• INSON QOMATINING QALAMTASVIRI.
  • Dorika kapiteli, shar va prizma rasmini chizish




    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/53
    Sana05.12.2023
    Hajmi3,5 Mb.
    #111496
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
    Bog'liq
    B.Bymetov Qalam tasvir

    3.7. Dorika kapiteli, shar va prizma rasmini chizish
    Geometrik shakllari rasmini chizish vazifalari tugagandan so‘ng 
    murakkab elementlarga o ‘tiladi. Qalamtasvir bajarish uchun 
    «Dorika» uslubida ishlangan ustunning kapiteli (me’morlikboTagi),
    84


    shar va prizma shakllari tanlab olinadi (59-rasm, a, b, d, e). Ushbu 
    modellami tanlab olinishdan maqsad yoshlarga geometrik shakllar: 
    kub, shar, silindr kabilarni bajarish davomida olgan chiziqli 
    konstmktiv qurilish, perspektiva, yorug‘-soya va tus, munosabatlari 
    kabi kunlar haqidagi bilimlarni mustahkamlashdir. Kapitel va
    59-rasm.
    85


    geometrik shakllarning nozik va murakkab konstruksiyasini chi- 
    zish o‘quvchilardan yuksak mahorat talab etadi.
    Qo‘yilma stol ustiga ufq chizig‘idan yuqoriroq holda o‘matiladi. 
    U yuqori yon tomonidan yoritilgan. Vazifani boshlashdan oldin 
    o‘quvchilar turli nuqtalardan chizgilar bajarishlari va eng maqbul 
    joyni tanlab olishlari kerak. Aniq joyni tanlab olingandan so‘ng, 
    ishni tasvirlash bosqichlariga to ‘liq amal qilgan holda olib borishlari 
    shart.
    Dastlab, kapitel va uning ustuni biriktirilgan to ‘g‘ri to ‘rtburchak 
    asos-taxtachasi, uning pastki silindrsimon ustuni prizma va shar 
    shakllari qog‘oz sirtida kompozitsion to ‘g‘ri joylashtirib olinadi. 
    Shundan so‘ng, ular chiziqli konstmktiv ravishda quriladi. Shakllar 
    simmetrik b o ‘lgani uchun ularni tasvirlashda turli yordamchi 
    chiziqlar bilan bir qatorda kapitel asosidan o‘tuvchi va shaklni 
    teng ikkiga bo‘luvchi o‘q chizig‘i belgilab olinadi.
    Vazifani bajarishda tasvirlashning asosiy qonuni — perspektiva 
    qonuniga amal qilgan holda ish yuritish lozim. Bu yerda to ‘g‘ri 
    to ‘rtburchak, aylana shakllarining perspektiva jihatidan qanday 
    bo‘lishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, mashq davomida avval 
    katta shakl, so‘ngra esa uning nozik va mayda bo‘laklari ustida ish 
    olib borish kerak. Aks holda, ish yetarli darajada muvaffaqiyatli 
    amalga oshirilmaydi. Kapitel ustuni dumaloq shaklga ega. Shuning 
    uchun uni qurishda uning yaxlit bir aylana shaklga ega ekanligini 
    hisobga olgan holda ish yuritish kerak. Faqat shu yo‘sinda tasvirlash 
    orqaligina uni haqqoniy ko‘rinishiga erishish mumkin.
    Bu esa, ustun atrofidagi mayda vertikal qavariq bo‘laklar uning 
    asosini tashkil etuvchi aylanalarning perspektiva qonuniga binoan 
    ellips bo‘lib qisqargan shakllari va uning kichik katta bo‘lagini 
    yarim ko‘rinishda emas, bir butun yaxlit, deb tasaw ur etgan holda 
    amalga oshiriladi.
    Kapitelning nisbatlari yuqori darajada matematik hisoblari asosida 
    qurilgan bo‘lib, ushbu nisbatlaming aniqligi unga ko‘rkamlik baxsh 
    etadi. Shuning uchun uni tasvirlashda juda ko‘plab yordamchi 
    chiziqlar o‘tkazib, aylana markazini to ‘g‘ri belgilash va perspektiva 
    qoidalariga to ‘la rioya qilgan holda ifodalash hamda yorug‘-soya 
    munosabatlarini yetarli darajada aniq tasvirlash lozim.
    Ushbu vazifani uzoq muddath seansda bajargandan so‘ng, sharq 
    va g‘arb klassik namunalariga mansub m e’morlik bo‘laklarida ple-
    86


    nerda qalamchizgi va uzoq muddatli mashqlar bajarish mumkin. 
    Ayniqsa, o ‘zbek milliy m e’morlik san’atiga mansub b o ‘lgan 
    «morpech» gips bo‘lagini bosqichma-bosqich tasvirlash davomida 
    o‘quvcliilar milliy san’atimiz namunalarini chuqurroq o‘rganadilar 
    (60-rasm, a, b, d, e).
    60-rasm.
    87


    NAZORAT SAVOLLARI
    1. «Qirrali buyumlarning konstruktiv asosi» deganda, nimalarni 
    tushunasiz? Misollar keltiring.
    2. Aylana perspektivasi nima? Misollar keltiring (ufq chizig‘idan 
    pastda, yuqorida, ufq chizig‘i balandligida).
    3. Katta shakl nima?
    4. Turli geometrik shakllarning perspektiv qisqarishiga misollar 
    keltiring.
    5. Ufq chizig‘i nima?
    6. Gips rozetkaning bosqichli rasmi qanday amalga oshiriladi? Uni 
    so‘zlab, amaliy mashqlar bajarib ko‘rsating.
    7. Dorika kapiteli rasmini amaliy chizish bosqichi qanday?
    8. Natyurmortni tasvirlashning uslubiy bosqichlari nimalardan iborat?


    4-bob. INSON QOMATINING QALAMTASVIRI. 

    Download 3,5 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorika kapiteli, shar va prizma rasmini chizish

    Download 3,5 Mb.
    Pdf ko'rish