III. Hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish




Download 478.9 Kb.
bet3/8
Sana21.03.2017
Hajmi478.9 Kb.
#741
1   2   3   4   5   6   7   8
III. Hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish


  1. E’lon asosida o‘tkazilayotgan ishga qabul qilish tanlovida ishtirok etish istagi bor nomzodlar mazkur Tartibning 1-ilovasida keltirilgan B-shakl asosida arizasi bilan Kompaniyaga murojaat etadilar.

  2. Nomzod arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim (elektron yoki qog‘oz shaklda):

  • mazkur Tartibning 1-ilovasida keltirilgan S-shaklga muvofiq to‘ldirilgan ma’lumotnoma;

  • ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi, qo‘shimcha ravishda ilmiy darajasi va unvonini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Nomzod xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lsa, diplom nusxasiga qo‘shimcha ravishda notarial idora tomonidan tasdiqlangan nostrifikasiya qilinganlik to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi ham taqdim etilishi shart;

  • mehnat daftarchasining nusxasi;

  • ikki dona foto-surat (3x4);

  • nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti nusxasi;

  • tarjimai hol;

  • soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxalari;

  • nomzodning tanlov o‘tkazilayotgan bo‘sh ish joyida ishlash istagini tasdiqlovchi asoslanma xati (esse);

  • malaka oshirganlik yoki qayta tayyorlanganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (oxirgi uch yilda);

alohida hollarda:

  • mehnat faoliyatini yuritishga ruxsat beruvchi guvohnoma asli;

  • nomzodga berilgan tavsiya xati. Tavsiya xatining kuchga ega muddati - imzolangan sanasidan uch oy.

Nomzoddan qo‘shimcha hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.

  1. Nomzodning tanlovga taqdim etilgan hujjatlari qaytarilmaydi.

  2. Nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lgan holda yoki taqdim etilgan hujjatlar talabga javob bermagan holda nomzodga tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

  3. Tanlovda ishtirok etish uchun yuboriladigan hujjatlar belgilangan muddat davomida qo‘lma-qo‘l, pochta yoki elektron pochta orqali qabul qilinadi. Nomzodning hujjatlari qo‘lma-qo‘l qabul qilinganda Kompaniya vakili tomonidan tilxat beriladi.

  4. Hujjat qabul qilish muddati tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat davomida Komissiya tomonidan nomzodlar hujjatlari tanlov o‘tkazilayotgan bo‘sh lavozim malaka talablariga mosligi ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha nomzodni baholash (testlash) bosqichiga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va besh ish kuni davomida bu haqda nomzodga ma’lum qilinadi.




Download 478.9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 478.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish

Download 478.9 Kb.