Shuni ta ’kidlash kerakki, harakatdagi inson qiyofasini natu-
radan yoki tasaw ur va xotiradan yengil chizgilar yordamida
ishlanganida, matodagi burmalaming joylashgan o‘m ini e’tiborga
olish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday chizgilar rassomni
kiyimdagi ko‘p miqdordagi burmalami chizishga tayyorlaydi. Bu
esa, o‘z navbatida rasmning sermazmun bo‘lishini ta ’minlaydi.
Topshiriqlami bajarish davomida yosh rassomlarga mashhur
musawirlaming mato va undagi burmalar sermazmun tasvirlangan
asarlaridan ishlangan nusxalar namoyish etilishi kerak.
Mato tasvirini ishlash ketma-ketligi quyidagicha:
1. Qog‘oz sirtida tasvir o‘rni belgilab olinadi.
2. Mato joylashuvchi yuza (stol, orom kursi va h.k.) rasmi
chiziladi.
3. Keyin ushbu yuzada matoning asosiy burmalari yo‘nalishini
ko‘rsatuvchi tayanch nuqtalar belgilanadi va yengil shtrixlar bilan
asosiy burmalar hamda matoning gorizontal tekislikda yotuvchi
qismidagi burmalar chiziladi.
4. Shundan so‘ng, ikkinchi darajali burm alarni belgilab,
matoning soya tushgan qismlariga shtrixlash yo‘li bilan to ‘q tus
beriladi va mato tasvirining boshlang‘ich bosqichi yakunlanadi.
5. So‘nggi bosqichlarda tasvirlashning asosiy qonun qoidalariga
binoan yorug‘-soya munosabatlari o‘matilgan tartibda amalga
oshiriladi.