o‘rtasidagi oraliq masofa taxminan cho‘zilgan qo‘l uzunligida bo‘lishi
kerak. Bu rasmni to ‘laligicha ko‘rish, uni tekshirish va asl jism
bilan sohshtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, rasmni doimiy
ravishda 2—3 metr uzoqlikdan tekshirib turish tavsiya etiladi. Agar
rasm kattabo‘lsa, masofani kattalashtirish kerak. Odatda, molbertda
rasm chizilganda, o‘tirib
ishlanadi; uning oyoqlarini surib, har
xil burchakda joylashtirish mumkin. Katta rasmlar ustida turib
ishlanadi.
Rasm chizish vaqtida, model to ‘liq ko‘rinib turishi zarur.
Rassom va chizilayotgan jism orasidagi masofa, jismning katta
o‘lchamiga nisbatan 2,5—3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Ish
davomida chalg‘imaslik uchun barcha zaruriy asbob va uskunalar
ish joyi yaqinida bo‘lishi lozim.
Rasm chizishni o‘rganish uchun, awalo, qalam bilan ishlash-
ning texnik asoslarini mukammal egallashm talab etadi. Bu o‘z
navbatida tasvirlash mahoratini shakllantirish, amaliy vazifalami
muvaffaqiyatli o ‘zlashtirishga ham xizmat qiladi.
Dastlabki
mashg‘ulotlar jismoniy mashqlami eslatadi. Ular aniq harakatlami
amalga oshiradigan, rasm chizish jarayonida uzoq vaqt ishlaydigan
kaftning mayda mushaklarini mustahkamlaydi va dinamikani
rivojlantiradi. Rasm chizish turli chiziqlar chizish mahoratini
shakllantiruvchi va rasm chizish texnikasini egallashda qo‘l keluvchi
eng oddiy mashqlar bajarishdan boshlanadi. Mashqlarning maq-
sadi — ko‘z bilan chamalash (o‘lchash)ni, qog‘ozga har qanday
yo‘nalishda chiziq chizilayotganda, qo‘lning erkin va yengil
harakatlanishni ta ’minlashdan iborat.
Chiziqlar jisrnni tasvirlashda eng asosiy vositabo‘lib hisoblanib,
ular ratsional, qalinligi va egrilik darajasi bo‘yicha turli xil bo‘lishi
kerak. Chiziqni bitta umumiy harakat bilan chizish, qisqa muddat
ichida aniq va ma’noli rasm chizish imkonini beradi.
Shu maqsadda,
tayyorlov xarakteridagi dastlabki rasmlarni chizishda ko‘zda
chamalab chizishni o‘rganish lozim.
Yosh rassom faoliyatidagi asosiy kamchiliklardan biri, bu —
qalamni noto‘g‘ri ushlash. Rassom oddiy daftar o‘lchamidan katta
bo‘lmagan yuzaga rasm chizayotgan vaqtidagina, qog‘ozni gorizon-
tal holda joylashtirishi va o‘tirib ishlashi mumkin. Faqat ushbu
holatdagina, qalamni yozish vaqtida ushlagandek qo‘lda tutish
mumkin.
35
Qiya o‘matilgan taglikda rasm chizilganida, qalamni shunday
ushlash kerakki, bosh barmoq uning tepa qismidan bosib tursin,
pastki qismini esa, qolgan to ‘rt barmoq yoki ko‘rsatkich va o‘rta
barmoq bilan ushlanadi. Ushbu holat juda qulay, chunki u rassomga
qo‘lini hech qanday qiyinchiliklarsiz uzatib ishlash imkonini beradi.
Rasm chizish chog‘ida, qalam yuzaga nisbatan o‘tkir burchakda
joylashishi kerak, shunda u qog‘oz bo‘ylab yengil harakatlanadi va
mayin iz qoldiradi. Qalamni to ‘g‘ri ushlash yana shunisi bilan
qulayki, ish davomida qalam muntazam charxlanib boradi va
o‘tkirligini yo‘qotmaydi.
Qalam noto‘g‘ri ushlanganda, qalam va rasm yuzasi oralig‘ida
deyarli to ‘g‘ri burchak hosil bo‘ladi,
bu yerda chizilgan chiziq
qo‘pol bo‘ladi, qalam uchi tez ishdan chiqadi va qog‘oz yuzasi
qiriladi. Qalam noto‘g‘ri ushlanganda,
shuningdek, barcha chiziqlar
qora, juda qalin bo‘ladi va bu tasvir saviyasini tushirib yuboradi.
Ish jarayonida rassom chizilayotgan jismni yaxlitligicha ko‘rib
turishi kerak. Bu o‘z vaqtida xatolarni anglab yetish va tuzatish
imkonini beradi. Natijada, vazifa to ‘g‘ri bajariladi. Rassom va
chizilayotgan rasm o‘rtasidagi masofa belgilangan tartibda bo‘lishi
lozim; rasm chizuvchining qo‘li esa, cho‘zilgan holatda bo‘lishi
kerak, chunki bukilgan qo‘ldan ko‘ra, cho‘zilgan qo‘l bilan rasm
chizish qulayroq. Ammo, qo‘l cho‘zilganda uni erkin tuta bilish va
yuza bo‘ylab yengil harakatlantira olish muhim hisoblanadi. Agar
ehtiyoj sezilsa, so‘nggi ikki barmoqni rasm yuzasiga tirab ishlash
mumkin. Bunda qo‘l tagidagi chizilgan rasm surkalib ketmaydi.
Qalam ushlanganida, qo‘l erkin harakatlanishi kerak. Ish bo-
shida, uning orqa qismidan ushlanadi. Bu tezkorlik bilan uzun
shtrix chiziqlar chizish imkonini beradi, shuningdek, doimiy
ravishda rasm yuzasini ko‘rib turishga sharoit yaratadi. Rasm chizish
jarayoni davom etishi bilan, qalam ushlash uslubi ham o‘zgarib
boradi. Rasm tugallanayotganida, qalamning ochilgan tarafi bar-
moqlarga yaqin bo‘ladi va ushbu holatda shaklning mayda bo‘laklari
va aniq shtrixlar bilan bajariladi.
Rasm chizish sirlarini egallash uchun m a’lum tizimdagi mash-
g‘ulotlar talab qilinganligi tufayli, auditoriya sharoitidagi dars-
lardan so‘ng, uy vazifasi doimiy tarzda bajarilib borilishi shart.
Shu sababli, uy sharoitida ish joyini tayyorlash muhim hisoblanadi.
36
Qog‘ozni mahkamlash uchun 50x70 sm o‘lchamga ega b o ‘lgan
to ‘g‘ri burchakli taxta (planshet) kerak. Planshetni mustahkamlash
uchun fanerga 2x3 sm o‘lchamli yog‘och qoqiladi. Planshetga oyoq-
chalarning o ‘rnatilishi, planshet yuzasini ish jarayoni uchun za-
ruriy va qulay bo‘lgan burchakda joylashtirish imkonini beradi.
Planshet-taglikka qog‘oz tortish usullari 20-rasmda ko‘rsatilgan
( a - j) .
NAZORAT
SAVOLLARI
1. Qalamtasvir — tasviriy san’atning asosi deganda, nimalarni
tushunasiz?
2. Qalamtasvir asoslari va uning maqsad-vazifalarini bayon eting.
3. Qalamtasvirning asosiy qonun-qoidalarini izohlab, misollar
keltiring.
4. Qalamtasvirning metodik bosqichlari qanday? Uning amaliy
mashg‘ulotda qoMlanishini so‘zlab bering.
5. Uzoq muddatli qalamtasvir ishlash bilan qalamchizgining farqi
nimada?
6. 0 ‘quv-akademik qalamtasvir ishlashning maqsad va vazifalarini
bayon eting.
7. Qalam, ko‘mir, sangina bilan ishlash texnikasini izohlang.
38