Qalamtasvir asoslari va uning maqsad-vazifalari




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

1.2. Qalamtasvir asoslari va uning maqsad-vazifalari
Qalamtasvir — barcha tasviriy san’at turlarining asosi hi- 
soblanadi. Rassom tasviriy san’at turining qaysi birida ijod qilishidan 
qat’iy nazar, qalamtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta
9


asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini awal qalamda dastlabki 
chizgilar bilan ifodalaydi. San’at asarlarini yaratishda esa, ushbu 
bajarilgan chizgilar rassomga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom u yoki bu kartina yaratishni qalamdan boshlaydi. Shun- 
dan keyingina, ushbu san’at asari ranglar jilosi orqali tomoshabinga 
estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, qalamtasvirsiz 
hech bir rassom o‘z asarini yetuk holga keltira olmaydi.
Qalamtasvir boshqa san’at turlari orasida mustaqil ravishda 
tugallangan dastgohli san’at asari ham bo‘lishi mumkin. Tush, 
sangina, pastel, sous, qalam bilan bajarilgan ko‘plab kartinalar 
jahonning turli san’at muzeyi va ko‘rgazmalaridan joy olgan. 
Qalamtasvir mashg‘ulotlari ko‘rib-kuzatib to ‘g‘ri tasvirlash, bor- 
liqni idrok etish, qo‘l, ong va sezgi organlarini shakllantirishda, 
nafaqat, bo‘lajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga 
zarurdir.
Uyg‘onish davrining buyuk rassomi va olimi Leonardo da 
Vinchining «Rangtasvir qonunlari» nomli asarida shunday degan 
edi: «Yoshlar o ‘zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi 
bo‘lsalar, awalo, rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozimdir».
Qalamtasvir mashg‘ulotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida 
bo‘lajak o‘qituvchi-rassomlami tayyorlashda asosiy fan hisoblanadi. 
Qalamtasvir darslari talabalarga bosqichlarda nazariy va amaliy 
mashg‘ulotlar orqali olib boriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, amaliy 
mashg‘ulotlar qatorida nazariy bilimlar bo‘lajak pedagoglarga ular- 
ning bilim olishni tugatgandan so‘nggi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Borliqdagi narsa va shakllarni realistik tasvirlash o‘quvchilarga, 
nafaqat, amaliy bilim va ko‘nikmalami beribgina qolmay, balki 
ulaming umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda katta ahamiyatga 
ega. Realistik tasvirlash san’ati, boTajak pedagoglarga yosh 
rassomlami borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratlarini 
rivojlantirishda ham beqiyosdir.
Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, rasm chizishni o‘rganish 
o‘quvchilarga atrofdagi jismlarni realistik tasvirlash bilan birga, 
ulaming estetik didlarini ham o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Rasm 
chizish asoslarini o‘rganish, narsaning o ‘ziga qarab, metodik 
izchillikda tasvirlash prinsipiga asoslanadi. BoTajaktasviriy san’at 
o‘qituvchisining yetuk malakaga ega boTishda, nafaqat, amaliy
10


A. Tasviriy san’- 
atda kompozitsiya 
asoslari.
B. Shakllaming 
chiziqli konstruk- 
tiv tuzilishi.
D. Buyum lar- 
ning o‘zaro nisbat- 
lari.
E. Tasviriy san’- 
atda perspektiva qo- 
nunlari. 
l-rasm.
F. Shakllarda yorug‘ va soya qonuniyatlari.
G. Tasvirni metodik ketma-ketlikda «analiz» va «sintez» qilib 
to ‘g‘ri bajarish.
Bunga misol tariqasida oddiy geometrik shakllardan taslikil 
etilgan kub va shammg tasvirini keltirish mumkin (1-rasm).
Bu ko‘nikma va malakalar o‘quvchining bilim olish vaqtida 
o‘quv-amaliy va nazariy mashqlarini bajarish orqali rivojlanib
takomillasliib boradi. Shuningdek, ushbu bilimlar bo‘lajak o‘qi- 
tuvchi-rassomning o‘quv dargohni tugatgandan so‘ng, pedagogik 
va ijodiy ish jarayonida ham muhimdir.
bilimlami chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi, balki tasvirlash san’ati 
sohasida nazariy tayyorgarligining puxtaligiga ham bog‘liq.
Bo‘lajak pedagog-rassomlami buyuk rassom va tasviriy san’at 
sohasida ko‘plab nazariy, amaliy bilimlami meros qilib qoldirgan 
shaxslar hayoti va ijodiy faoliyatlari bilan tanishtirish, ulaming 
asarlarini chuqur o‘rgatish hamda ulardan nusxalar olishga jalb 
etish katta ahamiyatga ega.
Qalamtasvir mashg‘ulotlari mutaxassislik o‘quv fanlarining 
asosi sifatida bo‘la- 
jak tasviriy san’at 
o‘qituvcliilariga qu- 
yidagi eng asosiy 
qonunlarni o ‘rga- 
tishni maqsad qilib 
qo‘yadi:
11



Download 3,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qalamtasvir asoslari va uning maqsad-vazifalari

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish