2.2. Turizm bozori sig‘imini aniqlash usullari
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning
noishlabchiqarish sohasi, xususan turizm sohasiga e’tibor tobora kuchayib
bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini
tiklashga, dunyoni, halqlarning urf-odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar.
Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat
doirasini o‘zgartirib, yangi erlarni kashf qilishiga intilgan. XX asrga kelib bunday
intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ayrim
mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har
yillik o‘sish sur’ati 8%-10% gacha boradi. Bular turizm sohasining qanchalik
darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan
dalolat beradi
13
.
13
Илъина Е.Н. Туроперейтинг: организация деятельности. Учебник. – М.: Финансы и статистика, 2008. –
256с.
8
Turistik faoliyatda erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan
turoperatorlar keng bozor izlanishlari orqali o‘z turmahsulotlarini sotishni
ta’minlaydi, uning natijalari ishlab chiqarish va sotish dasturini tuzishda asosiy
manba sifatida foydalaniladi. Bozorni o‘rganish potensial turistlar ehtiyojlarini,
ularning turpaketga bo‘lgan talablarini, talab motivini aniqlashga imkoniyat beradi,
bu narsalar esa turfirmalarning turmahsulotlarni yaratish va yo‘nalishlarini tashkil
etish va boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Turistlarning iste’mol qilish
texnologiyasini, kompaniya tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish,
kelajakdagi ehtiyojni prognozlash va bozorga yangi turdagi turmahsulot taklif qilish
imkonini beradi. Bu tadbirlar sotish hajmini ortishiga va bozorning katta ulushiga
egalik qilishiga yordam beradi.
Turizm xizmatlar bozorini tadqiqotining asosiy usuli - bozorni segmentlash
asosida sistemali tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda kerakli samara
va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir. Bozorni o‘rganish natijasida ikki xil
axborot olinadi: miqdoriy - bozor sig‘imi, bozorda firmaning ishi va uning
raqobatchilari haqida va sifat xarakteridagi axborot - bozor strukturasi; sotilayotgan
turmahsulotning ehtiyojlarga, alohida turistlar o‘lchamlariga mos kelish darajasi;
ularning sifati, tipi, turlariga qo‘yiladigan talablari; turistlar foydalanadigan moddiy
resurslar haqida. Tadqiqot o‘rganish samaradorligini ta’minlash bir qator tadbirlarni
amalga oshirish: talab qilinadigan axborotlarni aniqlashda muhimligini baholash;
axborot yig‘ish manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig‘ish va tahlil
qilish, takomillashtirish yo‘llarini
izlash; izlanish va uning natijalarining
samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Axborotlarning ob’ektivligi va
aniqligi marketing samaradorligini aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur
turfirmalar barcha mamlakat va bozorlarda axborot tizimlari tashkil qilishadi.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi etakchi turfirmalarning (kompaniyalarning)
tajribasi shuni ko‘rsatadi-ki, tadqiqot ishlarining samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha olib borilganda oshadi
14
:
14
Mr. Alan Saffery, Ms. Michelle Morgan, and Mr. Otgonbaatar Tulga. The business of inbound tour operators/ Of
the United States Agency for International Development or the United States Government.-2007. – 77 p.
9
bozor sig‘imini aniqlash, bozor “ovqati” (ozig‘i) ni topish;
turistlar amaliyotini, motivlarini, ularning hulq-atvorlarini taqlil qilish;
sotishning umumiy shartlarini tahlil qilish va uni prognozlash;
raqobatchilarni, ular strategiyasi va taktikasini o‘rganish;
bozordagi raqobatning o‘zini tahlil qilish.
Turizm xizmatlar bozorini o‘lchamlarini aniqlash, turfirma o‘zining har bir
turmahsuloti uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga
yordam beradi. Bu turmahsulot assortimenti va sotish dasturini rejalashtirishda qo‘l
keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alohida turmahsulotlar
bozori kuchsiz raqobatning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa
turfirma raqobatchilari faoliyatini o‘rganish kerak emas degani emasdir.
Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir:
mamlakat bozorida turmahsulot sotuvchi turfirmalarning faoliyatini
o‘rganish uchun;
turoperatorlar talabga ega bo‘lgan turmahsulotni ishlab chiqarishga
o‘zgartirish;
yangi turmahsulot, boshqarishning yangi metodlariga o‘tish bilan
raqobatchilar kurashining ko‘chayish ehtimoli uchun;
tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish maqsadida.
Marketing faoliyatining muhim ob’ekti - turfirma uchun eng muhimi, bozorlarni
aniqlashdan iboratdir. Alohida turmahsulotlar va turpaket guruhlari, alohida
regionlar va mamlakatlar, ichki va tashqi bozorlar, kapital, ish kuchi, xaridorlar va
sotuvchilar bozorlari mavjud. Ular ichidan turizm uchun eng muhimi tashqi va ichki
turizm bozorlaridir. Ichki turizm bozori- bir mamlakat chegarasidagi turmahsulot
muomalasini o‘z ichiga olsa, tashqi turizm - milliy davlat chegaralari ortidagi
turmahsulot muomalasi yig‘indisidir. Ichki turizm bozori ishtirokchilari mahalliy
tur firmalar, kompaniya va tashkilotlar; tashqi turizm bozori ishtirokchilari alohida
mamlakatlar
milliy
chegarasidan
tashqariga
chiqadigan
turmahsulotlar
muomalasida ishtirok etadigan turfirmalardir, ya’ni bu
10
bozor ma’lum bir mamlakatga nisbatangina tashqi hisoblanadi. Ichki va tashqi
turizm bozolarning rivojlanish darajasi, ular kon’yukturasi va sig‘imiga bog‘liq
bo‘ladi. Ma’lumki, kon’yuktura bu - ma’lum davrdagi baho darajasi sharoitidagi
talab va taklif nisbatidir.
Turizm xizmatlar bozorini kon’yukturasini va uning istiqbollarini etarlicha
hisobga olmaslik, turfirmalar uchun inqiroz, zarar, sinishga aylanishi mumkin.
Bozor kon’yukturasiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish, ilmiy-texnika
taraqqiyoti, kapital va ishlab chiqarishning markazlashuvi, inflyasiya, iqtisodning
harbiylashuvi orqali ta’sir o‘tkazish mumkin.
Omillarning bir qismi doimiy emas, shuning uchun kon’yukturaga epizodik
ta’sir o‘tkazadi. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: ijtimoiy omillar, jumladan, ish
tashlash, baykotlar, tabiiy ofatlar, beqaror siyosiy holatlar va boshqalar. Ma’lum
bozorlar shartlari va xususiyatlariga bog‘liq ravishda kon’yuktura hosil qiluvchi
omillar soni o‘zgaradi. Ularning kon’yukturaga o‘tkazadigan ta’sir kuchi ham
o‘zgaruvchandir. Birgina omil turli xil sharoitlar va vaqt oralig‘ida ma’lum bozorga
va uning alohida sektorlariga turlicha ta’sir qiladi.
Mana shu sababdan kon’yukturani o‘rganish faqatgina muhim va kerakli
bo‘lmay, balki murakkab hamdir. Bu ish turli usullarda o‘z kuchlari bilan va
vositachi ixtisoslashgan turfirma va kompaniyalar orqali amalga oshiriladi. Bu
faoliyat
natijalari
mos
keluvchi davrdagi
kon’yuktura holati sifatida
rasmiylashtiriladi. Kon’yuktura holatining kompleks tavsifnomasi unda o‘z aksini
topadi, asosiy yo‘nalishlar, prognoz va uning rivojlanishi ta’kidlanadi.
Kon’yukturani tadqiq qilish bozorning turmahsulot bilan to‘yinishi iqtisodiy
samaradorligini hisoblash bilan yakunlanishi kerak. Bozorning turidan qat’iy nazar,
iqtisodiy samaradorlik natijalar va xarajatlar nisbati bilan aniqlanadi.
Ichki Turizm xizmatlar bozori sig‘imini hisoblashda boshqa omillar ham hisobga
olinadi: to‘lov qobiliyatiga ega talab, turmahsulotlar bozorining umuman
(raqobatchilar mahsuloti bilan ham) to‘yinganligi, turist boshiga o‘rtacha iste’mol,
turfirmalar, tashkilotlar ehtiyojlari. Milliy iqtisodiyot ayrim tarmoqlarining
rivojlanish tendensiyalarini, ularning texnik va texnologik rivojlanish darajasi
11
tashqi firmalar, davlat va tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan
investitsiyalarini ham, shuningdek e’tiborga olish kerak. Muammoni nisbatan keng,
har tomonlama va kompleks o‘rganish kerak. Turfirma o‘z manfaatlaridan kelib
chiqqan holda, o‘z turmahsulotlarining bozordagi ulushining ortishiga harakat
qilishi kerak, bu narsa shu bozordagi etakchilikka erishishning asosiy omilidir. Lekin
bunda bozordagi ulushning ortishi bilan turfirmalar oladigan foyda o‘rtasida uzviy
aloqadorlik qonuniyati mavjud. Bu masalani amalga oshirish uchun bahoning
pasayishi, turmahsulot sifatining ortishi, yangi turpaketlarni ishlab chiqish va joriy
qilish, reklamani kengaytirish va umuman firma “imidji”ni oshirishga yo‘naltirilgan
marketing faoliyatini ko‘chaytirish kerak
15
.
Marketing faoliyatining muhim vazifasi turfirma imkoniyatlarini bozordagi
ulushining asta-sekin ortishiga yo‘naltirish va tadbirlar ishlab chiqishdir. Xulosa
qilib oladigan bo‘lsak xar qanday harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad
turfirmaning kuchli raqobat sharoitida bozorda o‘zining mustahkam o‘rniga ega
bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
15
Tuxliyev I.S., Ibadullaev N.E. Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari. O‘quv qo‘llanma. – S.:
SamISI, 2011.– 256 b.
|