Yuqori sifatli grafit qalam qog‘oz ustida yengil harakatlanadi va
o‘rta bosimda sinmaydi. Odatda, uning ustida prizma (qirrali) yoki
silindr shaklidagi yog‘och qoplam bo‘ladi. Yosh rassom uchun
prizmasimon qalamlar mos keladi.
Grafitli qalamlar qattiqligiga ko‘ra, yurnshoq (M), o‘rta (TM)
va qattiq (T) turlariga bo‘linadi. Yanada yurnshoqroq yoki yanada
qattiqroq qalamlar o‘sib boruvchi raqamlar bilan belgilanadi:
M, 2M, 3M, 4M va hokazolarga yoki T, 2T, 3T «qattiq»larga
ajratiladi. Shuningdek, qalamlaming quyidagi xalqaro belgilari ham
mavjud: yurnshoq — B, HB — o‘rta, H — qattiq.
Rassomlar, odatda, yurnshoq qalamdan foydalanadilar: qalam
qog‘oz yuzasida yengil harakatlantirilganida yaxshi chizadi.
Shuningdek, yurnshoq qalam yosh rassomlarga ko‘plab qiyin-
chiliklar tug‘dirishi mumkin. Yumshoq qalamlar osonlikcha sinadi
va qisqa vaqtda grifeli o‘tmaslashadi, yosh rassom uchun uni
o‘tkirlash, ko‘nikma hosil bo‘lgunicha, biroz qiyin kechadi. Amaliy
ish tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlar
ushbu qalamlarda shtrix
chizganlarida, u juda qalinlashib, qorayib ketadi va u har yerga
surkalib qog‘ozni xunuklashtirib yuboradi. Bunday hollarda eng
yaxshisi TM, M va 2 M qalamlaridan foydalanish kerak.
Grafitli qalamning kamchiliklaridan biri, bu — uning yaltirashi.
U butun ish jarayonida bihnib turadi va grafit qattiqroq botirilganda,
qog‘ozga o‘chirg‘ichda ketmaydigan iz tushadi. Bundan tashqari,
eng yurnshoq grafitda ham ton berish xususiyati bo‘ladi.
Oddiy grafitli qalamlardan tashqari rassomlar maxsus qalam-
lardan — «Herpo», «PeTyniL», zichlangan va zichlanmagan
ko‘mir, sangina va sousdan ham foydalanadilar. «Herpo» qalami
qog‘ozda to ‘q qora iz qoldiradi, u yurnshoq va nisbatan chidamli;
ushbu qalam yordamida chizilgan suratlar o‘z ta ’sir kuchiga ega,
ammo «Herpo» qalam ining ham kam chiliklari mavjud: u
o‘chirg‘ichda juda yomon o‘chiriladi, shuning uchun ham bu qalam
turi yosh rassomlarga mos kelmaydi. Rassomlar «PcTyrub» yoki
«Italyan» qalami bilan ishlashni m a’qul ko‘rishadi.
Ushbu qalam
yordamida ko‘plab mashhur rassomlar ajoyib san’at asarlarini
yaratishgan. U qog‘ozga baxmalsimon tus beradi, o‘chirg‘ich va
mato yordamida yaxshi o‘chiriladi; uning yordamida bir tusdan
ikkinchi tusga juda nozikhk va ohistalik bilan o‘tish mumkin. Ammo
bunday qalamlar bilan ishlash uchun rassomda yuqori bilim va
32
malaka bo‘lishi kerak. Qalam juda m o‘rt, shuning uchun undan
tajribasiz qo‘llar foydalansa, tezda yoyilib, sinib ketadi.
Shuningdek, uzunligi taxminan 10 santimetr bo‘lgan, uzun
cho‘p holatiga keltirilgan ko‘mir ham
samarali ish quroli hisob-
lanadi. Ko‘mir — ishlash uchun juda qulay material, shuning uchun
rassomlar ba’zan uni eng sifatli qalamdan ham afzal ko‘rishadi. U
bilan juda sifatsiz muqova qog‘oziga ham chizish mumkin. Chunki
noto‘g‘ri chizilgan chiziqlami o‘chirish uchun qog‘ozni toza va
qum q mato bilan qoqib yuborish kifoya. K o‘mir tayoqchasini
qo‘lda yengil ushlab, bosmasdan qog‘oz bo‘ylab yurgizilganida u
mayin, bilinar-bilinmas iz qoldiradi; to ‘q tusni hosil qilish uchun
ko‘mimi (qattiq bosmasdan) ko‘p marta ustma-ust yurgizish tavsiya
etiladi. Ingichka chiziqlami chizish uchun ko‘mimi dag‘alroq yuzaga
yonboshlatib, ishqalash orqali uchli qilish mumkin. K o‘mir,
odatda, katta rasmlar ishlanganida, karton yoki matoda yara-
tiladigan asarlaming dastlabki qoralama va chizgilarini (odatda,
rassomlar uni kartina
uchun bajarilgan karton, deb ataydilar)
chizishda hamda rangtasvir asarlami boshlang‘ich kompozitsiyasini
yaratish jarayonida va boshqa hollarda qo‘llanadi.
Ko ‘mir yoki
«Italyan» qalami yordamida chizilgan tasvirlami
uzoq saqlash uchun rasm tayyor bo‘lganidan so‘ng, uni maxsus
qorishma — fiksativ yordamida mustahkamlash kerak. Buning
uchun, rasm ustiga oddiy shirin suv purkaladi. Sangina zichlangan
ko‘mir qalamchasiga o‘xshab ketadi, ammo rangi qizg‘ish-jigarrang
bo‘ladi. Ushbu ajoyib ish quroli rasmga baxmalga o‘xshash chiroyli,
qizg‘ish-jigarrang tus beradi, o‘chirg‘ichda nisbatan oson o‘chiriladi.
Sagina bilan ishlash uchun «Italyan» qalami kabi, m a’lum bilim
va mahorat talab etiladi.
Sous — zichlangan qorakuyadan tayyorlangan va maxsus
qog‘ozga o‘ralgan qalin, qisqa qalamchalar. Sous bilan ishlash juda
mushkul va faqat mahoratli rassomlargina buning uddasidan chiqa
olishadi.
Sous bilan ishlash uchun chidamli va biroz dag‘al yuzali qog‘oz
kerak. Qog‘oz qalamning raqami va turiga ko‘ra tanlanadi. Grifel
qanchalik yurnshoq bo‘lsa, qog‘oz yuzasining fakturasi shunchalik
notekis, bo‘rtmali bo‘lishi kerak. «PcTymb» va «Herpo» qalamlari
bilan
yarim vatmanda, grafitli qalamlar bilan esa, yarim vatman
va qalam chilik qog‘ozlarida ishlash qulay. M ashg‘ulotlarda
33