1-Maruza. Kirish. Chiqindilar va ularning turlari




Download 136.65 Kb.
bet1/2
Sana16.02.2023
Hajmi136.65 Kb.
#42441
  1   2
Bog'liq
=1-Ma\'ruza
petrografiya, 3 AMALIY MASHG, MARUZA, 1. Issiqlik almashinish qurilmalari to’g’risida, 6-sinfda Informatika, 7-maktab to\'garak -2, OAAS, Falsafa (2), 8-лаборатория машғулоти, 9Gr1JDJCFHmDZA7NyxDdovDBfZaoImIyQTCAFF38, httpslib.jizpi.uzpluginfile.php4805mod resourcecontent0gruntlar-mexanikasi-zamin-va-poydevorlar.pdf 2, file, Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodi

1-Maruza. Kirish. Chiqindilar va ularning turlari.


Reja:
1.Sanoat korxonalari chiqindilari.
2. Chiqindilar va ularning turlari.
Xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko'rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e ’tiborga molikdir. U zoq yillar mobaynida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Aniqrog'i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o ‘z mamlakatlarining kelajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishiga befarq qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa «qalb nidosi» bo’lib kelgan.
Biroq ularning vijdonga, fuqarolik burchiga, nihoyat, aql-idrokka da’vatlari to‘ralashib ketgan sovet-partiya amaldorlarining sovuq, hatto aytish mumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga ajablanmasa ham bo'ladi. Tabiiy va mineral-xom ashyo zaxiralaridan vahshiylarcha, ekstensiv usulda, juda katta xarajatlar va isrofchiliklar bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo'jalik yuritish tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda bo'lish g‘oyasi butunlay yot edi. Aksincha, boyliklardan bunday foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy musobaqasida mamlakatning asosiy dastagi, eksport imkoniyatlarining negizi bo‘lib keldi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda boyliklardan oqilona foydalanishni tartibga soladigan, tabiatning, atrof-muhitning himoya qilinishini kafolatlaydigan biron-bir me’yoriy qoidalarga rioya qilish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimagan darajada kam pul mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham qoplamas edi. O‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi.
Yoqilg‘i va mineral-xomashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko‘p miqdorda qazib olinganidan ko‘pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy inshootlariga ega bo‘lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zaharli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo'ldi.
O‘z ko'lami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro'yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM , Turksib kabi temir yo‘llar, avtomobil, neft-gaz magistrallari va irrigatsiya tarmoqlari) bunyod etish nafaqat
tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi, balki butun boshli aholi punktlari yo‘q bo‘lib ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim , odamlarning hayot va faoliyat sharoitlari buzilishiga ham olib keldi.
Hozirgi vaqtda jahon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zaxiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko'proq foydalanilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi soni yildan yilga o'sib borib, ko‘proq oziq-ovqat, yonilg‘i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o‘rmonlar egallab turgan maydonlarning jadal sur’atlarda qisqarishi, cho‘l-sahrolarning bostirib kelishi, tuproqning buzilishi, atmosfera stratosfera qatlamining yuqori qismida joylashgan ozon to ‘sig‘i kamayib ketishi, yer havosining o 'rtacha harorati ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Beto‘xtov davom etayotgan qurollanish poygasi, atom , kimyoviy qurollar va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir.
Ma’lumki, tabiatning holati birdaniga va darhol yomonlashib qolmaydi. Bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Boshqacha aytganda, ekologik vaziyat asta-sekin yomonlasha boradi. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtim oiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning o‘zaro ta ’siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko‘lamida hal qilish zarur. Ekologiya muammosi Yeryuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning dolzarblik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir.
Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g ‘oyat xavfli zonalaridan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish mumkin.
Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha o ‘n yillarlar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo'lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. «Insontabiatning xo‘jayini», degan soxta mafkuraviy da’vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojiaga aylandi.
Tabiatni muhofaza qilish jarayonida vujudga kelgan muammolarni ilmiy jihatdan hal qilishda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri alohida ahamiyatga egadir. «Atrof-m uhit» deganda insonlarning yashash muhiti va ishlab chiqarish faoliyati, ya’ni insonga ta ’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va sotsial omillar to‘plami tushuniladi. Tirik organizmlarning mavjudlik sharoitlarini va yashash muhiti bilan tirik organizmlar o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikni o'rganuvchi fan ekologiya deb ataladi. (Ekologiya so ‘zi grekcha «oykos» — uy, «logos» — fan so‘zlaridan tashkil topgandir.) Quyida insonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof-muhit o'rtasidagi bog‘liqlik sxemasini ko‘rib chiqamiz:

1.1-rasm. Insonlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof-muhit o'rtasidagi bog‘liqlik.

1.1-rasmda ko‘rsatilganidek, turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda borgan sari insonning ongi oshib borish jarayonida tirik mavjudotning yangi prinsipial shakllari tarkib topdi. Inson tabiatda mavjud bo‘lgan tayyor oziq-ovqatlarni iste’mol qilibgina qolmay, ularni tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi va shu jarayonda tabiatga ham ta ’sir ko‘rsatadi. Demak, inson va tabiat bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog’liqdir. Tabiat butun jamiyat uchun zaruriy hayot muhiti va moddiy resurslarning yakkayu yagona manbai bo‘lib, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan barcha boyliklar asosidir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan bog‘liq holda bir butunlikni tashkil qiladi.


Ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan sari insonning tabiatga bo‘lgan ta ’siri ham kuchayib, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir miqyosi kengayib boradi. Fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarish kuchlari jamiyatining rivojlanishida yetakchi ahamiyatga ega bo‘lib, odamning tabiat resurslaridan foydalanishini osonlashtiradi, moddalarning aylanma harakatini tezlash tiradi va jamiyatning rivojlanishida tabiiy omillarga nisbatan ijtimoiy omillarning roli yuqorib o‘lishi uchun imkon yaratadi. Natijada inson mehnat tufayli tabiiy muhitga bevosita bog‘liqlikdan tobora ozod bo‘la borib , o 'zining tabiatga bo‘lgan ta’sirini kuchaytiradi. Sanoat korxonalarining ko‘payishi, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish , aholi soni va avtotransportning ortib borishi kabi omillar turli xil chang-gaz chiqindilari, oqova suvning miqdori va turi, qattiq chiqindilar ko'plab miqdorda atrof-muhitga tashlanishiga olib keladi.
Inson tabiatga kuchli darajada ta ’sir ko'rsatayotgan joylarda ekologik tanglik, ba’zan falokat yuz bermoqda, ya’ni tabiatning inson ta’siriga bo‘lgan qayta aks ta’siri aniq sezilmoqda. Bu haqda buyuklar bunday degan edi: «Tabiat ustidan qilgan g ‘alabalarimizdan ortiqcha taltayib ketmaylik. Bunday har bir g‘alaba uchun u bizdan o‘ch oladi».
Shu bois atrof muhitni muhofaza qilish uchun kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, barcha turdagi suyuq, gaz holatidagi va qattiq chiqindilarni ushlab qoluvchi hamda ularni qayta ishlovchi yuqori samarali tozalagich moslamalarni joriy etish, muammolarini yuqori saviyada hal qilishni o‘rgatish vazifasini «sanoat ekologiyasi» kursi o ‘z ichiga oladi.
Atrofmuhitga tushayotgan chiqindilarning tasniflanishi 1.2-rasmda
keltirilgan. Ular asosan, ashyoviy va energetik turlarga bo‘linadi.



1.2-rasm. Chiqindilarning tasniflanishi.





Download 136.65 Kb.
  1   2




Download 136.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Maruza. Kirish. Chiqindilar va ularning turlari

Download 136.65 Kb.