|
I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash
|
bet | 2/18 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #236367 |
Bog'liq atlasKurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mavsumdan mavsumga mahalliy dizaynerlar doimiy ijodiy oʻsishni namoyish etadilar va ularning yangi gʻoyalarni izlashlari kichik, ammo muntazam talabalar bilan toʻldiriladi. Taqdim etilgan moda liboslari toʻplamlarining umumiy darajasi ancha yuqori. Ayniqsa, nodir boʻlishni toʻxtatgan va har ikkinchi toʻplamda topiladigan figuraga yaxshi mos kelishi va yuqori sifatli texnologik ishlov berishni ta'kidlash kerak.
Oʻylaymanki, mahsulotlarni loyihalash va modellashtirish hozirda juda dolzarb, chunki doʻkon javonlarida joylashgan kiyimlar individual emas, qimmat va sifatsiz boʻlishi mumkin.
Kurs ishining maqsadi:
Mahsulot dizayni. Dizayn - bu mahsulotning yangi qiyofasini yaratish, bozorni oʻrganish, iqtisodiy hisob-kitoblar va asoslash, modelning eskizini tayyorlash, shuningdek, mahsulot va uning qismlari chizmalarini qurish.
Texnologiya fani oʻquvchilariga qiz bolalar kiyimlari uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish materiallarini tayyorlash texnologik xarita yaratish boʻyicha bilim, koʻnikma, malakaga ega boʻlish.
Kurs ishining vazifalari:
- Atlas va adras matosidan qiz bolalar uchun turli xil kiyimlarini modellashtirish, haqida bilimlarini rivojlantirish.;
-Zamonaviy moda yoʻnalishlari asosida Atlas va adras matosidan qiz bolalar uchun turli xil kiyimlar modellari uchun andaza tayyorlashni oʻrganish;
- Gazlamaga qoʻyiladigan talablar va loyihalanayotgan qiz bolalar uchun turli xil kiyimlari uchun gazlama tanlashni oʻrganish;
- qiz bolalar uchun turli xil kiyimlarini bichish va tikish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragrif, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I. BOB. ATLAS VA ADRAS MATOSIDAN QIZ BOLALAR KIYIMLARI UCHUN FASON TANLASH
1.1. Qiz bolalar kiyimlarining tavsifi
Oʻzbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat oʻzida moddiy va ma’naviy boyliklarni mujassam etadi. Moddiy madaniyat inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarni oʻzida namoyon etadi. Ma’naviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy e’tiqodimiz, an’analarimizni qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning bir koʻrinishi sifatida milliy liboslar shu qadar koʻp qirrali va noyob hodisa boʻlib, u xalqning etnik tarixi va madaniyatini, oʻziga xos estetik qarashlari, didi va an’analarini oʻzida aks ettiradi. Til madaniyati, xalq ogʻzaki ijodi, an’ana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar ma’lum bir millatning muayyan hayot tarzi haqida e’tiborli ma’lumotlar beradi.
|
| |