Reja: O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalsh




Download 31,34 Kb.
Sana05.01.2024
Hajmi31,34 Kb.
#130361
Bog'liq
kasb- hunar turlari


BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA MEHNAT
TARBIYASI VA KASB-HUNAR TURLARI
Reja:
1.O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalsh.
2.Kasb-hunarlar haqida tushuncha.
3.Kasb-hunar turlari va mazmuni.
4. Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo‘naltirish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kasb,hunar,mehnat tarbiyasi,kasb tiplari,kasb guruhlari,kasb turkumlari,mezonlar
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish,ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining pirovard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalardan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
•yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
•o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish
ehtiyojini hosil qilish;
•ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
•o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
•ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
•o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish,
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
•o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
•o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo'l mehnati hisoblanadi.
Qo'l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari qog'oz, karton, sim, yog'och, gazmol va boshqalar bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar maxsus loy, yog'och va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar bilan keng iste'mol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to'plamlari va hokazolar bilan ishlashga o'rganadilar.
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash – unda mehnatga nisbatanuning yoshiga mos keluvchi ongli vaq ijobiy (musbatlar) munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarini egallashga qiziqishlarni shakllantirishdan iboratdir.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:
1.Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
2.Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3.Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik va o‘z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:
•o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;
•ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
•ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg‘otish;
•o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish;
•ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;
•ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
•mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
•o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash tuyg‘ularini shakllantirish;
•mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;
•o‘quvchilarning mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushunishlariga erishish va boshqalar.
Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta'limida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to'g'ri motivlaritarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo'lgan sifatlari shakllanadi.
Kasb - (Lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuyiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi. Kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg'ulot turi. Hunar - oʻzbek tiliga tojik tilidagi shakli olingan; asli “layoqat”, “sanʼat” maʼnolarini anglatadi; keyinchalik “kasb” maʼnosini ham anglata boshlagan. Dunyoda 10000 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar
mavjud. Ushbu kasblarning birini qobiliyatlarimizga, dunyoqarashimizga eng asosiysi qiziqish va moyilliklarimizga qarab tanlashimiz kerak. Inson ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e`tibori sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro’-e`tiborli va boshqa ko’pgina afzalliklarga ega bo’lishiga qaramay), balki mehnat predmeti (ob`yekti)ga qaratilgan bo’ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo’ladi). Har qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o’ylayotgan kishi uchun qulay bo’lgan kasblar klassifikatsiyasi mana shu belgiga qarab tuziladi.
Kasblarning tiplari
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo’linadi.
1. «Odam — tabiat». Bu yerda mehnatning asosiy, yetakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: urug’shunos, meva sabzavotshunos, davlat urug’chilik inspeksiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik-bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom.
Texnika (techne – mahorat, san'at) – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofidagi tabiatga ta'sir qilishga imkon beradigan vositalar va ko'nikmalar majmuyi.
2. «Odam-texnika». Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi predmeti texnika ob`yektlari (mashinalar, mexanizmlar va boshqa shunga o’xshashlar), materiallar, energiya turlaridan iborat bo’ladi. Jonsiz tabiat ob`yektlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlari) ham ko’p jihatdan shularga o’xshagan bo’ladi.
3. «Odam-odam». Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o’quv predmetlaridan tashqari, siz shaxsan o’zingiz jamoa bo’lib o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi. Makzur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin: Radioelektron apparatlar va asboblar montajchisi elektr va radiotexnika sohasida chuqur bilimga ega bo’lmog’i kerak.
4. «Odam-belgilar tizimi». Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun`iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida matnlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo’l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur. «Odam-belgilar tizimi» tipidagi kasblar quyidagilarni o’z ichiga oladi: hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, matnlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar;
5. «Odam badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin:
tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish boyicha duradgor, toshga oyib gul soluvchi, yoritish elektrotexnigi (teatrda), poyabzal kanstruktor-modeleri, dizayner-rassom va boshqalar;
Kasblarning turkumlari. Mehnatning maqsadi odam faoliyati mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ularni uchta katta gruppaga: bilish, o’zgartirish, o’ylab topish guruhlariga bo’lish mumkin. Mehnatning maqsadiga qarab kasblarni uch turkumga ajratib ko’rsatish mumkin.
1. Gnostik kasblar (G). Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis»—bilim, bilish degan ma`noni anglatuvchi so’zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya`ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug’ullanish mumkin deb o’zingizga odat bo’lib qolgan tarzda o’ylaydigan bo’lsangiz, u holda bunday fikrdan voz kechishga to’g’ri keladi. Bilish, o’rganish mehnati bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina kasblar mavjud bo’lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida shug’ullanishga to’g’ri keladi. Masalan, nazoratchilar, sortga ajratuvchilar, pirometristlar ana shunday kasbdagi kishilardir.
2. O’zgartiruvchi kasblar (P). Juda ko’p kasblar mehnat predmetlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’ladi.
Odamning o’zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo’lishi ham mumkin. Mana, bunga faqat birgina misol keltiramiz. Yetakchi o’quvchilarni uyushtirdi va ular ko’chat o’tqazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu misolda faqat tabiatning o’zgarganligi to’g’risida gapirish kifoya qilmaydi. Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlari o’zgaradi va hokazo.
3. Tadqiqotchilik kasblari (I). Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, geologik qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadkiqotlar bilan, albatta, bog’liq kasb bo’lsa kerak, deb o’ylamaslik kerak. Bu yerda o’zgartiruvchi turkumga yaqin bo’lgan kasblar to’g’risida gap boradi.
Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi-qandaydir bir noma`lum narsani, buning ustiga ko’pincha cheklangan bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo’ladi.
Kasblarning bo’limlari va guruhlari
Kasblarning bo’limlari. Mehnat vositalariga qarab kasblar bo’limlarga bo’linadi.
1. Qo’l mehnatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (Q). Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo’l mehnatidan va mexanizatsiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar.
Masalan, otvyortka, skalpel (jarrohlik pichog’i), shtixel (yog’ochga yoki metallga oyib gul solish asbobi), reysfeder, tortsovka (boyoqchilar cho’tkasining bir xili), elektr drel, bo’yoq purkagich, pnevmatik otboyka bolg’asi va hokazolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.
2. Qo’lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (M). Boshqacha qilib aytganda, ularni ham mashinada, ham qo’lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin — tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist, elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo’l mehnati, ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi. Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega bo’lish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo’l mehnati malakasiga ega bo’lish ham talab qilinadi.
3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (A). Avtomatlashtirish darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta`miri bilan bog’liq bo’lgan ishlarni boshqarishdan tortib o’sha agregat ishini kuzatib turish va agar zarurat tug’ilsa, kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi. Mazkur kasb bo’limining vakillari prokat stanining operatori, energosistema dispetcheri, kimyo ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar operatori, po’lat quyuvchi va boshqalardir.
4. Funksional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab qilinadigan kasblar (F). Bu yerda odam xulq-atvoridagi funksional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya`ni imo-ishoralar, tovushlar, so’zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma`no tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi
mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo’limga: o’qituvchi, tarbiyachi, san`atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijori singari kasblar kiradi. Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakatlat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo'ladigan ko'p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi, o'quvchilarda ana shular takomillashib boradi. Odam organizmi ham funksional vosita rolini bajarishi mumkin (balet artisti; sport pedagog-murabbiyi, ashulachi, sirk akrobati). Mana shu kasblarni egallagan kishilar uchun o’z xotirasida juda ko’p qoidalarni, ma`lumotlarni saqlab qolish qobiliyati, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z-o’zini boshqarish qobiliyati xarakterli bo’ladi. Kasb guruhlari. Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati —mehnat sharoitlari boyicha kasblar klassifikatsiyasiga to’xtalib o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi:
1. Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (Mt). Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu kasb gruppasiga kiritish mumkin.
2. Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash bilan bog’liq bo’lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, sug’oruvchi va boshqalar.
3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq tsexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta`siri bo’lgan tsexlarda ishlash (G`). Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g’avvos va hokazo.
4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat boyliklari, moddiy ne`matlar uchun oshirilgan ma`naviy mas`uliyat bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, militsiya noziri, texnika xavfsizligi muxandisi va boshqa kasblarni mana shu mehnat guruhiga kiritish mumkin.
Kasb tanlash formulasi. Piramidaning to’rtta-qavati to’ldirilgan Beshinchisi hozircha bo’sh qoldirilgan. Bu yerga siz o’zingiz tanlagan kasbning bir necha harfdan iborat bo’lgan formulasi shartli belgisini yozib qoyishingiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga, turkumiga, bo’limiga, guruhiga muvofiq keladi.
Masalan, siz o’simliklar bilan ish olib borishni xohlaysiz, deylik. Siz qo’l mehnatini engillashtiradigan ish qurollaridan foydalanib faol ravishda o’zgartiruvchilik faoliyati bilan mashg’ul bo’lasiz. Lekin bunda o’z mehnatingiz kundalik, oddiy, maishiy sharoitlarga yaqin bo’lgan bir vaziyatda kechishini istaysiz. Bunday vaqtda siz tanlagan
kasbning formulasi shunday bo’ladi: PPRB («Odam-tabiat» tipidagi kasb, o’zgartiruvchi kasblar guruhidan, qo’l mehnati ishlatiladigan kasblardan, mehnat sharoiti — maishiy). Mana shu yo’nalishda olib borilgan aniq maqsadni ko’zlovchi izlanishlar mashg’ulotning konkret turini topishga yordam beradi: masalan, ushbu formulaga tevarak-atrofdagi iqlimdan himoya qilingan tuproq sharoitida (teplitsa xo’jaligida) ishlovchi meva-sabzavotchi (gulchi) kasbi to’g’ri keladi. Siz endi yaxshi bilasizki, har qanday kasbni muayyan klassifikatsiya to’riga faqat shartli ravishdagina kiritish mumkin.
Amalda esa bir kasbning o’sha klassifikatsiyaning bir necha turiga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi misollar juda ko’p. Axir, bir tipga mansub bo’lgan har qanday kasbda albatta, boshqa kasbga xos bo’lgan belgilar ham uchraydi. Hamma gap shundaki, mana shu o’xshash jihatlarning qaysilari asosiy belgilar - u, qaysi biri ikkinchi rejaga olinishini, lekin baribir muhim belgi bo’lib qolishini aniqlab olish kerak. Shularning hammasini formulada hisobga olish mumkin.
Buning uchun unga qo’shimcha harfli indekslar kiritish lozim. Masalan, siz o’zingiz xohlagan bo’lg’usi kasbingizda Tab. va B.o. tipiga xos belgilar bo’lishini istaysiz, deylik (buni biz Tab., B.o. deb belgilaymiz). Bunda sizga yoqadigan kasblarning biri gulchilik-dekoratorlik bo’lib chiqadi.
Shunday ham bo’lishi mumkinki, hosil qilingan formulaga hozircha hech bir kasb to’g’ri kelmaydi, ya`ni hali hayotda bunday kasbning o’zi yo’q. U holda formulani boshqatdan tuzishga to’g’ri keladi, uni real hayotga yaqinlashtiriladi. Bunday qilinayotgan vaqtda kasb tanlashga: «kerak, qo’limdan keladi, xohlayman» degan shior asos qilib olinmog’i kerak.Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: «Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir.Ba’zilar «Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali», deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat topa olmaydi.Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.Ishoning, kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz allaqachon biror kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z bajarayotgan ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling. Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar o’zingiz zavqlanib ishlaydigan faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling.
Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy sevimli kasbingiz hisoblanadi!O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy hara kat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular mehnat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli texnologiya fanining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi. Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tar biyalash,umum insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega.Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.
• Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;
3. O‘rta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsatkich va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan shakllantirish:
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan- sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini,javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o‘tkazish.
6. Texnologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha – multimedialar ko‘rsatish.
7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
- o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq
yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini tarbiyalab borish;
- o‘quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda
ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasblar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o‘quvchilarning o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va egallangan bilimlarni amalda qo‘llashlariga erishish;
- o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining texnologiya fani darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini texnologiya fani va tarbiyasi jarayonida o‘qitiladigan «Loy va plastillin bilan ishlash» ish turiga oid, haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va ip turlari bilan ishlash” ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma ijodiyot, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tar kibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in son uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘llash butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etila digan umum maktab vazifasi hisoblanadi.Shu bilan birga, bu ishda texnologiya fani alohida o‘rinni egallaydi.O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1. O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib,ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.
Kasbni ongli ravishda tanlash mohiyatini ochib berarkan, akademik G.S.Kostyuk uning quyidagi qismlarini qayd etadi:
a) jamiyat manfaatlari yo'lida mehnatga ijobiy munosabat,
mehnatsevarlik, mehnat har bir insonning burchi ekanligini to'g'ri
anglash;
b)muayyan kasb-hunarlar haqidagi bilimlarga ega bo'lish;
v) o'z-o'ziga to'g'ri baho bera olish.
Kasbga yo'naltirish ishlarining tarixan shakllangan bosqichlari asosida 3 tizimga bo'lish mumkin.
1. Tashkiliy - texnik
2. Tibbiy - psixologik
3. Pedagogik - psixologik
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab
beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchi larni mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘ liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar haqida bilim oladilar va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quv chilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.
5. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat fikri”mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni muhokama qilish shular jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yax shilab tanishish istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. O‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mik ro guruhlarga birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tash kiliy formalari qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarning ma’lum qismidan kasb
tanlashga yo‘llash ishi uchun foydalaniladi.
Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini
yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda
keltirishi mumkin.Kasbga yo‘llash, qiziqtirish hamda malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya
ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin texnologiya fani fanlari
bo‘yi cha tarbiyaviy ishlar ning o‘ziga xos xususiyatlari,
maqsadi,vazifal arining beqiyos ahamiyati mavjud.
91
Tarbiya jarayonida o'quvchining qobiliyatlari, bu qobiliyatlarning
rivojlanish bosqichlari u, yoki bu kasb haqida muayyan ma'lumotlarga
ega bo'lish, bolalar psixologiyasini hisobga olish talab etiladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash uchun qanday ishlar amalga
oshiriladi?
2.Kasb turkumlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Kasb tiplari haqida nimalarni bilasiz?
4.Boshlang’ich sinfda o’quvchilarni mehnatga tarbiyalashga
yo’naltiradigan qanday mavzularni bilasiz?
5. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh
bosqichlari mazmuni nimalarda o’z ifodasini topadi?
Download 31,34 Kb.




Download 31,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalsh

Download 31,34 Kb.