• 2.1. Turizm bozori tushunchasi va uning xususiyatlari
  • Turizm xizmatlar bozori
  • Mavzu: turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xususiyatlari




    Download 271,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana30.01.2024
    Hajmi271,4 Kb.
    #148406
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-MAVZU



    2- 
    MAVZU: TURIZM BOZORI VA XIZMATLARI TUSHUNCHASI, 
    ULARNING XUSUSIYATLARI 
    Reja: 
    2.1. Turizm bozori tushunchasi va uning xususiyatlari. 
    2.2. Turizm bozori sig‘imini aniqlash usullari. 
    Tayanch so‘zlar va iboralar: turistik bozor, turistik xizmat, turistik talab, 
    turistik taklif, ommaviy turistik bozor, mashhur turistik bozor, individual turistik 
    bozor, ta’sir kiluvchi asosiy omillar. 
    2.1. Turizm bozori tushunchasi va uning xususiyatlari 
    O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirishda xizmat ko‘rsatish 
    sohasidagi iqtisodiy munosabatlarning ham o‘ziga xos roli bor. CHunki ushbu soha 
    bozor sub’ekti sifatida tez rivojlanish bosqichida. Uning tarkibiy qismi bo‘lgan 
    turizm sohasi ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Turizm mamlakatimiz 
    iqtisodiyotida nisbatan yangi soha bo‘lishiga qaramasdan o‘z mavqeini 
    mustahkamlab bormoqda. Bu kelajakda ham istiqboli porloq sohalardan biri bo‘lib 
    qoladi. 
    Ayni kunga qadar turizm xizmatlar bozoriga turli ta’riflar berilgan. Jumladan, 
    quyida berilgan ta’rifni takomillashgan ta’rif deb hisoblash mumkin. Turizm 
    xizmatlar bozori - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini 
    ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik 


    mahsulot iste’molchisi o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi 
    jabhadir
    9
    . Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni 
    vujudga keladi. 
    Turizm bozori murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent) sotiladi. 
    Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak, ya’ni ko‘rsatib 
    o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mehmonxona, 
    turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistik xizmat bozori ma’lum bir 
    o‘ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralan-magan. SHuning uchun 
    turistik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda 
    teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin. 

    Download 271,4 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 271,4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xususiyatlari

    Download 271,4 Kb.
    Pdf ko'rish