‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

rasmini chizish
Odam boshi rasmini chizish — tasviriy san’at sirlarini o‘rganish 
jarayonidagi eng muhim bosqichlardan biri. Odam boshi tasvirini 
ishlash mahoratini egallash uchun bosh suyagi bo‘laklarini bilish, 
uning anatomik xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, inson portretini tasvirlashga kirishishdan oldin 
boshning gipsdan ishlangan anatomik (Jan Antuan Gudon mo- 
deli) «Ekorshe» modelini chizish maqsadga muvofiq.
Yuqorida ta ’kidlab o‘tganimizdek, inson portretini tasvirlash 
mashqlari bosh suyagi bo‘laklarini tahlil qilish va tasvirlashdan 
boshlanadi. Tirik boshni tasvirlashda esa, bularni bilish juda 
muhimdir. Bosh suyagi bo‘laklarini tahlil qilishda chakka suyagi, 
jag‘ suyagi shakllarining xarakteriga, jag‘ suyagi o‘simtasiga, pastki 
jag‘ va ensa (gardan)larga alohida e’tibor berish kerak. Shuningdek, 
katta ensa chuqurchasi va ellipsoid shakhdagi ikkita bo‘rtib chiqqan 
qismiga e’tibor qaratish kerak. Bu suyaklarning hammasi bosh
107


suyagining umumiy xarakteri kabi har xil tomondan o‘rganilishi 
kerak. 0 ‘quvclii uchun eng asosiysi bulami nazariy jihatdan o‘qib, 
amaliy tomondan qo‘lda qalam va qog‘oz bilan ko‘plab mashqlarda 
m ustahkam lashi lozim. Shuning uchun ham barcha tad im
muassasalarining o‘quv dasturlarida odam boshini cliizishdan oldin 
birinchi topshiriq bosh suyagini uch holatda cliizish mashqlari 
bilan boshlanadi (76-rasm).
76-rasm.
108


Bosh suyagini chizishda shulami nazarda tutish va xotirada saqlab 
qolish kerakki, u ikki qismdan: bosh suyagi qutisi — ensa, gardan 
va old qismlardan iboratdir. Ular turli shakl va olchamlardan iborat 
juda ko‘p boMaklardan tashkil topgan. Bosh suyagi qutisi oltita 
suyakdan tashkil topganbo‘lib, ular o‘zaro tishsimon choklar bi- 
lan biriktirilgan (ensa, orqa), peshana (old), ikkita tomon tepa 
suyagi va ikkita chakka (yon) suyaklar.
Old qismi ikkita ko‘z kosasi (chanog‘i, noksimon shakldagi 
burun kosasi, ko‘z kosasining ostidan jag‘ suyagi (jag‘ suyagi 
o‘simtasi bilan), ustidan qosh usti va chakka suyaklari qoplangan. 
Burun kosasi (noksimon chuqurchasi)dan yuqorigi jag‘ suyagi, 
pastdan esa, bosh suyagining old qismiga ikkita simmetrik o‘ng va 
chap bo‘laklardan iborat pastki jag‘ tutashadi. Bu suyaklar shak- 
lining xarakteri va ulaming qurilish xususiyatlariga va umuman, 
bosh shaklining xarakteristikasiga bog‘liqdir. Shuning uchun 
naturadan bosh suyagini chizishda, har bir suyakning umumiy 
shaklini eslab qolishga harakat qilish kerak. Chunki ular portret 
rasmini chizishda va tirik boshni tahlil qilishda muhim hisoblanadi.
Jag‘ suyagi va jag‘ suyagi o‘simtasi shaklining xarakteri va tirik 
bosh rasmini chizishda yonoqlar shaklini to ‘g‘ri qurish va shu 
joyda quloq suprasi joylashishini nazarda tutish kerak. Jag‘ suyagi 
o‘simtasining kattaligi taxminan to ‘rt enli keladi va jag‘ suyagi 
o ‘simtasining uchi doimo quloq suprasi va (bukrisi) o‘rtasiga 
joylashadi. Jag‘ suyagi o‘simtasini ushlab ko‘rib, hamma ham u 
quloq suprasi o‘rtasiga kirib borishni o ‘simtani barmoq bilan 
paypaslab ishonch hosil qila oladi. Bu narsani bilmagan o‘quvchi, 
odatda, quloqni yo yonoqda, yo ensada aks ettirib, xato qilishi 
mumkin.
Ensa (gardan) suyagining so‘rg‘ichsimon o‘simtasi har qanday 
kishida yaxshi ko‘rinadi, u boshni yelka suyagi bilan tutashtimvchi 
ko‘krak-o‘mrov mushaklarining birlashtiruvchisidir. So‘rg‘ichsimon 
o‘simtalarining joylashishiga mushaklar shaklining xarakteri va 
um um anbo‘yintuzilishigabog‘liqdir. 77-rasm, a, b, d, edabosh- 
ning turli nuqtayi nazar va holatlardagi sxemali tasvirlari ko‘rsa- 
tilgan:

Download 3,5 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish