Atlas va adras matosi haqida tushuncha




Download 1,86 Mb.
bet7/18
Sana15.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#236367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
atlas

1.2. Atlas va adras matosi haqida tushuncha
Tomchidek dur minglab harsang toshlaridan qimmatroq boʻlganidek, oʻzbek xunarmandlarining qalb qoʻridan yaralgan atlas va adras ham koʻplab matolardan qadirliroq. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr bоshlarida Oʻzbekistоn toʻqimachilik san‘ati va dekоrativ amaliy san‘ati keng rivоjlangan edi. An‘anaviy oʻzbek shоyilari (kaunas, shоyi, xоnatlas), nimshоyilar ( beqasam, banоras, parpasha, adras) Buxоrо, Samarqand, Namangan va bоshqa shaharlarda ishlab chiqarilardi. Oʻrta Оsiyo aslzоdalari shu gazmоllardan kiyim kiyishardi. Kambagʻal ahоlining kiyimi asоsan ip matоlardan (boʻz, оlacha, susi, janda) boʻlardi.
Oʻzbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip-gazlama, ipak, jun va gazlamalar kiradi. Ip-gazlama matolarining turlari va navlari juda ham koʻp. Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash Oʻzbekistonda juda qadimdan mavjud boʻlgan. Ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish qisman cheklangan edi. Bu soha asosan ma‘lum hududlarda toʻplangan boʻlib, ipakli va yarim ipakli matolardan yuqori sinf vakillarigina foydalanishgan. Chunonchi, ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari markazlarida, ularga qarashli yirik shahar va qishloqlarda yoʻlga qoʻyilgan edi. Oddiy mehnatkashlar esa asosan ip - gazlama matolardan foydalangan. Oddiy matolar kundalik yurish - turish uchun, ipakli va yarim ipakli matolardan esa toʻy - tantana, bayramlarda kiyish uchun kiyimlar tikilgan. Oʻtmishda oʻlkamizdagi butun shaharlar faqat ma‘lum bir nav va ranglardagi gazlamani toʻqishga ixtisoslashgan edi. Badiiy toʻquvchilikning mahalliy maktablari mavjud edi. Bularning bari matolarni boʻyash san‘atining yuksakligi, mahalliy gazlama toʻqish uslublari, ular qoʻlidan chiqadigan matolar rang-boʻyogʻi va gullarning bir-biriga oʻxshashligi, nafisligi bilan ajralib turgan. Quyida manashu matolarning ayrimlariga bir-ikki ogʻiz ta‘rif berib o‗tamiz: Beqasam - yoʻl-yoʻl gazmol boʻlib undan erkak va ayol bolalar uchun kundalik kiyiladigan toʻnlar, koʻrpa-koʻrpachalar tikilgan
Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqalanib, undan ayollarning ustki kiyimi boʻlmish paranji tikilgan.
Adras - abr iplari bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Guli ikki tomonlama boʻlganligi uchun ayrim joylarda duroʻya deb ataladi. Arqoq ipi yoʻgʻonroq boʻlganligi uchun gazlama yuzasida koʻndalang chiviqlar hosil boʻladi. Gullari abr usulida boʻlib sariq, koʻk, pushti, qizil ranglar qoʻllanilgan.
Beqasam, beqasab — yoʻl-yoʻl gulli pishiq mato; tanda ipi ipak, arqogʻi ipdan toʻqiladi. Arqoq ipi tanda ipidan yoʻgʻonroq boʻlgani uchun mato yuzasida koʻndalang chiziqlar (gʻadirbudurlik) hosil boʻladi. Toʻqish jarayonida arqoq ipi hoʻllanib turiladi. Maxsus ishlov berib kudunglangandan soʻng Beqasamning bir tarafi atlasdek silliq, bir tarafi tovlanib turadi. Oldindan boʻyalgan tanda iplari ishlatilishi natijasida Beqasam guli ikki tomonlama xilmaxil va rangbarang boʻladi. Oʻrta Osiyoning yirik ipakchilik markazlarida ishlab chiqarilgan Beqasamlar qalinyupqaligi, mato enining torkengligi, rang xillarining tanlanishi, yoʻlyoʻl gullarining tartibi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Buxoro—Samarqand Beqasamlarining arqoq ipi yoʻgʻon, mujassamoti markazi oddiy bir meʼyorda takrorlanuvchi aniq keng (pushti, sariq, zangori yoki pushti, binafsha, sariq tusli) yoʻllardan, qirgʻogʻi esa hoshiya yoʻllardan iborat. Bundan tashqari, "zanjira" gullar, abr nusxa yoki turli kvadrat, chiziqcha, mayda gullar va boshqa tasvirlar qoʻshib bezatilgan. Mahalliy yorqin koloriti ranglarga boy. Beqasam Buxoro—Samarqand vodiysida olacha nomi bilan ham mashhur.
Fargʻona vodiysi Beqasamlari yupqa va mayin, chunki arqoq ipi ingichkaroq; guli, asosan, sovuq feruzabinafsha ranglardan iborat, koʻproq boʻrkoʻk tusli va turli xil yashil ranglarning bir-biriga mayin oʻtishi bilan boshqa beqasamlardan ajralib turadi. Baʼzi anʼanaviy gullari ("besh kashta", "Bayrok" )da yashil rangga yorqin pushti rang aralashtirilgan. Qadimda kuyov toʻnlariga ishlatilgan Namangan "oq beqasam, asosan, oq, sariq, yashil tusli qilib toʻqilgan. Namangan, Margʻilon, Qoʻqon toʻqimachilik fabrikalarida beqasamning oq, chiviq, olti katak, marmar va boshqa turlari ishlab chiqariladi. Beqasamdan kiyim (toʻn, kamzul, koʻylak va boshqalar)lar, koʻrpacha va boshqa tayyorlanadi.
Atlas (arab.-tekis, silliq) – tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban – kalandrdan oʻtkaziladi. Oʻzbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlashib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni hosil qiladi. Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir. Atlasning toʻqilish jarayoni: toʻrt tepkili Atlas toʻrt tepkili dastgohda, sakkiz tepkili Atlas sakkiz tepkili dastgoxda toʻqiladi. Tandaga gulalar tandaning har sakkiz naxi toʻqilishda ustma-ust keladigan qilib koʻtariladi, naxlar tepkilarga muvofiq-lashtirilib, gulalar oʻynagʻichlarga ulanadi. Tepki bosilganda gulaning biri pastga tortilib, ustma-ust yotgan naxlardan birining komi ochiladi va orasidan birinchi arqoq ipi oʻtadi, ikkinchi tepki bosilsa, ikkinchi komi ochilib, ikkinchi arqoq ipi oʻtadi. Shu tariqa sakkiz nax orasiga sakkiz arqoq ipi ustma-ust tushib, tanda ipi matoning ustiga tomon joylana borib toʻqima bir yuzlamaga aylanadi.
Ipak atlas matosi. Ipak nima? Ipak atlasini tushunish uchun ipak nima ekanligini tushunishingiz kerak. Dunyodagi oʻsimliklardan kelib chiqadigan tabiiy tolalardan farqli oʻlaroq, ipak hasharot tomonidan yaratilgan. Ipak qurti pilla hosil qilib, odamlar tolaga aylantiradigan materialdan iborat. Ipak qurti tijorat operatsiyalarida koʻpaytiriladi, bunda pilla ajratiladi va alohida ipak ipak atlasga aylanadigan materialni tayyorlash uchun ishlatiladigan iplarga aylantiriladi.
Saten mato toʻqish usuli hisoblanadi. Bugungi kunda atlaslar turli xil sintetik va tabiiy tolalardan qilingan boʻlib, ipak atlas eng qimmatli hisoblanadi. Saten toʻqish jarayonida hosil boʻlgan matoga porlaydi. Jarayonga matoning yaltiroq va koʻrinadigan silliq yuzasini yaratish uchun burama iplarni boshqa tolalar ustiga surish orqali erishiladi.
Ipak atlas juda oʻziga xos materialdir. U koʻplab matolarga qaraganda qimmatlidir va mato bilan ishlashda eng hashamatli qiyofani yaratishni istagan ichki bezatuvchilar, tikuvchilar, tikuvchilar va boshqalar tomonidan yuqori baholanadi. Ipak atlas ikkala koʻrinishga ham, boylikka ham ega, va uni juda talabga keltiradigan qator fazilatlarga ega.
Ipak atlas shubhasiz chiroyli koʻrinishga ega. Sintetik tolalardan yasalgan atlaslarga, asosan material sezgirligi tufayli afzallik beriladi. Butun ipakdan qilingan atlas statik elektrni jalb qilmaydi va tabiiy tolalardan tikilgan matolar kabi nafas oladi. Poliesterdan yasalgan ipaklar juda qiziydi. Ipak mato, shuningdek, mato ishlab chiqaruvchilarga sintetik tolaga erishilgandan koʻra boyroq rangdagi atlaslar yaratishga imkon beradi.
Atlas sintetik tolalar paydo boʻlishidan oldin asrlar davomida ipakdan qilinganligi sababli, Xitoy ming yillar davomida atlas ishlab chiqarishda monopoliyaga ega edi. 1300-yillarda Evropada ipak ishlab chiqarish boshlandi. Bu atlasni hech boʻlmaganda yuqori sinf uchun ancha qulay va arzonroq qildi va u tez orada zodagonlarning va sevimli ishlarning sevimli matolaridan biriga aylandi.
Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan toʻquvchilik markazlari Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, Zandona, Fargʻona vodiysida Namangan, Beshariq tumanlarida mavjud edi. Adras va atlas toʻqish Margʻilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr bshlarida bu yerda koʻplab adras toʻquvchi atlas toʻquvchi kosiblar boʻlishgan. Adras 1920- yillargacha Margʻilon, Xoʻjand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda toʻqilib, Oʻrta Osiyo bozorlaridan tashqari Avgʻoniston, Xitoy kabi qoʻshni mamlakatlarda ham sotilgan. Iplarni abr usulida boʻyash ham kata mahorat talab etadi. E‘tiborlisi, barcha ranglar tabiiy usulda, boʻyoq beruvchi giyohlardan tayyorlanadi.

Abr soʻzining ma‘nosi bulut deb ta‘riflanadi. Abr matolar er.av.XIX asrlarda rivojlanganligi bizga ma‘lum . Atlas va adrasning mashhur turlari koʻp boʻlib, hozirda atlas va adrasning oʻnlab turlari uchraydi. Bular quyidagila: ―Margʻilon‖, Navroʻz‖, ―Rasadxona‖, Bibixonim‖, ―Nogʻora‖, ―Kiprik‖, ―Panja‖, ―Kelinchak‖, ―Bargi karam‖, ―Chaqirim‖, ―Yahudiy nusxa‖, ―Nomozshomgul‖, ―Shaxmat‖, ―Qora koʻzim‖. Xulosa: Demak milliy matolarimiz atlas va adras matolari qadimdan faqatgina qoʻl ishi sifatida mashur boʻlgan. Bugungi kunga kelib esa avtomatlashtirilgan mashinalarda yaratilmoqda, leki hozirda ham qoʻl ishi bilan yaratilgan milliy matolarga talab yuqori.
Demak milliy matolarimiz atlas va adras matolari qadimdan faqatgina qoʻl ishi sifatida mashur boʻlgan. Bugungi kunga kelib esa avtomatlashtirilgan mashinalarda yaratilmoqda, leki hozirda ham qoʻl ishi bilan yaratilgan milliy matolarga talab yuqori. Bundan tashqari milliy matolarimizdan adrasdan milliylik va zamonaviylikni uygʻunlashtirilgan holda koʻplab liboslar yaratilmoqda. Siz aynan shunday ajoyib liboslarni turfa xillarini hozirgi vaqtda uchratishingiz mumkin.

Download 1,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 1,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atlas va adras matosi haqida tushuncha

Download 1,86 Mb.