5
amalga oshirish kerak. Turizmga bo‘lgan talabni oshiruvchi asosiy ob’ektiv omil
bo‘lib, aholining bo‘sh vaqti tendetsiyasi hisoblanadi.
Aholining ba’zi ehtiyojlari qondirilmaguncha, turizm ommaviy ahamiyat kasb
etmaydi. Turizm xizmat bozorini tahlil qilishda turizm xizmat bozoriga ta’sir
qiluvchi asosiy omillar, ya’ni so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘z o‘ringa ega bo‘lgan
iste’molchilarning ijtimoiy –demografik va psixologik xatti-harakatlarini ko‘rib
chiqamiz.
Bu erda asosiy omil bo‘lib, aholining joylashish strukturasi, aholining
daromadlar darajasi, ta’lim, mashg‘ulotlar turi, aniq bir irqga mansubligi, jinsi, vaqti,
hayot tarzi va h.k. xisoblanadi
12
.
Aholining strukturasi – O‘zbekiston ko‘p millatli respublika bo‘lib,
bu erda
yuzdan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Aholining asosiy qismi o‘zbeklardan
iborat bo‘lib, ularning salmog‘i muttasil ortib bormoqda. Evropalik aholining
salmog‘i kamaymoqda, buning sababi tub aholi bilan evropalik aholining tug‘ilish
darajasidagi katta tafovvutdir. Respublika aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi
istiqbolda ham kutiladi. 2015 yillarga aholi 36333 ming kishini tashkil qilishi
hisoblab chiqilgan.
Hozirda turizm rivojlanishining kelajagini aholi strukturasining o‘zgarishi
belgilaydi. Shu tufayli O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga barcha asoslar
mavjudligi ko‘rinib turibdi.
Yosh. Aholi strukturasida yoshining o‘zgarishi biznesning barcha sohalariga
ta’sir qiladi. Turizm rivojlanishini
bashorat qilishda, mamlakat aholisining yosh
bo‘yicha tarkibini o‘rganish va turizm xizmat bozoriga ta’sirini aniqlash muxim
ahamiyat kasb etadi.
G‘arb kuzatuvchilari turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi quyidagi yosh
bo‘yicha segmentlarni ajratadilar.
Daromad. Aholining harid qobiliyati turizm rivojlanishining asosiy omilidir.
Daromadlarning o‘sishi bilan turizmga sarf-harajatlar ham oshadi. U yoki bu
12
Boltabayev M.R., Tuxliyev I.S., Safarov B.SH., Abduxamidov S.A. Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik. – T.:
“Fan va texnologiya”, 2018 y
6
oilaning daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tursayohatga imkoniyati
yuqori bo‘ladi. O‘zlariga to‘q odamlar daromadlarining bir qismini aynan turizmga
sarflashni ma’qul qiladilar. Vaqt tejash vositasi sifatida ularni ko‘proq
aviatransportlar orqali uchishlar jalb qiladi.
Ta’lim.
Aholining
turistik
faolligi
to‘g‘ridan–to‘g‘ri
salohiyatli
iste’molchilarning ta’lim darajasi bilan bog‘liq. Ta’lim
odamlarni qiziqishini
kengaytiradi va shu sababli turizmga ta’sir qiladi. O‘rta ma’lumotli odamlar
ko‘ngilochar sayohatlarni afzal ko‘radilar. Oliy ma’lumotli odamlar esa ko‘proq
sayohat qilishga molikdirlar. Bu toifadagi aholida yuqori darajada daromad manbai
bo‘lib, sayohat chog‘ida asosiy harakatlanish vositasi sifatida aviatransportni afzal
ko‘radilar.
Kasb. Turizm maxsuloti va xizmatlarining haridiga turistning qanday kasb bilan
shug‘ullanishi ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Idoralarda ishlovchilar,
xizmatchilarga nisbatan ko‘proq sayohat qiladilar. Lekin yil mobaynida ko‘proq
sayohatni menedjerlar, bank xodimlari va boshqaruv apparati xodimlari amalga
oshiradilar. Turistik firmalar mashg‘ulot turlari bo‘yicha guruhlarni aniqlab olishga
harakat qiladilar. Ba’zi bir turistik firmalar aniq bir
kasb guruhlari uchun maxsus
turmaxsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi.
Jinsi. O‘zbikiston aholisi tarkibida ayollar 51 % ni tashkil qiladi, sababi
ayollarning o‘rtacha umri erkaklarnikiga nisbatan o‘sib bormoqda. Bundan tashqari
doimo o‘suvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda ayollarning roli oshib
bormoqda. Bu omillar ayollarni turizm xizmat
bozoridagi asosiy segmentga
aylantirmokda.
O‘zbekistonda ishlovchi ayollardan ko‘ra uy bekalari ko‘p. Ishlovchi ayollar
ko‘p hollarda yuqori daromadlarga ega va shu sababli oilada qo‘shimcha daromad
bo‘lishi tufayli sayohatlarga etarli pul mablag‘lari bo‘ladi.
Ishlayotgan ayollar orasida kar’eraga qiziquvchi ayollar turfirma uchun ancha
istiqbollidir. Shu sababli jinslarning ijtimoiy rolida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda va
bu iste’molchilar harakatidagi o‘zgarishlarga olib kelmoqda.
7
Bo‘sh vaqtning mavjudligi. Odamlar sayohatga nafaqat pullarini balki
vaqtlarini ham sarflaydilar. Xatto eng yuqori daromadga ega bo‘lgan shaxs ham agar
vaqti bo‘lmasa tur sayohatini amalga oshira olmaydi. Rivojlangan jamiyatda
vaqtning etishmasligi (xuddi daromadi etishmasligi kabi) turizmni chegaralovchi
asosiy omildir.
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga qaramay,
mamlakatimizdagi turizm sohasi yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va
xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib borayotgan xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib
qolmoqda. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida
hozirgi vaqtda asosan
an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda. Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy oshib
boradigan bo‘lsa, dam oluvchilar soni ham shunga yarasha kamayib boradi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitda O‘zbekistonda
eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil qilish, uning
rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli
infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi.