Mavzu: turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xususiyatlari




Download 271,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.01.2024
Hajmi271,4 Kb.
#148406
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MAVZU

Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining 
turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda 
aholi tomonidan aniq bir turistik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan 
belgilanadi
10

Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun 
uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular 
jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab 
qilinadigan aniq mahsulotni etkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq 
imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir 
xil bo‘lmagan holda undan soni jihatidan farq qiladi. Aniq bir turistik mahsulot 
(marshrut) ning taklif qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo‘lishi mumkin. 
Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik 
industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar hajmiga bog‘liq bo‘ladi. 

Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.Sh., Tursunova G.R. Turizm. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2014. – 
389 b. 
10 
Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.Sh., Tursunova G.R. Turizm. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2014. 
– 389 b. 


Talab va taklif o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi: talab faqatgina taklifni 
yuzaga keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan: turistik xizmatga bog‘liq bo‘lgan talab hajmi unga bo‘lgan narx 
ko‘tarilganda ortib boradi, narx tushsa takliflar soni ham kamayadi. 
Turistik xizmat bozorida turistning xizmatga bo‘lgan talabi uchun pul 
vositasining almashinuvi sodir bo‘ladi. Muvofiqlashtirilgan holatdagi almashinuvda 
bir tomondan turistik mahsulot ikkinchi tomondan esa turistik industriyaning kirib 
kelishi uchun sharoit yaratiladi. 
Turistik xizmat bozori o‘zining qabul qila olish chegarasi (sig‘imdorligi) bilan 
tavsiflanadi, ya’ni aniq bir belgilangan davrda (mavsum bir oyda) belgilangan 
turistik mahsulotni amaldagi narxlar va takliflarga muvofiq sota olishidir. Bozorning 
sig‘imdorligi aholining talab doirasida to‘lov qobiliyatiga egaligi, narx darajasi va 
turistik takliflarning tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan talab va 
narx darajasiga qarab qisqarishi yoki bo‘lmasa, aksincha oshib borishi mumkin. 
Bozorning sig‘imi va uning o‘zgarish tendensiyasini biladigan korxona ushbu 
bozordan rivojlanish darajasi uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Turistik xizmat bozorida: bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan hamda 
turistik aylanma harakatni yaratuvchi pul oqimi yo‘nalishi va turistik mahsulotning 
muntazam harakatlanishini yaratib beruvchi omil vujudga keladi 
Ma’lumki bozor - bu turli mexanizmlardan iborat bo‘lib, turli mahsulot turlari 
va xizmatlar uchun tug‘ilajak talab va takliflarni muvofiqlashtirib turadi. Unda 
katta hajmdagi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan aniq bir mahsulot -ya’ni, turistik 
mahsulotni sotib olishga xohishi va iloji bor potensial haridorlar harakat qilishadi. 
Bu erda tovarni sotuvchi hamda bozor harakatlanishi sharoitini o‘zgartiruvchi 
haridorlar, dallollar shuningdek aniq va faol raqobatchilarni aniqlab olish mumkin. 
Turizm xizmat bozorida sotish va sotib olishning asosiy manbai xizmat 
hisoblanadi. Haridor va sotuvchidan tashqari turistik xizmat bozori mexanizmiga 
sezirarli darajada dallollik bug‘inlari ham kiradi. 


Turistik xizmatga bo‘lgan talablar bir necha xil xususiyatlarga ega: moddiy 
imkoniyatli ishtirokchilarning turli - tuman qatnovi, yoshlari, maqsad va sabablar: 
egiluvchanligi, alohida harakterli va differensiyalan-ganlikning yuqori darajasi: 
turistik takliflardan vaqt va masofa bo‘yicha uzoqligi. 
Turistik mahsulot iste’molchilarining sanoqbay tavsifiga ko‘ra uch xil turdagi 
turizm bozorlariga ajratiladi: ommaviy, mashhur va individual
11


Download 271,4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 271,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xususiyatlari

Download 271,4 Kb.
Pdf ko'rish