Panjara geometrik gips naqsh rozetkasini tasvirlash




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

3.5. Panjara geometrik gips naqsh rozetkasini tasvirlash
Bu vazifaning maqsadi kompozitsiya qurish mahorati va shakl 
hajmini ko‘rsatishdan, geometrik shakllar — kub, prizma, piramida 
kabi shakllarni chizish davomida olgan bilimlarni mustahkamlash 
hamda o ‘quvchilarni amaliy san’at turlariga bo‘lgan qiziqishlarini 
orttirishdan iborat.
Qo‘yilgan vazifani amalga oshirishda relyefli naqshni bajarish 
maqsadga muvofiq. Naqshning konstruktiv qurilishi va uni soya- 
yorug‘ tusini belgilash o‘quvchilardan diqqat-e’tiborni talab etadi. 
Naqsh chizuvchilarga nisbatan ko‘z balandligida och-kulrang fonda 
joylashtiriladi. 0 ‘quvchilar naqshni yon tomondan kuzatib, ayrim 
perspektiv qisqarishlarning qalamtasvirini bajarishlari maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
Naqshning umumiy shaklini bajarish jarayonida uning asosiy 
nisbatlari — gips bo‘yining uzunligiga hamda eni va chuqurligiga 
nisbatan to ‘g‘ri belgilab olinishi muhim. Ustki qism shaklini 
tasvirlashda o‘quvchilar shakllarning bir xil emasligini ko‘radi. Bu 
ularni yanada har bir bo‘lakni diqqat-e’tibor bilan tahlil etishga 
yo‘naltiradi.
Haqqoniy tasvirlashning asosiy qonunlaridan biri «panjara» 
geometrik naqshini tahlil etib, uning xarakterli bo‘laklari aniqlanib, 
bosqichma-bosqich tasvirlanadi. Qog‘oz yuzasida juda yengil 
chiziqlar bilan naqsh tomonlarining nisbatiga qarab, qog‘oz tik 
yoki yotiq holda qo‘yiladi.
77


Gipsli naqsh namunasining vertikal tekislikka nisbatan og‘- 
maligi, tom onlardan birining ikkinchisiga nisbati, perspektiv 
qisqarish va ufq chizig‘ining qanday holda turishi chiziqli 
konstruktiv usulda bajariladi. So‘ng tasvirlangan ikki qismli zanjir 
elementi aniqlanadi. Buning uchun zanjirning ganch taxtasidagi 
eng yuqori va pastki qismi hamda chekka nuqtalari belgilanadi. 
Madumki, ushbu naqshning tomonlari, burchak graduslari bir- 
biriga teng va simmetrik bo‘lgani uchun uni teng ikkiga bo‘lib o‘tuvchi 
nuqtalardan gorizontal va vertikal to ‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi 
(57-rasm, a).
0 ‘tkazilgan vertikal ikki chiziq bir-biriga parallel bo‘lsa, gori- 
zontal chiziq ganch taxtasining yuqori va pastki gorizontal qirralariga 
parallel bo‘lmagan holda o‘z holicha o‘tadi. Chunki, bu ikki to ‘g‘ri 
chiziq o ‘quvchi qaysi nuqtadan turib tasvirlayotganiga qarab 
perspektiv qisqarib boradi va m a’lum masofaga borib bir nuqtada 
uchrashadi (kesishadi). So‘ng panjaraning qalinliklari belgilanadi 
va ular to ‘g‘ri chiziqlar orqah birlashtiriladi. Bu vazifaning 2-bos- 
qichi hisoblanadi (57-rasm, b).
Keyingi bosqichlarda panjara tom onlarining burchaklari, 
tekisliklaming bir-biriga nisbatlari topiladi. So‘ng rozetka bo‘- 
laklaridagi yomg‘ va soya, yarim soyalar yorug‘lik manbayining 
tushishiga qarab, qanday o‘zgarishi aniqlanadi. Soya boshlang‘ich 
bosqichda yengil shtrixlar asosida bajariladi. Naqsh bo‘laklarining 
yomg‘ va soyalarini hech qachon alohida-alohida ishlash yaramaydi. 
Tasvirlanayotgan har bir bo‘lakni bir-biriga taqqoslagan holda 
barobar olib borish, tugallanganligi jihatidan bir-biriga muvofiq 
bo‘lishi kerak. Ushbu amalning to ‘g‘ri bajarilishi ish jarayonida 
qilingan xato va kamchiliklami o‘z vaqtida tuzatishga yordam beradi 
(3—4-bosqich) (57-rasm, d).
Vazifada bosqichm a-bosqich ish yuritish, ya’ni naqshni 
qog‘ozda to ‘g‘ri joylashtirish, har bir bo‘lakni konstmktiv chiziqli 
qurish va hajmlari ustida ish olib borish orqali biri ikkinchisini 
to ‘ldirib boradi.
G anch naqshining tasvirini to ‘g‘ri bajarishda o ‘quvchilar 
quyidagi qonun va qoidalarga amal qilishlari zamr:
1. 
Belgilangan ixtiyoriy qog‘oz sirtida tasvirlanayotgan natura- 
ning chekka qirralarini belgilangan holda kompozitsion to ‘g‘ri 
joylashtirish.
78



2. Naturadagi shakllaming asosiy tayanch nuqtalarini belgilab, 
ulardan birining ikkinchisiga bo‘lgan nisbatlarini perspektiv qonun- 
qoidalar asosida tasvirlash.
3. Shakllarni chiziqli konstmktiv ravishda qurish, naturada 
qo‘yilgan asosiy bo‘laklarni belgilash.
4. Tasvirlanayotgan shakllarning xarakterli xususiyatlaridagi 
tushuvchi shaxsiy soyalarni belgilash va alohida bo‘laklarga ishlov 
berish.
5. Naturadagi barcha buyumlarni tus jihatdan yana bir bor 
ko‘rib, qo‘yilmadagi shakllaming xarakterini aniqlash va soya, 
yarim soya, yorug‘, refleks joylarini aniqlash. Buyurnni butun 
birlikka bo‘ysundirish va vazifaga yakun yasash.
Ushbu metodik ketma-ketlikka rioya qilib, tasvirni to ‘g‘ri 
bajargan o‘quvchi vazifadagi qo‘yilgan maqsadga erishadi va keyingi 
vazifalarni aniq bajarishida u muhim vosita hisoblanadi.

Download 3,5 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Panjara geometrik gips naqsh rozetkasini tasvirlash

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish