozim. Yosh rassom qog‘ozga hajmh 
jism tasvirini tushira turib, uning ichki proyeksiyasini ham chizishi 
shart. Bunda jism xuddi oynadan yasalgandek kohinadi. Bu mash- 
g‘ulot jismning tub mohiyati va uning tuzilishini ohganishga yor- 
dam beradi.
Konstruksiya har qanday jismning asosini tashkil etadi. Kons- 
truksiya yoki jismning tuzilishi asosida uning elementlari va qismlari 
o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Ushbu tushuncha barcha 
jismlarga — tabiat va inson qo‘li bilan yaratilgan jismlarga taalluqli. 
Jism konstruksiyasini tushunish ijodkorga asarni ongli ravishda va 
hajmdor tarzda ishlash imkonini beradi. Bunday usulda izlanish 
borasida qadimgi rassomlar ko‘plab nazariy va amaliy maslahatlar 
qoldirishgan. Jumladan, 21, 22, 23, 24 va 25-rasmlarda rus rassomi 
A.P. Sapojnikov hamda buyuk nemis rassomi Albrext Dyurerlarning 
inson tasvirini chizishda chiziqli konstruksiyadan qay darajada
21-rasm.
foydalanganlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu usulda ishlash shakl- 
ning qanday murakkab bo‘lishidan qat’iy nazar, uni uch o‘l- 
chamli qilib realistik tarzda tasvirlash imkonini beradi.
Ko‘zga ko‘ringan barcha narsalarni (kontur, chiziqlar, bo‘laklar, 
och va to‘q rangli dog‘lar va h.k.ni) mexanik tarzda ko‘chirib chizish
41


22-rasm.
d
23-rasm.
42


\ \
•v
asl tasvirni hosil qil- 
maydi. Shaklni tasvir- 
lay turib, uning kons- 
truksiyasini his etish 
kerak. Jism konstruk- 
siyasiga asoslangan asl 
shaklni izlash, natura- 
dan rasm chizishning 
tahliliy uslubini egal- 
lash uchun poydevor 
b o ‘lib xizmat qiladi.
Rasmdagi ushbu kons- 
tmksiya oddiy tarx ko‘- 
rinishidan murakkab 
ko‘rinishga o‘tib boradi.
Ish awalida chizilayotgan rasmning shaklini to ‘liq tushunish 
uchun, o‘sha jismning turli tomonlarini yaxshilab o‘rganib chiqish 
tavsiya etiladi. Masalan, insonni old tarafidan chizilganda, uni 
yon va orqa tarafidan ham kuzatish kerak. Shaklni turli tarafdan 
ko‘rib chiqilganidan so‘ng, uni madum nuqtadagi ko‘rinishini 
chizish lozim. Har qanday jism, u qanchalik murakkab bo‘lmasin, 
qog‘oz yuzasiga joylashtiriladi. So‘ngra, belgilangan shakl to‘g‘riligiga 
ishonch hosil qilingach, jism nisbatlarini oydinlashtirish uchun 
dastlabki chizgilar chiziladi.
Shakl va konstmksiyani yuzaga chiqarishda rasm cliizish texnik 
malakalarni to ‘g‘ri egallaganlik, shtrix xarakteri va yo‘nalishi, 
yomg‘-soya tuslari haqqoniy bajarganlik katta o‘rin tutadi.

Download 3,5 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish