|
I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash
|
bet | 3/18 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #236367 |
Bog'liq atlasZamonaviy kiyimlar assortimenti. Тikuvchilik sanoatida qabul qilingan kiyimlarning sinflanishi uning vazifasini aniqlab beruvchi himoya funksiyasi belgisiga koʻra aniqlanadi. Bu belgiga koʻra kiyimlarni 3 ta sinfga boʻlish mumkin:
Maishiy kiyimning vazifasi odam organizmini iqlimiy ta’sirlardan himoya qilishdir. Sport kiyimlari sportchining tanasini turli xil shikastlardan saqlash bilan birga, uning sport sohasida katta yutuqlarga erishishi uchun zamin tayyorlashdir. Ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab
chiqarish ta’sirlaridan muxofaza qilishdir. Bu kiyim sinflari oʻz navbatida kichik sinflarga, turlarga, guruh va kichik guruhlarga boʻlinadi. Ayniqsa, maishiy kiyimlar sinfi koʻp sonli boʻlib, ular oʻz navbatida foydalanish sharoitiga qarab quyidagi kichik sinflarga boʻlinadi:
ich kiyimlar;
koʻylak-kostyumlar;
ust kiyimlar (palto, kalta paltolar, plashlar, kurtka va hokazo);
korset buyumlari;
bosh kiyimlar (kepka, furajka, beretka, shapka, shlyapa, panama va hokazo);
turli xil qoʻlqoplar.
Har bir kichik sinf oʻz navbatida yana turlarga boʻlinadi. Masalan, koʻylak-kostyumli kichik sinflar guruxi quyidagi turlarga boʻlinadi:
pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, jiletlar, shimlar, koʻylaklar, yubkalar va hokazo.
Jins va yosh alomatlariga koʻra kiyimlarni quyidagi guruhlarga: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. Bolalar kiyimi yoshiga koʻra oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi:
chaqaloqlar kiyimi;
yasli yoshidagi oʻgʻil va qiz bolalar kiyimi;
maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi;
maktab yoshidagi bolalar kiyimi;
oʻsmirlar kiyimi.
Kiyimlar yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga boʻlinadi. Bu kiyimlar qayerga kiyilishiga qarab quyidagilarga:
kundalik kiyim;
uy kiyimi;
tantanali kiyim;
ish kiyimlariga ajratiladi.
Sport kiyimlari sinfi sport turiga qarab kichik sinflarga, yosh va jins alomatlariga qarab guruhlarga boʻlinadi. Ishlab chiqarish kiyimlari esa vazifasiga koʻra quyidagi 3 ta kichik sinflarga boʻlinadi:
maxsus kiyimlar;
forma kiyimlari;
texnologik kiyimlar.
Maxsus kiyim — odamni zararli muhitdan (mexanik ta’sirlardan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, kislota, ishqor, yogʻ va h.k. ta’sirlardan) muxofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Maxsus kiyimlar maishiy kiyimlarga oʻxshab oʻz navbatida guruhlarga
boʻlinadi. Ularga kurtkalar, shimlar, kombenizonlar, plashlar va hokazolar kiradi.
Forma kiyimlari — temir yoʻl ishchilari, harbiylar, aviasiya, daryo va dengiz xodimlari va boshqalar uchun tikiladi. Ularga shinel, palto, kitel, shim, kostyum, kuylak, ich kiyim va boshqalar kiradi.
Тexnologik kiyim — tibbiyot va yuqori aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarishda odamni mehnat predmetlaridan muhofaza qilish uchun moʻljallangan kiyimlar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish kiyimlari ham maishiy kiyimlar singari yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga boʻlinadi.
|
| |