|
Muayyan sharoitda o‘lchami va shakli hisobga olinmasa ham bo‘ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi
|
bet | 1/8 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #129434 |
Bog'liq oraliq biletlari
1-BILET.
Kinematikadagi asosiy tushunchalar (sanoq sistema, sanoq jism, moddiy nuqta, yoʻl, traektoriya, koʻchish, tezlik, tezlanish va h.k)
Jismlarning harakatini ularga ta‘sir etuvchi kuchlar va inertligini (massasini) e‘tiborga olmay, sof geometrik nuqtai nazardan o’rganuvchi nazariy mexanikaning bir qismiga kinematika deyiladi.
Kinematika so`zi yunoncha «kinema» so`zidan olingan bo`lib, harakat ma‘nosini anglatadi. Jismning vaqtga bog’liq ravishda fazoda boshqa jismlarga nisbatan vaziyatini o’zgartirishiga mexanik harakat deyiladi.
1.Moddiy nuqta
Uzoqda ketayotgan avtomobil shakli aniq ko‘rinmaydi, u juda kichkina, hatto nuqta bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Muayyan sharoitda o‘lchami va shakli hisobga olinmasa ham bo‘ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi.
2.Sanoq sistema
Sanoq jism, unga bog‘liq koordinatalar sistemasi va shu harakatning vaqt sanog‘i birgalikda sanoq sistemasini tashkil etadi
3.Yo‘l va ko‘chish
Jism trayektoriyasini miqdor jihatdan baholash uchun fizik kattalik – yo‘l qabul qilingan.
Jismning harakat trayektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan masofasi, trayektoriya uzunligi yo‘l deb ataladi va S harfi bilan belgilanadi.
Jism harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo‘nalishli kesma ko‘chish deb ataladi.
4.Trayektoriya
Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida bosib o‘tgan nuqtalarini birlashtiruvchi chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi.
Massa markazi haqida tushuncha. Massa markazining xossalari
Quyidagicha tajriba o‘tkazaylik. Kartondan qirqilgan varaq olib, uning ixtiyoriy nuqtasidan igna yordamida ip o‘tkazaylik. Ipning ikki uchini shtativlarga bog‘laylik. Bunda varaq 48-rasmda ko‘rsatilgan holatda qoladi. Uni o‘z o‘qi atrofida biroz burib qo‘yib yuborilsa, yana dastlabki holatiga qaytadi. Endi varaqning o‘rtasidan ip o‘tkazib yana shtativga bog‘laylik (49-rasm). Bu holda varaqni qancha aylantirib qo‘ymaylik, qo‘yilgan holatida qolganligini ko‘ramiz. Shu holatda topilgan nuqtaga jismning massa markazi deyiladi. Jismning bu nuqtasida xuddi barcha massa to‘plangandek bo‘ladi
|
| |