Moda va uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda toʻgʻrisida tushuncha




Download 1,86 Mb.
bet4/18
Sana15.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#236367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
atlas

Moda va uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda toʻgʻrisida tushuncha. Moda — ancha murakkab hodisa boʻlib, u jamiyat hayotining qator omillariga bogʻliq va inson faoliyatining koʻp sohalariga yoyiladi. Moda ostida hayot va madaniyatning biron-bir sohasida ma’lum didlarning uzoq davom etmaydigan hukmronligini tushunish lozim. U odamlar ijtimoiy xulqini tartibga solish tizimi bilan bogʻliq boʻlgan uslubning shartli u yoki bu darajada oʻzgarishini
tavsiflaydi. Ijtimoiy xulq tizimi oʻzgarishlarining qisqa muddatliligi bilan farq qiladi va boshqa qator tizimlar bilan bogʻliq boʻlib, ular orasidan etiket, axloq, huquq, odat va hokazolarni ajratib koʻrsatish mumkin. Moda doimo uning yorqin namoyon boʻlishi sifatida kostum bilan bogʻliq boʻlgan, uni bunyod etuvchi sabablarni esa hayotning ijtimoiy namoyon boʻlishi, sinfiylik bilan bogʻlangan odamlar ustidan ustunlik, atrof-muhitdan ajralib turishga intilish har doim kostumda ifodalangan. Jamiyatning turli qatlamlari unga turlicha qarashadi. Kishilarning ma’lum guruhi modaga nisbatan yuqori ta’sirchan, ular odatda hammadan tezroq eng oʻtkir yangiliklarni qabul qiladi; yangi modaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻladigan kishilar ham bor, ular modani qabul qilishi va uning qonunlariga rioya qilgunlaricha ma’lum vaqt oʻtadi, chunki moda ijtimoiy xulq me’yorlarini taklif qiladi va hatto uni aytib turadi. Odatda eng oʻtkir yangiliklar – yoshlar uchun, oʻrta yoshli ayollar ancha barqaror klassik shakllarni afzal koʻradi. Biroq moda evolyutsiyasining oʻzi iste’molchilar guruhining aynan shunday nisbatini talab etadi, ya’ni kimdir modani ertaroq, kimdir kechroq qabul qilishi, kimdir uning faqat klassik gʻoyalarini qabul qilishi. Shuning uchun har qanday modada ikki-uch moda osti boʻlib, ular aholining turli ijtimoiy guruhlari talablariga javob beradi.
Modaning boshlanishini ba’zi mualliflar oʻrta asrlarga, boshqalari ancha ertaroq davrlarga tegishli deb hisoblashadi. Biroq toʻliq asos bilan aytish mumkinki, moda – XX asrda kiyimni tayyorlashning industrial-uslubiy paydo boʻlishidan boshlab juda muhim rol oʻynaydi. Moda markazi uzoq vaqt Parij boʻlgan va boʻlib qolmoqda. Fransuz modasining ustuvorlik sabablaridan biri shuki, u fransuz iqtisodiyotida juda muhim rol oʻynaydi. Moda xalqaro maydonida oʻz oʻrnini egallagan «Nina Richchi», «Iv Sen Loran», «Pyer Karden»,
«Andre Kurrej», «Jak Geym», «Madlen Vone», «Lui Bulanj» kabi firmalar bilan bir qatorda keyingi yillarda shuhrat qozongan qator yangi firmalar paydo boʻldi. Bu «Jan Pol Gatye»,
«Karolin Milbani», «Lagerfeld», «Klod», «Montana», «Yamolota»», «Alayya» va boshqalar. Fransuz modelerlarining ba’zi ijodiy xarakteristikalariga toʻxtalib oʻtamiz. 20-yillardan buyon mavjud boʻlgan eng mashhur firmalardan biri «Shanel». Firma asoschisi Gabriel Shanel XX asr ishbilarmon elegant ayoli timsolini tushuna oldi va oʻz modellarida ifodalay oldi. U mavsumiy yarimpalto-kostumlar, yubkalar va bluzkalar, koʻylak, kostum modellarini ishlab chiqdi. Modaning tez-tez almashinuviga qaramay, uning mahsulotlari bir xil uzunlik – tizzadan past bilan farqlangan. Gazlamalar rangini u jonligi tabiat koloritida topgan – bugʻdoy dalasi, arpa noni, smorodina, atirgul, siren ranglari va ularga qoʻshimcha qora va oq ranglar. Gazlama fakturalari gʻovak, siyraklashtirilgan, yoʻl-yoʻl yoki katakchali rasmli, koʻpincha modellar pe-de-pul va pe-de-kok gazlamadan bajarilgan. Fransuz tilidan tarjimasi pe-de-pul – oʻrdak panjasi, pe-de-kok – xoʻroz panjasi. Bu juda xarakterli dinamik katakchali rasmlari boʻlgan gazlamalar. Iv Sen Loran firmasi 50-yillar oxiridan boshlab mavjud. U mashhur Kristian Dior qoʻlida ishlagan va uning oʻlimidan keyin oʻzining shaxsiy Modellar Uyini ochgan. 1961 yilda Iv Sen Loran dengiz motivlari asosida yaratilgan oʻzining birinchi modellar toʻplami bilan chiqqan. Modellar yaratishda uning asosiy shiori «ayollar kiyimida erkaklar kiyimi». U ayollar kostumida erkaklar kostumi xususiyatlaridan foydalanishga harakat qilgan (ayol lar smokingi, kvadrat yelkalar, platformada oyoq kiyimi). U Rossiya, Afrika, Ispaniya, Xitoy xalq kostumlaridan ilhomlangan va bu motivlar asosida har yili yangi toʻplamlar yaratgan. 1978-yilda kostumlarda «Brodvey motivlari»ni aks ettiradi, 1979-yili harbiylashtirilgan xarakterdagi jaketlar paydo boʻladi. 1980-yili u oʻz toʻplamini shoir va yozuvchilarga, xususan Apoliner, Aragonga bagʻishlaydi, 1981-yilda esa Matiss polotnolaridan rang va shakllar oladi.
1982-yil Iv Sen Loran zamonaviy toʻplamga hind san’ati motivlarini kiritadi, 1985-yilda esa ayollar kostumida oq va qora ranglar asimmetriyasi va kaltalashtirilgan jaket va shimlarni taklif etadi. Mashhur zamonaviy modelerlardan biri Pyer Karden. Ma’lumoti boʻyicha u me’mor boʻlib oʻzining yaxlitlikni koʻra
olish, uygʻunlashuvchi hajmlarni yasay olish malakasini kiyimda namoyon etdi. U kiyim «yasash» bino yoki mebel yasashdek oson, deb aytadi. Pyer Karden – nafaqat kiyim, balki mebel, bolalar oʻyinchoqlari, interyer jihozlari, idishlarni loyihalashtirish va hokazolar bilan shugʻullanuvchi modelerlardan biri. U zamonaviylikni yaxshi aks ettiruvchi oʻz uslubini yaratgan. Modellashtirishdagi asosiy prinsip yelkalar va bel nisbatini topish deb hisoblaydi va buni yangi proporsiyalarda aks ettiradi. Uning modellarida qora va oq tonlar uygʻunlashuvini, kamtarin grim, kostumning asimmetrik yechimi, olinuvchi detallarni koʻpuchratish mumkin. Uning modellari geometrik shakllarning keskin uygʻunligi bilan farq qiladi. «Nina Richi» firmasi 50-yillardan beri mavjud boʻlib, hozirgi vaqtda modellar toʻplamini yaratilishiga Jerar Pipar boshchilik qiladi, u tomoshabinlar e’tiborini ranglar uygʻunligiga qaratadi. Bu firma modellarida ayollik nafosati va jozibasini ilgari suradi; tantanali kechalar uchun tayyorlangan kiyimlarida esa beli xipchalangan mahsulotlarning turli faktura va rang ta’sirlaridan foydalanish, shuningdek, klassik tipdagi palto va koʻylaklar xarakterlidir. Yetakchi firmalar va modellar uylari jahon modasi yetakchilari obroʻsini saqlab qolishga intilib, yagona noyob mahsulotlarni sotish bilan yashab boʻlmasligini, ommaviy ishlab chiqarish uchun modellar yaratish kerakligini tushunishadi, chunki, bu firmalarning noyob mahsulotlarini aholining koʻpchiligi sotib ololmaydi.
Shuning uchun 50-yillarda «Pret-a-porte» firmasi tashkil etiladi, u kichik seriyalarda tayyor modali kiyimlarni ishlab chiqarishga moʻljallanadi. Bu yerda oʻrtacha daromadli odamlarga narxi toʻgʻri keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Moda hatto juda zamonaviy, qiziqarli, biroq murakkab boʻlmagan mahsulotlarni taklif etadi va kostumda sinflar oʻrtasidagi chegaralarni yoʻqotgandek boʻladi. Bu firmalar tomonidan tayyorlanuvchi kiyimlar shakli, rangi va materiali bilan yagona noyob moda mahsulotlaridan kam farq qiladi, biroq u arzonroq. Hozirgi vaqtda «Pret-a-porte» firmalari oʻz shaxsiy taraqqiyot yoʻliga ega va muvaffaqiyat bilan raqobatlashmoqda.

Download 1,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moda va uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda toʻgʻrisida tushuncha

Download 1,86 Mb.