I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash




Download 1,86 Mb.
bet14/18
Sana15.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#236367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
atlas

5. Belbogʻ


5.1. Belbogʻ

Kalka qogʻoz, qalam, chizgʻich, oʻchirgʻich.



Belbogʻ qirqimlari atrofidan 0,5-0,7 sm chok kengligi chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi.
Chizilgan chiziqlar asosida andoza kesiladi. Andozada №2 jadvalga asosan tanda ipi yoʻnalishi va №3 jadvalga asosan boʻlak raqami qoʻyiladi.


2.2. Qiz bolalar kiyimlarni bichish va tikish
Tavsiya etilayotgan qizlar koʻylagi paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori temperaturaga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalar bolalar kiyimlarini tayyorlashda keng qoʻllaniladi.
Bichishdan oldin paxta va ipak tolali gazlamalar namlanadi va quritiladi, lekin quritib yubormasdan, ipni boʻy yoʻnalishda dazmollanadi. Bichilgan, tayyorlangan gazlamani stolga joylashtiriladi. Yakka tartibdagi kiyimlarni tikishda koʻproq gazlamani buklab oʻngi tarafini ichkariga qoʻyiladi. Andozalar bu holda yarim boʻlaklarni bajaradi. Gazlamani eni 60-70 sm boʻlsa yoki qiyin rasmli boʻlsa, gazlamani ochib joylashtiriladi. Bu holda andoza sifati boʻlaklar soniga toʻgʻri kelishi kerak. Gazlamaga andozani joylaptirilganda ipni boʻyi yoʻnalishiga va gazlamadagi rasmga ahamiyat berish kerak.
Boʻy yoʻnalishi andoza asosiy boʻlaklarida yoʻnalishni ipni boʻyiga joylashtiriladi, chunki eniga bichilsa, boʻlaklar choʻzilib ketadi. Hamma andoza boʻlaklarda «Boʻylama ip» deb belgilanadi, agar ziyi kesilgan boʻlsa ip boʻyi choʻzilmaydi, shundan ip boʻyi yoʻnalishini belgilaydi.
Andozani gazlamaga joylashtirish yirik boʻlaklardan (ort boʻlak, old boʻlak, yeng yubka old va ort boʻlagi). Barcha mayda andaza boʻlaklari yirik boʻlaklarning oraligʻiga joylanadi, bunda andazaning boʻylama ip yoʻnalishi gazlamaning boʻylama ip yoʻnalishi bilan mos tushishi kerak.
Tayyor koʻylak boʻlaklarining andazasi gazlamaga bulakalari yordamida qadaladi. Konturlari boʻylab oʻtkir charxlangan boʻr, yoki quruq sovun boʻlagi bilan chiziladi. Bunda avval uzun chiziqlar soʻngra kalta toʻgʻri va egri chiziqlar, burchaklar, belgilangan holda chiziladi. Chok uchun qoʻshimcha miqdori aniqlab olingach, ikkinchi borlama chiziqlar chiziladi. Soʻngra andazalar yechib olinadi. Gazlamani ikkinchi boʻrlangan chiziq boʻylab kesiladi.
Zamonaviy qiz bolalar koʻylagi oddiy, kiyishga qulay, yengil, tez-tez yuvishga mos, dazmol qilishga qulay boʻlishi kerak. Koʻylakni tikishda arzon matodan, arzon bezak beykalaridan, furnituralardan, toʻrlardan, applikatsiyadan, kashta choklardan, turli bahyaqatorlardan foydalanilgan holda tikiladi. Koʻylakni tikish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi. 1-bosqichda mayda boʻlaklarni tayyorlab olinadi. 2-bosqichda boʻlaklar yigʻiladi.
1-bosqich. Mayda boʻlaklarni tayyorlash, bunda old boʻlak oʻrta qismiga applikatsiyani tikish, orqa boʻlak oʻrta qirqimini tikish, qoʻyma boʻlaklarni tayyorlash, belbogʻni tayyorlashdan iborat.





Download 1,86 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 1,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash

Download 1,86 Mb.