Tizim yangiliklari




Download 2,92 Kb.
Sana07.01.2024
Hajmi2,92 Kb.
#131433
Bog'liq
Tizim yangiliklari


Tizim yangiliklari:
Pensiya jamg‘armasi tomonidan tayinlanadigan 12 turdagi pensiya va nafaqalarning 9 turini bugungi kunda inson omilisiz, avtomatik, interaktiv va proaktiv shaklda tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 
Joriy yilning 9 oyi davomida 1,2 mln. nafar fuqaroga interaktiv va masofaviy xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan,
- 664,4 ming nafar fuqarolarga bola tug‘ilganda beriladigan suyunchi va 116,1 ming nafar fuqarolarga dafn marosimi uchun nafaqalarni ular tomonidan Jamg‘armaga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq bankining istalgan filialiga borgan holda to‘lanishi ta’minlandi;
- 337 ming nafar fuqarolarga pensiya (nafaqa) tayinlanganligi, ro‘yxatda turishi hamda miqdori to‘g‘risida ma’lumotnomalar elektron shaklda taqdim etildi;
- 110,4 ming nafar fuqaroga birgina pasport asosida Jamg‘armaga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat xizmatlari markaziga borgan holda 8 xil turdagi nafaqalar tayinlanishi ta’minlandi.
2022 yilning 4-choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar:
- Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirish. Bunda, 2023 yil 1 yanvarga qadar tayinlangan barcha pensiya ishlari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi;
Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob kitob qilinib o‘rtacha oylik pensiya miqdori 400 ming so‘mgacha oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,6 trln. so‘mdan ortiq miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyani har ikki yilda bir marta qayta hisoblab chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Natijada, 2023 yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari ularning arizalariga asosan qayta hisob-kitob qilinib o‘rtacha 300 ming so‘mgacha oshadi. Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yiliga qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 275 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, kelgusida nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin mehnat faoliyatini olib boragan 43 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari har 2 yilda (ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib) bir marotaba qayta hisoblab boriladi.
Download 2,92 Kb.




Download 2,92 Kb.