Tabiatdagi barcha shakllar va hattoki, inson tanasi ham o‘zida
turli geometrik shakllarga o‘xshash birikmalaridan tarkib topgan
murakkab plastik shakldir (kub, shar, silindr, prizma va boshq.).
Shuning uchun qalamtasvir bo‘yicha dastlabki mashg‘ulotlar tas-
viriy san’atning asosiy qonun va qoidalarini o‘zlashtirish hamda
ushbu qonunlar asosida oddiy geometrik
shakllami turli holat va
rakursda chizishga qaratiladi.
0 ‘quvchilaming tasviriy san’at sohasida mahoratlarini oshirishga
alohida urg‘u bergan holda ushbu sohaning mashhur namoyandalari
bildirgan fikrlarni har bir yosh mutaxassis yodda tutishi va ish
jarayonida ulami o‘ziga shior qilib olishi maqsadga muvofiqdir.
Tasviriy san’atning asosiy vazifasi — bo‘lajak pedagogda borliqni
his etish va uni o‘z ish jarayonida jonli tasvirlay olish qobiliyatini
rivojlantirish hamda yosh avlodga o‘zbek va jahon san’ati to‘g‘risidagi
m a’lumotlami to ‘laqonli yetkazishdan iborat.
Tasviriy san’at sohasida amahy jihatdan mahoratni shakllantirish
jarayoni naturani hayotiy tasvirlash mashqlari orqali amalga
oshiriladi. Bu haqda ko‘plab ilmiy maqolalar, o‘quv
adabiyotlari
va risolalar yozilgan bo‘lib, qadimgi Uyg‘onish davridayoq rassom-
ijodkorlar o‘zlarining dunyoga mashhur san’at asarlari va metodik
izlanishlari orqali o‘z fikrlarini bayon etishgan.
Shaklni to ‘g‘ri tasvirlash uchun o‘quvchi, avvalambor, uning
o‘ziga xos tomonlarini aniq tasawur etish va ko‘rishni o‘rganishi
kerak. Yosh va boshlovchi rassom uchun bu oson ish emas va
doimiy ravishda nazariy hamda amahy mashg‘ulotlami talab qiladi.
Mashhur ijodkorlarning fikriga ko‘ra, agarda,
rassom bir kun
rasm chizishdan to ‘xtasa, u ikki kun orqaga ketadi. Shuning uchun
yosh rassom naturaga qarab, jismlaming haqqoniy rasmini chizishni
bir kun ham to ‘xtatmasligi kerak. Bu esa, uning shakl va hajmni
qanday qabul qilishiga, anglab yetishiga bog‘liq.
Tabiatan barcha
narsalar, buyumlar va ularning shaklini insonlar turlicha tasawur
etishadi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir insonning tasaw uri,
xarakteri va ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq.