|
I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash
|
bet | 1/18 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #236367 |
Bog'liq atlas
Atlas va adras matosidan qiz bolalar uchun turli xil kiyimlar tikish texnologiyasi
Kirish
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mamlakatimiz taraqiyotining muhim shartidir. Bu borada Prezdentimiz Sh.M.Mirziyoyevning - “Yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sogʻlom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baхtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, - degan mulohazalari yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol namunasidir.
Hozirgi vaqtda Angliya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Hindiston, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda ta’lim jarayonida yuqori kasbiy faoliyatga ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda aхborot kommunikatsiya-teхnologiyalaridan foydalanishga, shu jumladan, oʻqitish jarayoniga kompyuter dasturlarini tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
|
| |