• Gigienik talablar deganda
  • Ekspluatasion talablar
  • I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash




    Download 1,86 Mb.
    bet5/18
    Sana15.05.2024
    Hajmi1,86 Mb.
    #236367
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    atlas

    Kiyimga qoʻyiladigan talablar. Kiyimni loyihalash kiyimga qoʻyiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qoʻyiladi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qoʻyiladi. Iste’molchining talabi oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi:

    1. Gigiyenik talab.

    2. Ekspluatasion talab.

    3. Estetik talab.

    Gigienik talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sogʻligʻiga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo oʻtkazuvchan boʻlishi, quyosh nurini qaytaruvchan boʻlishi, namni shimuvchan boʻlishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol oʻynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, iрak, jun, zigʻir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi.
    Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay boʻlishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar koʻpincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil boʻlishiga, bichimi esa qulay boʻlishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yogʻingarchilik koʻpligiga asoslanib koʻproq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.
    Ekspluatasion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli boʻlishi kerak. Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, choʻziladigan, rangini oʻzgartiradigan yoki gʻijimlanadigan boʻlsa u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamanin xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini toʻgʻri tanlash kerak, ya’ni choʻziluvchan, sitiluvchan, gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani
    ma’qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, choʻntak ogʻizlari koʻp ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim oʻz koʻrinishini yoʻqotadi.

    Download 1,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash

    Download 1,86 Mb.