• Asosiy tushuncha
  • Muloqotning perseptiv jihati – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.
  • Stereotipizatsiya
  • Muloqotning perseptiv tomoni




    Download 406,86 Kb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi406,86 Kb.
    #228642
    Bog'liq
    Muloqotning perseptiv tomoni

    Muloqotning perseptiv tomoni

    Xaydarova Muqaddas 13/05/2024

    Asosiy tushuncha

    • Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.

    Asosiy tushuncha

    Muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi.

    Taniqli psixolog Sergey Leonidovich Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini go‘yo «o‘qib», ya’ni «mag‘zini chaqib» chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz». Bunday o‘qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi.

    Muloqotning perseptiv jihati – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.

    Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g‘oyat muhimdir:

    a) identifikasiya;

    b) refleksiya;

    g) stereotipizasiya

    Identifikasiya

    Identifikasiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, «tenglashtirish», «aynan o‘xshatish», bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini sub’yektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida tahmin qiladilar.

    Refleksiya

    Refleksiya – (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, holatidan turib, o‘zini tasavvur qilish, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.

    Stereotipizatsiya

    Stereotipizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. Aleksey Aleksandrovich Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo‘lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza” – sabab, “atrebutsio” – bermoq, qo‘shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o‘qituvchi bilan hamsuhbat bo‘lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan” degan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko‘rgan odam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o‘rtasida bog‘liqliklar o‘rnatishga harakat qilarkan, shunday bog‘liqliklarni aniqlash maqsadida A.A.Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning fotosuratlarini ko‘rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattiq odamlarning qaysarroq, qat’iy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo‘yli odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o‘ta o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishligini aytishgan va hokazo.

    Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to‘g‘ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rol o‘ynaydi. Masalan, talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko‘rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu – davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini so‘ragan.


    Download 406,86 Kb.




    Download 406,86 Kb.