10-rasm.
harakatlanadi: ko£zdan balandda bo£lgan jismlar balanddan pastga
tomon, ko£zdan pastda bo£lganlari esa, pastdan yuqoriga tomon
kichrayadi. Parallel gorizontal chiziqlar olislashganida nafaqat bir-
birlariga yaqinlashadilar, balki bir nuqtada birlashadilar. 10-rasmda
xona ichining perspektiv ko£rinishi tasvirlangan. Bunda xona ichidagi
jihozlar, xona devorlari va boshqalarning perspektiva qonuniga
asosan, qisqarib ko£rinish chizmasi berilgan.
Ufq chizig‘i deb, ko£zimiz balandligida o £tadigan nurga aytiladi.
Buni aniqlash uchun qog£ozni olib, uni gorizontal holatda ko£zimiz
darajasigacha ko£tarib ufq chizig£ini aniqlashimiz mumkin. Buyum
chizuvchiga uch holatda ko£rinishi mumkin:
• ufq chizig£idan yuqorida;
• ufq chizig£idan pastda;
• ko£zimiz nuri balandligida (ufq chizig£i balandligi darajasida).
Tabiatdagi barcha shakllarning rasmini chizishda, ularni ufq
chizig£iga nisbatan joylashuvini aniqlash muhimdir. Ufq chizig£i
kuzatuvchi ko£zi darajasida joylashadi, shuning uchun rassomning
holati o £zgargach, ufq chizig£ining joylashuvi ham o £zgaradi (tik
turib, o £tirib va h.k.). Jism ufq chizig£i hisobga olingan holda
tasvirlanganda, jismning ko£rinadigan qismi o £zgarib turadi: ufq
21
chizig‘idan yuqorida joylashgan jismlar kuzatilganda, ularning
pastki qismi, gorizontdan pastda joylashganlarining esa, yuqori
qismi ko‘rinadi. 11-rasm, a, b, r/larda uyning ufq chizig‘iga nisbatan
turli holatlariga asosan ko‘rinishi ko‘rsatilgan: a—ufq chizig‘i
balandligida; b—ufq chizig‘idan yuqorida; d— ufq chizig‘idan
pastdagi ko‘rinislilar.
e
11-rasm.
22
Hajmdor jismlami qog‘ozda to ‘g‘ri tasvirlash uchun, awalam-
bor, geometrik shakllarning perspektiv tuzilishini o‘rganib chiqish
lozim. Bunda asosiy geometrik shakllar — kub, sihndr, shar, prizma
va boshqa shakllar asos bo‘lib xizmat qilgan holda eng oddiy shakllar
hisoblanadi. Eng murakkab jismlaming konstmksiyasi ham oddiy
jismlaming tuzilishidan vujudga keladi. Sodda shakllar misolida
jismlaming perspetkiv tuzilishi qonunini osonlikcha o‘zlashtirish
mumkin. Oddiy geometrik shakllarni perspektiv qoida asosida
chizishni to ‘liq o‘zlashtirish, tabiatdagi har qanday jismni hech
qanday qiyinchiliklarsiz chizish imkonini beradi. Ufq chizig‘i har
doim ko‘zimiz nuri balandligidan o‘tadi. Agar biz yuqoriga chiqsak,
u biz bilan ko‘tariladi, pastga tushsak, ufq chizig‘i ham pastda
kuzatiladi. 11-rasm, e da oddiy geometrik shakllardan biri bo‘lgan
kvadrat va kubning ufq chizig‘idan pastda joylashgan holati va undagi
perspektiv o‘zgarishlarini ko‘rishimiz mumkin.
Uch o‘lchamli jismni qog‘ozda tasvirlash tamoyillarini egallash
uchun, turli jismlami bir necha bor ufq chizig‘iga nisbatan turli
joylashtirib, shuningdek, rassomga nisbatan rasm larni turli
burchaklarda burib chizish muhim .
Aylananingperspektiv ko ‘rinishi. Silindmi turli holatlarda to ‘g‘ri
ifodalash uchun, awalambor, aylanani perspektiva qoidalari asosida
tasvirlashni o‘rganish kerak. Modelning old qismi holatini saqlagan
holda, doirani gorizontal diametri bo‘ylab aylantiramiz. Ushbu
holatda doiraning ko‘rinib tumvchi qismlari ketma-ket o‘zgaradi:
asl holati, o ‘rta ellips va to ‘g ‘ri chizjq ko‘rinishida bo‘ladi.
Gorizontal holatlardagi aylanalar tasvirlovchining ufq tekis-
ligining holatiga qarab ellips shaklida ko‘rinadi. Ufq chizig‘iga
yaqinlashgani sari, ellipsning kichik o‘qi qisqaradi (shakl bir yuza
bo‘lib ko‘rinadi) va ufq chizig‘i bilan mos keluvchi doira yuzi
(kvadrat kabi) to ‘g‘ri gorizontal chiziq ko‘rinishida tasvirlanadi.
Aylana ufq chizig‘idan yuqorida yoki pastda joylashishiga qarab,
ellips aylana shakliga o‘tib boradi. Agar biron-bir aylana ufq
chizig‘idan yuqorida joylashsa, u holda uning pastki qismi, gori-
zontdan pastda joylashganida esa, uning yuqori qismi ko‘rinadi.
Bunda doimo shuni yodda tutish kerakki, ellips qanchalik ingichka
bo‘lmasin, u katta o‘qning ikki uchida sinmaydi, shuning uchun
aylananing perspektiv tasvirini yaratish jarayonida turli radiusli
yoylardan foydalanish yaxshi natija bermaydi. Bu amaliyotda
23
|