• Kalit so’zlar
  • Tasviriy san’at va uning mohiyati, tur va janrlari xamroqul Boboqulovich Raxmonqulov Muattar Fazliddin qizi Bekkeldiyeva Terdu annotatsiya




    Download 0,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana14.12.2023
    Hajmi0,77 Mb.
    #118404
    Bog'liq
    tasviriy-san-at-va-uning-mohiyati-tur-va-janrlari



    TASVIRIY SAN’AT VA UNING MOHIYATI, TUR VA JANRLARI 
     
    Xamroqul Boboqulovich Raxmonqulov 
    Muattar Fazliddin qizi Bekkeldiyeva
    TerDU 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san’atning hozirgi kunda tutgan o’rni va 
    tasviriy san’at va uning mohiyati, tur va janrlari haqida ma’lumot berilgan. Aslida 
    san’atning turlari juda ko’p. Ular badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino, 
    xoreografiya, me’morchilik, amaliy bezak kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir. 
    Odatda, haqqoniy borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda fazoviy kengiikda yoki 
    tekislikda (qog’oz yuzasida) aks ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy 
    san’at tushunchasi keng ma’noga ega. Rassom tasviriy san’at bo’yicha ijod qilar ekan 
    u bu yo’nalishning tur va janrlarini bilmasligi tasviriy san’atning haqiqiy ijodkori bo’la 
    olmasligidan dalolatdir. 
    Kalit so’zlar: Tasviriy san’at, tur va janr, ijod, natyurmot, portret, manzara, 
    haykaltaroshlik, kompozitsiya. 
    FINE ART AND ITS NATURE, TYPES AND GENREES 
    Khamroqul Bobokulovich Rahmonkulov 
    Muattar Fazliddin qizi Bekkeldiyeva 
    TerSU 
    Abstract: This article provides information about the current role of fine arts and 
    the fine arts and its essence, types and genres. The fact that an artist does not know the 
    types and genres of the field in which he works in the field of fine arts is a sign that he 
    cannot be a true creator of fine arts. 
    Keywords: Fine arts, type and genre, creativity, still life, portrait, landscape, 
    sculpture, composition. 
    KIRISH
    Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha 
    sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan 
    keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki 
    dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va 
    sanʼat rivojiga, ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish 
    mumkin. 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    540
    http://oac.dsmi-qf.uz


    Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat 
    va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi degan so’zlarining zamirida keng 
    ma’no mujassamdir. Shunday ekan san’at xususan tasviriy san’atni o’rganar ekanmiz, 
    biz avvalo tasviriy san’atning maqsad vazifalari hamda 
    tasviriy san’at va uning 
    mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog’imiz lozim. Ushbu Maqolada ham bu haqida 
    fikr yuritamiz. 
    Tasviriy san’ai va uning mohiyati, tur va janrlari Tasviriy san’at - eng qadimiy va 
    keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. Aslida san’atning turlari juda ko’p. Ular badiiy 
    adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino, xoreografiya, me’morchilik, amaliy bezak 
    kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir. Odatda, haqqoniy borliqni tasviriy 
    obrazlarda, shakllarda fazoviy kengiikda yoki tekislikda (qog’oz yuzasida) aks 
    ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy san’at tushunchasi keng ma’noga 
    ega. XIX asrgacha me’morchilik, haykaltaroshlik va rangtasvir tasviriy san’atning 
    turlari boMib hisoblangan. Asrning oxirlarida esa grafika tasviriy san’atning eng 
    muhim va hozirjavob turlaridan biriga aylandi. So’nggi 20 yil ichida san’atning dizayn 
    kabi turi ham o’z o’mini topdi. Tasviriy san’atning hamma turiari bir-biriga juda yaqin 
    va ularning bir qator o’xshashliklari bor. Lekin har birining o’ziga xos tasvirlash 
    uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ulaming har biri ishlatilish o’mi, 
    tasvirlaydigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator turiarga va janriarga 
    boMinadi. Grafika. Grafika yunoncha «grapho» so’zidan olingan boMib, «yozaman», 
    «chizaman» degan ma’noni anglatadi.
    Grafikaga oddiy qora qalam, tushda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiyalar 
    kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasmlar, illyustratsiya, plakat, 
    hajviy, sharj, efiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san’ati asosan 
    chiziq, shakl va oq qora ranglar orqali tasvirlanadi. San’atning ayrim turlarida 
    bo’yoqlardan ham foydalaniladi, lekin asar mazmunini ochib berishda asosiy vazifani 
    o’tamaydi, faqat kishilami jalb qilishi yoki chaqiriq vazifasini bajarishi mumkin. 
    Shuning uchun ham bu sohada ikki uch xildan ortiq bo’yoq deyarli ishlatilmaydi.
    Tasvir mazmuni, xarakteri va boshqa barcha xususiyatlari bo’yoqlar orqali 
    ifodalab berilsa, rangtasvir san’ati deb ataladi. Tasviriy san’atning bu turida ijodkor o’z 
    ichki kechinmalarini ranglar orqali tasvirlaydi, fazoning cheksizligi, undagi 
    narsalaming rang- barangligi, moddiyligini mohirona ko’rsatadi. Masalan, qizil va qora 
    bo’yoqlarda fojiaviylik aks ettirilsa, och moviy va yashil ranglarda tinch va osoyishta 
    holatlar tasvirlanishi mumkin.
    Rangtasvir san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni 
    idrok qila bilishda ham o’quvchidan muayyan tayyorgarlikni talab etadi. Rangtasvir 
    asarlari yana o’zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko’ra monumental, dastgohli va 
    dekorativ turiarga bo’linadi. Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas 
    bog’liq bo’lib bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    541
    http://oac.dsmi-qf.uz


    hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoq 
    masofadan ko’rishga mo’ljallanadi va obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda 
    tasvirlanadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq 
    to’g’risida haqqoniy tasawur berishi kerak. Monumental rangtasvir me’morchilikda 
    ma’lum miqdorda bezash vazifasini o’taydi, shuning uchun uni ba’zan monumental-
    dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi.
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
    Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi bo’lib, lotincha «skulpo» so’zidan 
    olingan, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, o’yish, tarashlash» orqali ishlov berish 
    ma’nosini anglatadi. Haykaltaroshlik san’ati ko’rinishiga qarab, dumaloq va qabariq 
    (relef) haykaliar yaratish turiga bo’linadi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan 
    ko’rish mumkin. Agar bu san’atda inson obrazining bosh qismi yoki beligacha 
    tasvirlansa, bunday haykaliar byust deb ataladi. Relef (qabariq) haykaliar esa yuzaga 
    bo’rttirib ishlangani uchun faqat bir tomondan ko’rishga moMjallangan bo’ladi. 
    Releflar o’z o’rnida Gorelef va Barelef guruhiga boiinadi. Gorelef - yuzaga yopishgan 
    holda nisbatan bo’rtib ko’rinadi. Goho biror bir boiagi dumaloq haykal darajasida ham 
    boiadi. Bareleflar yuzaga nisbatan kam bo’rtib tasvirlanadi, bu o’rinda tanga va 
    taqinchoqlarni misol keltirish mumkin. Haykaltaroshlik asarlari asosan qattiq 
    jismlardan - tosh, yog’och, marmar, granit, bronza, gips va boshqa shu kabi 
    materiallardan tayyorlanadi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun 
    berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitdan ishlangan haykaliar kishida 
    ulug’vorlik, abadiylik baxsh etsa, aksincha marmardan ishlangan haykaliar nozik, koi-
    kam ko’rinadi. Shuning uchun haykaliar o’zining mazmuni va o’rnatiladigan joyiga 
    qarab har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko’p. Bu plastilin, 
    loy, yog’och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. Qimmatli 
    metallar - oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qoilaniladi. Haykaltaroshlik 
    asarida tevarak-atrofga bo’lgan munosabat, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin 
    etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo haykaltaroshning o’ta ziyrakligi, odam 
    gavdasi va mimik o’zgarishlarini to’g’ri ifodalashi muhim o’rinni egallaydi. To’g’ri 
    topilgan harakat, yuzdagi mimik holat - bular uning ta’sirli boMishiga zamin 
    tayyorlaydi. Eynulla Aliyev, Abdumo’min Boymatov, Ulug’bek Mardiyev, Ilhom 
    Jabborov kabi haykaltaroshlar shu sohada samarali ijod qilishmoqda. 
    Tasviriy san’at janrlari Portret janri. Insonning ichki ruhiy olami bilan bog’langan 
    holda aniq bir obraz yaratilishi portret san’ati deb yuritiladi. Portretda insonning to’la 
    gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat o’zi ham bo’lishi mumkin. Portret yaratish 
    o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy, 
    ma’naviy, shuningdek, tashqi ko’rinishidagi barcha jihatlarini aks ettirishi bilan san’at 
    darajasidagi asar boMishi mumkin. Portretchi rassom odamlarga xos turli harakatlami 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    542
    http://oac.dsmi-qf.uz


    his qila bilmog’i, ayniqsa, odamning qiyofasidagi samimiyük yoki soxta jihatlami 
    tasviriay bilish qobiiiyatiariga ega bo’ilshi kerak.
    O’zbekiston xalq rassomi akademik M.Nabiyev buyuk siymolar obrazini o’ziga 
    xos talqin eta oigan iste’dodli mo’yqalam sohibidir. Uning «Amir Temur» portreti 
    fikrimiz dalilidir. Buyuk Sarkardaning, taxtda o’ychan qilichga qoilarini qo’yib oürgan 
    hoiati mohirona tasvirlangan. Uning yurt tinchligi, xalq farovonligini o’ta ziyraklik 
    bilan mushohada etayotganligi ishonarli ko’rsatilgan. Boshidagi shoxlik toji barvasta 
    qomatlariga juda mos tushgan. Uning nihoyatda qattiq qo’lligi, dovyurak va abjirligi, 
    o’ta zakovatliligi yuzidagi qiyofada o’z ifodasini topgan. Inson obrazini yaratish - 
    tasviriy san’atda eng murakkab jarayon hisoblanadi. Tasviriy san’atning portret janri 
    insonning ma’naviy qiyofasini o’zida ifodalashi bilan san’atning boshqa turlaridan 
    birmuncha farq qiladi. Portret orqali inson obrazini mohirona koisata oigan buyuk 
    rassomlar qatoriga Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, shuningdek, 
    o’zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, 
    Malik Nabyiev va boshqa bir qancha rassomlarni kiritish mumkin.
    Natyurmort 
    - fransuzcha «jonsiz tabiat» degan ma’noni beradi. Odamlar hayotida 
    ishlatiladigan, ko’pincha turmushda zarur boigan turli buyumlar, mehnat qurollari
    sabzavot va mevalar, gullar, parranda va mayda hayvonlar tasvirlanadi, ya’ni 
    natyurmort san’atida insonning maishiy hayoti aks ettiriladi. Natyurmort XVI asrning 
    oxirlariga kelib, mustaqil janr sifatida shakllandi. XVII asrga kelib, Gollandiya va 
    Flandiya, XVIII asrda esa Fransiya tasviriy san’atida keng tarqaldi. Ma’lumki, har bir 
    rassom tasviriy san’at sirlarini o’rganishni natyurmort ishlashdan boshlaydi. 
    Natyurmort asarlarini diqqat bilan o’rgangan kishi ularda ma’lum davr ijtimoiy 
    hayotining aksini ko’radi va shu davrda yashagan odamlarning turmush tarzi haqida 
    tasavvurga ega bo’ladi.
    Natyurmort.
     Vaholanki, natyurmort janrida barakali ijod etish uchun ham tinmay 
    o’qish, o’rganish va izlanish zarur. Tasviriy san’atning gullab yashnashida Piter Klass, 
    Jan-Batist-Simeon Sharden, Frans Snayders, I. Xrutskiy, P.Konchalovskiy, I.Mashkov, 
    N.Kashina, Rahim Ahmedov, G’ofur Abdurahmanov, Akmal Ikromjonovlarning o’z o 
    ‘rni bor. Natyurmort janrida asar yaratish rassom xayolida uzoq vaqt davom etadigan 
    kuzatishlar natijasida yoki to’satdan paydo bo’lishi ham mumkin.
    Manzara janri - Go’zal ona tabiatnmg turli ko’rinishlarini san’atda aks mahorat 
    bilan aks ettirganlar. Yevropada manzara XVI-XVII asrlarda taraqqiy etdi. 
    G’.Abdurahmonov. Oydin kecha. XIX asming ikkinchi yarmidagi rus realistik 
    san’atida manzarjanri beqiyos o’sdi. Bu janrning novatorlaridan biri A.K.Savrasovdir. 
    Tog’, o’rmon, dengiz, shahar va qishloq manzaralárining tasvirlanishi manzara janriga 
    tegishlidir. Manzaraning mohir ustalari Klod Loren, LShishkin, LLevitan, O’. 
    Tansiqboyev, N.Karaxan, G’.Abdurahmonov va boshqa mashhur rassomlar ijodini bu 
    borada misol keltirish mumkin.
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    543
    http://oac.dsmi-qf.uz


    Tarixiy janrda - uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, 
    xalqlaming turmush madaniyati tasvirianadi. U Uyg’onish davrida vujudga kelib, XIX 
    asr ms san’atida keng rivojlangan. Rus san’atida bu janrning ko’zga ko’ringan 
    namoyandalaridan biri V.LSurikov edi. U qator ajoyib « O’qchilar qatl etilgan tong» 
    kabi asarlarni yaratdi. Rassomning tarixiy janrda ilgari surgan asosiy maqsadi xalqning 
    o’tmishda boshidan kechirganlarini ko’rsatish edi. Tarixiy mavzudagi asarlarga taniqli 
    musavvir M.Nabiyevning «Eski maktab» asari misol boÍa oladi. Batal janr - «batal» 
    fransuzcha so’z boiib, «jang», «urush» ma’nosini bildiradi. Tarixiy urush voqealarini, 
    harbiy yurish manzaralarini aks ettiruvchi janr. Batal janr mavzusi jihatidan tarixiy 
    janrga yaqin turadi. Jang bilan bevosita bogiiq boigan tarixiy voqealarni ham 
    ko’rsatadi. Musavvirlardan M.Grekov, G.Savitskiy, A.Deyneka, R.Rizamuhamedov 
    (Muqanna qo’zg’oloni), T.Sodiqov (To’marisning qasosi), M.Nabiyevlarning 
    (Spitamen qo’zg’oloni) asariari bunga yorqin dalil bo’la oladi.
    Maishiy janr - tasviriy san’atda kishilaming kundalik maishiy hayotini, turli 
    voqealami o’zida mujassamlashtiradi. Rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor 
    XVII asrda ijod etgan Golland rassomlari - Piter de Xox, Ostade, Sten, Terborx, 
    Vermef kabilar ijodida namoyon boiadi. Rus realist rassomlaridan P.Fedotov, V.Perov, 
    V.Maksimov, K.Savitskiy, I.Repin kabilar maishiy janming rivoj lanishiga ham katta 
    hissa qo’shdilar. O’zbek rassomlaridan R.Ahmedov, M.Saidov, Z.Inog’omov, 
    R.Choriyev, F.Abdurahmonovlar ham ushbu janrda barakali ijod etmoqdalar. 
    Z.Inog’omov. Qiyom payti.
    Animalistik Janr o’zgacha tasviriy san’at turidir. U lotincha «anima» - hayvonot 
    olami degan ma’noni bildiradi. Animalist - rassom hayvonot dunyosiga zo’r qiziqish, 
    sevgi va mahorat bilan yondashadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta 
    ahamiyatga ega boigan. o’sha davrda ular g’orlaming devorlarida kiyik, qo’tos, 
    mamontlaming suratlarini chizganlar. Qadimgi Yaponiyada va Xitoyda hayvonlaming 
    tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda 
    asosiy hisoblangan. XVII asrga kelib, hayvonot olami anatomiyasini buyuk musawirlar 
    Leonardo da Vinchi va A. Dyurerlar ishlab chiqdilar.
    NATIJALAR VA MUHOKAMA 
    O’zbekistonda dekorativ-amaliy san’at tasviriy san’atning eng qadimdan rivoj 
    topgan yagona va barhayot turi boiib keldi. Amaliy san’atning ko’p tarqalgan va eng 
    ommaviy turi kashtachilík boiib, u qadimiy an’analarga ega, o’zbek kashtachiligida 
    guldastani, majnuntolni, quyoshni ba’zan daraxt shoxlariga qo’ngan qushlar, hayvon 
    va odam tasvirlarini ham uchratamiz. O’zbekistonning eng qadimiy madaniyat 
    o’chog’lari hisoblangan Buxoro va Samarqand so’zanalari o’zining serrangligi, 
    shakllarining turli-tumanligi va ulaming nihoyatda nozik tikilishi bilan farqlanadi. 
    Shahrisabzjik ayollar tikkan kashtachilik buyumlari esa ko’proq gilamni eslatadi. 
    O’zbek oilalarida uyning ichki devorlarining tekis qismiga aylantirib ilib qo’yiladigan 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    544
    http://oac.dsmi-qf.uz


    dorpechdan bezak maqsadida foydalaniladi. Ulaming past qismida shokila-shokila 
    bo’lib osilib turgan kokillari bo’ladi. Do’ppichiardagi bir shakl qayta takrorlanaveradi. 
    Bu gulli daraxt yoki guldastani qator qilib safga tizib qo’ygandagidek manzarani 
    beradi. O’zbek kashtachiligida do’ppi alohida o’rinni egallaydi. Shahrisabzning gilam 
    do’ppisi, Buxoroning zar do’ppisi, Farg’onaning chust do’ppisi, iroqi, duxoba va 
    boshqa do’ppilar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Do’ppi nusxalari ichida 
    eng mashhuri chust do’ppilaridir. Qora atlas (yoki satin) ustiga ipak bilan tikilgan 
    bodom guli (yoki qalampir), kizzaka tushirilgan gullar do’ppiga nafislik baxsh etadi. 
    Kashtachilik san’atidagi belbog’, dastro’mol, sandalpech, bo’g’macha va turli 
    to’rvachalar ham nafis bezatiladi. O’zbek kashtachiligining an’analari hozirgi kunda 
    ham muvaffaqiyatli ravishda rivojlanmoqda.
    Kashtachilik san’atida kishilar portretini aks ettirish ham paydo bo’ldi. Namshoxl 
    gazlamalar - beqasam, banoras va adras, atlaslar xalqimiz tomonidan e’zozlanadi. 
    O’zbek xalqi ipak yetishtirishda mohir bo’libgina qolmay, balki shohi atlaslami 
    to’qigan, uni nihoyatda yuqori badiiy did bilan bo’yay oigan. Nuqul ipakdan tikilgan 
    to’rt, sakkiz, o’n ikki tepkili atlaslar jahonga dong taratgan. Atlas gazmollar 
    kompozitsiya jihatdan turli-tumandir.
    Ganchkorlik - O’zbekistonda amaliy san’atning eng sevimli va qadimiy turlardan 
    biridir. Amaliy san’atning bu turida Buxoro va toshkentlik ustalar samarali mehnat 
    qilganlar. Avvallari devorlar o’yma gulli ganchkorlik pannolar bilan bezatilar, 
    taxmonlar qirrasiga naqshlar o’yilardi. Tokchalar bo’lsa o’ymakor yoki jimjima 
    tabaqalar bilan yasatilar, xonaga nur va havo kirib turishi uchun deraza va eshik ustidan 
    tuynuk qo’yib unga ganch va yog’ochdan panjara o’rnatilar edi. Hozirda qandil, navo, 
    ship kabi me’morchilik detallari ganchlardan tayyorlanmoqda. Shuningdek, madaniyat 
    saroylari, klublar, teatr va uy-joy binolarining ichki va tashqi qismini qurishda 
    ganchkorlikdan keng foydalanilmoqda. O‘zbek ganchkorligining ajoyib sahifasini 
    Buxoro yaqinidagi Sitorai-mohi hosadagi «Oq uyda», Toshkentdagi Navoiy nomli 
    katta opera va balet teatrida ko’rishimiz mumkin. San’atning bu ajoyib va murakkab 
    turida ustalardan Usta Shirin Murodov, Toshpo’lat Arslonqulovlar dong taratganlar.
    Amaliy san’atning yog’och o’ymakorligi turi qadimdan mavjud bo’lib, o’zining 
    boy an’analariga ega. Yog’och o’ymakorligi asarlari eshik, deraza, quti, xontaxta, kitob 
    tokchalari, qutichalar, qanddon, ustunlar, o’yinchoqlarda o’z aksini topgan. 
    O’zbekistonning xalq san’atida yog’och o’ymakorligi salmoqli o’rinni egallaydi. Bu 
    borada Xiva ustalarining ishlari maqtovga loyiqdir. Ular ishlagan asarlar 
    o’simliksimon elementlaming ko’pligi va bo’rttirib ishlanganligi bilan boshqa 
    asarlardan ajralib turadi.
    XULOSA
    O’zbek misgarligi san’ati juda qadimdan shuhrat qozonib keldi. Sai’iq va qizil 
    misdan ishlangan turli xil xo’jalik va uy-ro’zg’or buyumlari juda nozik shakllar bilan 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    545
    http://oac.dsmi-qf.uz


    bezatiladi. Bezatilgan mis asboblar Buxoro, Qo’qon, Samarqand, Qarshi va Xiva 
    shaharlarida ko’proq yasaladi. Misgarlikda bu shahar ustalarining o’ziga xos ishlash 
    uslubi bor. Lagan, patnis, choy idish, oftoba va obdastalar misgarlik buyumlari ichida 
    eng ko’p tarqalgan buyumlardir. Suyak o’ymakorligi san’ati mamlakatning shimolida, 
    ayniqsa, Xolmogorsk, Tobolsk va Chukotkada keng rivojlangan. O’rta Osiyoda suyak 
    o’ymakorligi geografik sharoiti tufayli rivojlanmagan. Ammo xalq amaliy san’atining 
    boshqa turiarida (pichoqchilikda) qo’llanilgan. Bular oddiy suyaklardan (qoramol, 
    echki shoxlaridan) ishlangan.
    Naqqoshlik. Xalq ustalari tajribasida naqshning quyidagi turlari ko’proq 
    qo’llaniladi: islimi - egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat naqsh; girih - to’g’ri 
    chiziqli elementlai’dan geometrik shakl hosil qiluvchi naqsh; murakkab naqsh - bu 
    avvalgi ikki gumhdagi naqsh (islimi va girih) elementlarining yig’indisidan iborat.
     
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. S.F.Abdirasilov. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. - T.: «Fan va 
    texnologiya», 2012, 8-.7 bet. 
    2. Zarina, Muhammadiyeva, and Qayumova Sabina. "THE PRACTICAL 
    IMPORTANCE OF TYPES AND GENRES OF FINE ARTS IN HUMAN LIFE." 
    Universum: технические науки 11-5 (92) (2021): 90-91. 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
    ISSN 2181-063X
    546
    http://oac.dsmi-qf.uz

    Download 0,77 Mb.




    Download 0,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasviriy san’at va uning mohiyati, tur va janrlari xamroqul Boboqulovich Raxmonqulov Muattar Fazliddin qizi Bekkeldiyeva Terdu annotatsiya

    Download 0,77 Mb.
    Pdf ko'rish