Ikki, uch geometrik shakllardan tashkil etilgan




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

3.4. Ikki, uch geometrik shakllardan tashkil etilgan 
natyurmortning qalamtasviri
Barcha mashg‘ulotlarda bo‘lgani kabi, gips geometrik shakl- 
larning qalamtasvirini bajarish ham tasviriy san’atning «oltin 
qonuni» — oddiydan murakkabga uslubida amalga oshiriladi. 
M a’lumki, bizni o‘rab turgan predmetlar dunyosining barchasi 
geometrik shakllarga asoslangan (shar, kub, prizma, konus, 
piramida, silindr, parallipiped va h.k.lar). Shakllaming gipsdan 
bo‘lishining asosiy sababi, ular aksariyat hollarda sun’iy yorit- 
qichlar bilan yoritilib, o‘quv-mashq maqsadlarida qo‘yiladi. Yomg‘- 
soya majmuasi (yorug‘, soya, yarim soya, refleks, shaxsiy va 
tushuvchi soya, yaltiroqlik) och tusdagi, xususan, oq buyumlarda 
yaqqol ko‘rinadi.
73


Bundan tashqari oddiy qora qalam vositasida shakllarning tus 
munosabatlarni aniqlash yoshlarni tasvirlashda tartib bilan ish 
yuritishga o‘rgatadi. Eng muhimi, dasturda ko‘rsatilgan murakkab 
vazifalarni (me’morlik bo‘lagi, gips milliy naqsh bo‘lagi, inson 
portreti va gavdasi) oddiy geometrik shakllar, tekisliklar bilan 
tasvirlash uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan 
barcha malakalar bilan bir qatorda, geometrik shakllar qalam- 
tasvirini bajarish m ashqlari asosida o ‘quvchi buyum larning 
kenglikdagi fazoviy holati, yorug‘-soya munosabati va o ‘zaro 
nisbatlari kabilar haqida to ‘liq m a’lumotga ega bo‘ladi.
Gips geometrik shakllar rasmini uyda mustaqil chizish jarayonida 
o‘quvchi ushbu shakllar nusxasini simdan yasab olishi va buyum 
tekisligiga turli holatlarda qo‘yib, uning joylashishi, konstruktiv 
tuzilishi, perspektiv qisqarishi, shakllarning ko‘rinar va ko‘rinmas 
tomonlarini tasawur etishi hamda o‘zining nazariy bilimlari va 
amaliy ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirishi kerak. Ayniqsa, bir 
guruh geometrik shakllarni tasvirlashda ushbu usul o‘quvchiga 
yengillik tug‘diradi. Chunki, bir shakl ikkinchi bir shaklni to ‘sib 
turganda, ularning joylashgan yeri, birlashgan joylari hamda o‘zaro 
nisbatlari yaqqol ko‘rinadi.
Shuningdek, auditoriyada ishlangan mashqlar bilan bir qatorda 
uyda ushbu geometrik shakllar namunasini qog‘ozdan yasash, ulami 
alohida va ikki, uch, to ‘rt buyum ishtirokida turli kompozitsiyalar 
tuzib tasvirlash muhimdir. Shakllarni turli holatlarda qo‘yish va 
yoritish orqali chizuvchining fazoviy va hajm borasidagi bilim hamda 
tasawurlari rivojlanadi.
Quyida ufq chizig‘idan pastroq joylashgan va yuqori old 
tom ondan yoritilgan prizma, silindr va sharning uch uslubiy 
bosqichlarda bajarilgan namunasini ko‘rib chiqamiz:
1-bosqich. Shakllarning eng chekka tomonlari asosida uni qog‘oz 
sirtida ko‘rinar va ko‘rinmas qirralarini tasaw ur etgan holda 
joylashtirish hamda uning nisbatlari, balandligi, harakat holatiga 
qarab, perspektiv ko‘rinishining dastlabki belgilarini aniqlash;
2-bosqich. Shakllarning konstmktiv tuzilishini yengil chiziqlar 
bilan tasvirlab, tutash nuqta orqali yon tomonlarining perspektiv 
qisqarishini ufq chizig‘iga binoan aniqlash, shakllarning nisbatlari 
va perspektiv ko‘rinishlarini belgilab, ularning buyum tekisligidagi 
tushuvchi soyasini belgilash;
74


3-bosqich. Kub shaklining barcha yorug‘-soya munosabatlarini 
belgilash, tomonlari tus nisbatlarini aniqlab, refleks, yaltiroq 
qismlarini topib, vazifani bir butun yaxlitlikka keltirish (51-rasm, 
a, b, d).
51-rasm.
Geometrik shakllardan tuzilgan natyurmortlarni tasvirlashda 
ularning oddiylaridan boshlash kerak, shundan keyin sekin-asta 
murakkablariga o‘tiladi.
52-rasmdagi kub, shar, silindr, shakllarini tasvirlash ham 
yuqoridagi misolni bajarilgan bosqichlar asosida olib boriladi. Kub 
shaklini tasvirlash bosqichlari asosida olib boriladi. Bunda 
shakllarning o‘zaro munosabatlari, tasvirlashda yordamchi chiziqlar 
o‘tkazib ish yuritish usuli, perspektiva qonunlariga asoslanib, mashq 
bajariladi.
75


52-rasm.
parallel ravishda uyda 
ishlangan mashqlar 
o ‘quvchining o ‘qi- 
tuvchi rahbarligida 
kompozitsiya borasida olgan fazoviy tasawur, chiziqli konstruktiv 
tuzilish, yorug‘-soya munosabatlari, perspektiva qonuni, nisbatlarni 
to‘g‘ri belgilash va ayniqsa, tasvirlash malakalarini rivojlantiradi. 
Buning uchun uydagi turli shakllarga ega bo‘lgan quti, kursi, yashik, 
bidon, ko‘za, choynak, piyola, stakan va boshqa ko‘plab uy jihoz 
va buyumlari kifoya (53, 54, 55, 56-rasmlar).
0 ‘tilgan mavzu- 
larga qiyoslab o‘quv- 
chi uyda mustaqil ra- 
vishda ko‘plab xo- 
maki rasm va qalam- 
chizgilar bajarishi 
muhim ahamiyatga 
ega. Chunki audi- 
toriyada bajarilgan 
har bir vazifa asosida
53-rasm.
55-rasm.
76


56-rasm.

Download 3,5 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki, uch geometrik shakllardan tashkil etilgan

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish