O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi




Download 478,9 Kb.
bet1/8
Sana21.03.2017
Hajmi478,9 Kb.
#741
  1   2   3   4   5   6   7   8

“O‘zbektelekom” AKning

2015-yil 5-iyundagi

159-son buyrug‘iga

ilova


O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi




  1. Umumiy qoidalar

1. Mazkur tartib “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Kompaniya) ijroiya apparati va filiallarida mavjud bo‘sh lavozimlarga nomzodlarni tanlash talablarini belgilab beruvchi asosiy tamoyil va qoidalarni belgilab beradi.

2. Mazkur tartibda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:

bo‘sh lavozim – nomzodni qabul qilish mumkin bo‘lgan, Kompaniya ijroiya apparati va filiallariga ishga kiruvchi, band bo‘lmagan ish joyi (lavozim);

nomzod – Kompaniyaning ijroiya apparati va filiallarida ishlashni xohlovchi, jismoniy shaxs;

ishga qabul qilish tanlovi – nomzodlarning da’vogarlik qilayotgan lavozimga bilimi, tajribasi, ko‘nikma talablari, shaxsiy-psixologik jihatlari va boshqa sifatlari bo‘yicha loyiqligini baholash bilan bog‘liq o‘tkaziladigan chora-tadbirlar majmuasi.

3. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qaror va Farmoyishlari, Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqildi.

4. Tanlov belgilangan tartibda nomzodlarni Kompaniyaning vazifa va funksiyalariga mosligini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

5. Nomzodlarni Kompaniyaga ishga qabul qilish (mehnat shartnomasini imzolash) quyidagi lavozimlardan tashqari doimiy ravishda mazkur tartib talablari asosida tashkil etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi yoki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar.

6. Nomzodlarni ishga qabul qilish tanlovini tashkil etish Kompaniyaning Kadrlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

7. Ishga qabul qilish tanlovida boshqaruv personal lavozimlarida ishlashga da’vogarlik qilayotgan shaxslarga belgilangan malaka talablariga mos bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

8. Ishga qabul qilish tanlovi nomzodlardan kelib tushgan hujjatlar, o‘tkazilgan baholash (testlash) va suhbatlashish natijalarini baholovchi Kompaniyaning Ishga qabul qilish tanlovi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.

9. Komissiya tarkibi Kadrlar bo‘limi tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlashga rahbariyatga taqdim etiladi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiritilishi shart:

Bosh direktor;

Bosh direktor o‘rinbosarlari;

ishga qabul qilish tanlovi o‘tkazilayotgan bo‘sh lavozim mavjud boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i (o‘rinbosari);

Maxsus ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i.

Bo‘sh lavozim xususiyatidan kelib chiqqan holda Komissiya tarkibiga boshqa xodimlar (yurist, buxgalter, va boshqalar) kiritilishi ham mumkin.



  1. Ishga qabul qilish tanlovi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

bo‘sh lavozimga ishga qabul qilish tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilish;

nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish;

nomzodlarni baholash (testlash);

nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish;

nomzodlarni ishga qabul qilish.


  1. Nomzodlarning ishga qabul qilish tanlovida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlar (yo‘l haqi, yashash, kunlik va boshqa xarajatlari) o‘z hisoblaridan amalga oshiriladi.



Download 478,9 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 478,9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi

Download 478,9 Kb.