|
Mavzu: O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi manbashunosligi. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 188,09 Kb. | | #155503 |
Bog'liq 1-mavzu O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi manbashunos-fayllar.org
Mavzu: O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi manbashunosligi.
Reja:
1. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalasi tarix fanining bosh masalasi ekanligi.
2. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalasini tarix fanida qo‘yilishi va uni tarix fanida o‘rganishlikning zaruriyati.
3. O‘zbek etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda 1942 yilda Toshkentda o‘tkazilgan o‘zbek etnogenezi va etnik tarixiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyaning roli va uning materiallari. Masala echimiga kompleks yondashuvning boshlanishi.
4. I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasi va unda o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasini ko‘tarilishi.
Tayanch tushuncha va iboralar: O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha Toshkent konferensiyasidan keyingi yillarda olib borilgan kompleks xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari. O‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasida jadidlardan SHerali Lapin va Maxmudxo‘ja Bexbudiy qarashlari, V.Radlov, G. Vamberi, V.V.Bartold, N.Ostroumov, YU.Bregel, R.Masov, S.Polyakov, I.Rashidov yondashuvlari,. A.yu. YAkubovskiy, S.P.Tolstov, L.V.Oshanin, A.N.Bernshtam, YA.G.Gulomov, V.Nalivkin, I Magidovich, B.G.Gafurov, M.G.Vaxabov va A.Axmedov qarashlari, K.SH.SHoniyozov, A.A.Asqarov, T.Xo‘jayov nuqtai nazarlari va boshqalar. Mustaqillik yillarida masalani ko‘tarilishi va unga bildirilgan turlicha munosabatlar.
1. Har bir xalqning tarixi uning etnogenezi va etnik tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Etnogenez va etnik tarix esa tarix fanining bosh masalasidir. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi O‘zbekiston xalqlari tarixining tarkibiy qismini tashkil etadi. U tarixiy yozma manbalar, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, lingvistika, toponimika, epigrafika, numizmatika kabi fanlar bilan o‘zaro aloqada va uzviy bog‘liq bo‘lib, ularsiz o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini mukammal ilmiy o‘rganib bo‘lmaydi. Ayniqsa ushbu muammoning etnogenez qismini o‘rganishda ulardan olingan ma’lu-motlar masala echimiga ko‘p oydinliklar kiritadi.
Dastlab, sobiq sovet hokimiyati tarkibida milliy respublikalarni tashkil etish jarayoni ketayotgan kezlarda, o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasi faqat turk etnosi bilan bog‘liq holda o‘rganilib, fanda “panturkizm” atamasi paydo bo‘ldi. Bu ta’limot zaminida “O‘rta Osiyo aholisi azaldan turklar bo‘lib, buyuk Turon, so‘ng Turkiston bo‘lib ketgan”, degan g‘oya yotardi. Ular o‘zbek xalqining turk ildizini turkiy bo‘lmagan etnoslar bilan aralashish natijasida tashkil topganligini inobatga olmaydilar. Ular orasida shundaylar ham borki (hozir ham uchrab turadi), ular o‘zbek xalqining kelib chiqishini Nux payg‘ambarning o‘g‘li YOfasdan, YOfasning o‘g‘li Tur yoki Turkdan boshlaydilar. Natijada, uning aks sadosi sifatida “panironizm” ta’limoti paydo bo‘ldi. Bunga ko‘ra, “bu zaminning tubjoy axolisi eroniy tilli xalq bo‘lib, bu yurtga turklar keyinchalik kelgan”, degan g‘ayriilmiy konsepsiya paydo bo‘ldi. O‘sha kezlarda, bu murakkab masala echimiga islom aqidaparastlari ham aralashib, “milliy etnoslar yo‘q, faqat islom millati bor, xalqlarni tiliga qarab emas, balki diniga qarab millatini belgilamoq kerak”, degan diniy konsepsiya paydo bo‘ldi. Bu qarash fanda “panislomizm” nomini oldi. Bunday noilmiy konsepsiyalarning paydo bo‘lishi o‘z davrida shu muammo yo‘nalishiga bog‘liq fanlar rivojlanish darajasining zaifligidan dalolat berardi.
Darhaqiqat, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarix masalalariga daxldor etnologiya, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, toponimika, tarixiy lingvistika kabi fan tarmoqlari o‘sha kezlarda hali rivojlanmagan edi. Binobarin, O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi borasidagi talqinlar faqat tarixiy va afsonaviy rivoyatlar asosida yaratilgan so‘nggi o‘rta asrlar davri qo‘lyozma manbalariga asoslangan.
Ushbu murakkab muammoning yechimiga aloqador fan tarmoqlari rivojlanib, uni kompleks o‘rganishga o‘tilgach, O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi masalasida birdan-bir to‘g‘ri bo‘lgan milliy avtoxtonizm nazariyasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqishini o‘rganishda uning etnik tarkibini aniqlash zarurligi, shundagina, u yoki bu xalq, uning etnogenezi va etnik tarixi, madaniy merosi, sarhadlari, davlatchilik tarixi haqida to‘g‘ri xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. CHunki etnogenez va etnik tarix masalasi o‘ta murakkab muammo bo‘lib, u izlanuvchidan zo‘r mas’uliyatni, tarixiy izchilik va ob’ektivlik tamoyillariga amal qilishni, muammo ilmiy echimi yo‘lida milliy ehtiroslarga berilmaslikni qatiy talab qiladi.
Ma’lumki, etnologiya fanidagi etnos nazariyasiga oid ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – etnogenetik jarayon tarixi, ikkinchi bosqich – etnos, ya’ni elat, xalq tarixi, uchinchi bosqich – millat tarixidan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanishiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqning ibtidosi qabiladan boshlanadi. Etnogenez yakunida elatga xos barcha etnik alomatlar mujassamlashgan bo‘ladi. Etnik alomatlarni esa hududiy birlik, iqtisodiy-xo‘jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi, etnik nom, o‘zlikni anglash, til birligi va nihoyat, siyosiy uyushma birligi tashkil etadi.
Xalq biologik hosila emas, balki ijtimoiy uyushma birligidir. U darhol hosil bo‘lmaydi, balki uzoq davom etadigan etnogenetik jarayon maxsuli va etnik alomatlar yig‘indisidir. Etnik alomatlarning shakllanishi esa etnogenetik jarayonlar davomida birin - ketin sodir bo‘lib boradi. Xalq etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi, ya’ni shakllangan xalq tarixi boshlanadi. Xalq feodal jamiyatining ijtimoiy maxsuli bo‘lib, u ba’zi hollarda dastlabki sinfiy jamiyat sharoitida ham yuz berishi mumkin (masalan yunonlar). Xalq tarixi o‘z iqtisodiy-xo‘jalik va etnomadaniy rivojining ma’lum nuqtasiga etgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Bu nuqtaning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi jamiyatda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining boshlanishi bilan yuz bera boshlaydi. SHuning uchun millat kapitalizmning ijtimoiy maxsuli hisoblanadi. Xalqlarning kelib chiqishi masalasidagi bunday ilmiy qarash, muammo echimini kompleks yondashuv asosida o‘rganishga o‘tilgach, etnologiya fanida o‘z o‘rnini topdi.
2. Etnogenez, etnik tarix va millat tarixining har birini alohida olganda, ularning boshlang‘ich va yakuniy nuqtalari bor. Masalan, mana shu ilmiy konsepsiya asosida o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi sifatida dastlab turk xoqonligi davri qabul qilindi (akademik A.YU.YAkubovskiy nuqtai nazari). Keyinroq, o‘zbek etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi antik davrgacha qadimiylashtirildi (akademik S.P.Tolstov nuqtai nazari). Akademik Karim SHoniyozov ham so‘nggi fundamental tadqiqoti “O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni” asarini mana shu nuqtai nazar asosida yozgan.
Hozirgi kunda bu sana yanada qadimiylashtirilgan, ya’ni so‘nggi bronza davri bilan belgilanmoqda (akademik AAsqarov nuqtai nazari). Bunday qarashlarning ilmiy asosida o‘zbeklarning o‘q tomiri, bosh ildizi ikki tilda so‘zlashuvchi etnik qatlamlar (sug‘diy va turkiy)ning qorishuv natijasi ekanligi va uning dastlabki sanasi, ularning ilk bor aralasha boshlagan nuqtasi so‘nggi bronza davridan boshlanganligi hisobga olingan.
O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi haqidagi milliy avtoxtonizm konsepsiyasi ilmiy-metodologik jixatdan asosli bo‘lsada, ammo uning ayrim tomonlari jiddiy taxlil va qo‘shimcha ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Masalan, o‘zbek xalqi turkiy ildizining O‘rta Osiyoda ilk bor paydo bo‘lishi yoki turkiylarni faqat ko‘chmanchi xalq sifatida ta’riflash masalasi. Bu erda zamon va makon masalasi, qadimgi xalqlarning tabiiy-geografik sharoitga, ekologik vaziyatga moslashib xo‘jalik yuritish an’analari hisobga olinmagan. Natijada, fanda ba’zi bir anglashilmovchiliklar paydo bo‘ldiki, bunga ko‘ra, O‘rta Osiyoning turkiy tilli qabilalari “kelgindi”, qadimiy eronizabon xalqga nisbatan esa “tubjoy” aholi deb qarash tasavvuri paydo bo‘ldi. Aslida shundaymidi? Yo‘q, unday emas.
Birinchidan, milliy avtoxtonizm nazariyasiga ko‘ra, “O‘rta Osiyo xalqlarining barchasi hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘liqligi” tasdiqlansada, ammo o‘zbek xalq etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi Turk xoqonligidan boshlanadi, degan tezis o‘rtaga tashlanib, o‘zbek xalqining turkiy ildizini dastlab ilk o‘rta asrlar davri bilan, keyinroq esa antik davr bilan chegaralab qo‘yildi, Natijada, fanda, ushbu zaminning unga qadar tarixi va boy madaniy merosi faqat eronizabon xalqlarga tegishli, degan xulosa chiqarishga o‘rin qoldiriddi. Bundan hozirgacha foydalanib kelayotganlar oramizda yo‘q emas.
To‘g‘ri, nazariy qarashlarda turkiy tilli o‘zbeklarning asosiy ildizlaridan biri, o‘q tomiri eronzabon sug‘diylar, boxtariylar, xorazmiylar va sak qabilalari ekanligi inkor etilmaydi. Ammo o‘zbek xalqi tarixi, madaniy merosi, uning kelib chiqishi haqida bitilgan ilmiy maqolalar, risolalar, fundamental monografiya va asarlarda asosiy urg‘u uning turkiy ildizi bilan bog‘liq yozma manbalarga ko‘proq qaratiladi. Natijada, o‘zbek xalqining sug‘diy negiziga beixtiyor soya tushayotganligini bilmay qolamiz.
Ikkinchidan, odatda ko‘chmanchi qabila va elatlar hech qachon bir joyda muqim yashamaydi. Ular doim ko‘chib yuradi. CHunki ularning xo‘jalik asosi va turmush tarzi shuni taqozo etadi. Moddiy madaniyat va yozma manbalarga ko‘ra, Dashti-qipchoq o‘z tabiiy-geografik sharoitiga ko‘ra, ko‘chmanchilarning azaliy vatani bo‘lsada, u erlarda yashagan hunnlar, usunlar qarluq va chigil, argun va tuxsi, kaltatoy va qangli, qirg‘iz va uyg‘ur, Oltoy turklari va ularning ajdodlari xu, di, rung hamda sak-skif qabilalari hech qachon bir joyda muqim yashamagan. Ular nafaqat bepayon buyuk turk dashtida, balki O‘rta Osiyoning qadimgi dehqon jamoalari tomonidan o‘zlashtirilmagan daryo havzalari va cho‘llarida ham o‘z chorva mollarini yaylov-larda boqib ko‘chib yurgan. Ko‘chmanchilarning kambag‘al qismini bir bo‘lagi har safar bu zaminda qolib ketib, sekin-asta o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlaydilar. Bu jarayonning bir necha asrlar davomida muntazam takrorlanishi va uning doimiy tarixiy voqelikka aylanishi O‘rta Osiyoning Amudaryogacha bo‘lgan xududlarini bronza davridan boshlab Turonzamin deb atalishiga, uning turkiygo‘y qabilalarini esa Turonzaminning tubjoy aholiga aylanib ketishi-ga olib kelgan.
O‘rta Osiyo saklari ("Avesto"da turlar, ularning aslzodalari – oriylar) o‘z navbatida buyuk turk cho‘lining markaziy va sharqiy Qozog‘iston, Tog‘li Oltoy, O‘ral, Enisey va O‘rxon daryolari havzalarigacha kirib borganlar va u joylarning hukmron turkiy til muxiti ta’sirida turkiylashganlar. Demak, qadimgi sak-skif qabilalariga xos ikki tillilik juda keng turk-sug‘diy etnomaydonda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy hamda madaniy jarayonlar maxsuli ekanligi haqiqatga yaqindir. Demak, O‘zbekiston deb atalmish ona zaminimiz asosiy xalqining har ikki etaik qatlami ham turk-sug‘diy etnomaydonda juda qadim-qadim zamonlardan birga yashab, tarkib topgan tubjoy – avtoxton axoli hisoblanadi.
Sobiq sovet davri tarixiy lingvistika tadqiqotlari va uning ta’sirida bo‘lgan tarix fanida O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari tili masalasida, ularni eroniy tilli xalq sifatida talqin qilindi. CHunki "Avesto" va Veda kabi eng qadimgi yozma manbalar tili Ovrupa xalqlarining qadimiy tillari bilan qarindosh ekanligi ayon bo‘lgach, bu mintaqaning tub aholisini barchasi mazkur yozma manbalar tilidan kelib chiqqan holda eronzabon deb qabul qilinib, bu zaminda qadim zamonlardan ular bilan birga qon-qardosh, qo‘shni va quda-anda bo‘lib yashab kelgan turkchilikka hech qanday o‘rin qoldirilmadi. Hatto eronshunos olimlar Hind-Ovrupa nazariyasidan kelib chiqqan holda, O‘rta Osiyodan to Baykalgacha bo‘lgan mintaqalarda eroniy til muxiti hukmron edi, degan asossiz qarashni ilmiy jamoatchilik ongiga singdirgan. Masalaga jiddiyroq yondashilsa, turkiy xalqlar etnogenezini mutlaqo turkchilikdan yoki turk davlatchiligining ilk makonlaridan kelib chiqib echib bo‘lmaydi. CHunonchi, Hunn davlati va Turk xoqonligi shakllangan hududlar O‘rta Osiyodan sharqda bo‘lgan. Ammo negadir, har ikkala davlat tarixida Turon o‘lkalarini o‘z tasarrufiga qo‘shib olish masalasi bejiz ko‘tarilmagan. CHunki Turon o‘lkalari Markaziy Osiyoning aholisi jihatidan ham tarkibiy qismi bo‘lib, bu o‘lkalar mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlab Eron ahamoniylari tasarrufiga o‘tgan edi. Taniqli avestoshunos olim M.Ishoqov ta’biri bilan aytganda, “bu o‘lkada (qadimgi Turonda) ahamoniylarning siyosiy hukmronligi o‘rnatilib, uning tarkibiga kirgan eroniy va turkiy xalqlarning bariga buyuk Eron davlati fuqarosi sifatida qarash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xalqlarning o‘z tillaridan qat’i nazar, umum eroniy til qonuniy til qilib qo‘yildi. Natijada, davlat maxkamachiligi doirasida Turonning turkiy til mavqei sun’iy ravishda bekor qilindi”1. SHu sharoitda Ahamoniylar davlatining ta’siridan tashqarida qolgan turkiy xalqlar dunyosida davlatchilikning yangi to‘lqini vujudga keldi, ya’ni hunnlar imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davlat ichki siyosatida turkchilik ruxida ish tutib, tashqi siyosatini birinchi navbatda Turon va turk dunyosini birlashtirishga qaratdi. CHunki bu o‘lkalarda til, aholining turmush tarzi bir-birlariga yaqin bo‘lgan hamda siyosiy jihatdan Eron an’anaviy davlatchiligidan ajralib chiqish kayfiyatidagi turkiy xalqlar yashar edi. Keyinchalik, Turk xoqonligi va Qoraxoniylar davlati ham aynan shunga tayanib ish ko‘rgan.
Afsuski, hozirgacha murakkab tarixiy jarayonlarning bunday siyosiy jihatlari taxlil qilinmay, mintaqaning tubjoy aholisi faqat eroniy tilli xalqlar bo‘lgan deb, ular bilan birga yagona hududiy kenglikda turkiy qavmlar ham yashaganligi hisobga olinmay, qadimgi Turondagi turkiy etnosni inkor etish darajasigacha olib kelindi. Bunday qarashni sobiq sovet davri tarix fanining darg‘alari YU.Bregel, S.P.Tolstov, aka-uka Dyakonovlar, V.A.Livshits, turkolog S.G.Klyashtorniy, B.A.Litvinskiy, YU.YA.Staviskiy, B.G‘.G‘ofurov, V.M.Masson, E.E.Kuzmina va boshqalar fanga olib kirdilar. Bu qarash butun bir avlod ilmiy jamoatchiligi ongiga singdirildi. Arxeologiya va paleoantropologiya materiallari tahlili ham shu qarashga bo‘ysundirildi. Bunday qarashning fanda hukmron bo‘lishida O‘rta Osiyodan topilgan yozma yodgorliklar tili asos bo‘ldi. YAqingacha O‘rta Osiyodan topilgan qadimgi yozuvlar faqat xorazmiy, bohtariy, sug‘diy tillarida bi- tilgan, demak tubjoy aholi eroniy tilli bo‘lgan, deb ta’kidlab kelindi. Hatto turkiy yozma yodgorliklar ham o‘z nomi bilan atalmay, “noma’lum yozuv” deb e’lon qilindi.
Etnogenez muammosini faqat yozma yodgorliklar tili bilan echish ilmiy chalkashlarga olib kelishi hisobga olinmadi. Masalan, eroniy tilli ahamoniylar davlat mahkamachiligida oromiy tili hukmron bo‘lgani holda, jonli xalq tili Eronda qadimgi forsiyda edi. Hatto podsholik sulolalari ketma-ket turkiy xalqlardan chiqqan vaqtlarda ham rasmiy hujjatlar tili forsiyda davom etgan. Turk xoqonligining ilk davrida sug‘d yozuvi va tili rasmiy hujjatlarda ishlatilgani ma’lum. CHunki sug‘d tili ilk o‘rta asrlarda juda keng geografik doirada Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq holda, jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan edi. Movarounnahrda arab xalifaligi istilosidan keyin rasmiy mahkamachilik, ilmiy ijodiy til arabcha, hayotda esa eroniy va turkiy edi. Demak, yozma yodgorliklar tili etnogenez muammosini hal etishda asosiy omil bo‘la olmaydi, aksincha ko‘p hollarda chalkashlarga olib kelishi mumkin.
Biroq bundan yozma yodgorliklar tilining etnogenez muammosi echimida o‘rni yo‘q, degan ma’no chiqmaydi. Qadimgi siyosiy uyushmalar va davlatlardagi rasmiyat va maxkamalar tili hech qachon shu uyushmalar hududida yashagan har xil etnik qatlamlar tilini, ularning etnik tarkibini to‘liq aks ettira olmaydi. O‘rta Osiyodagi ikki tilli xalqlarning aralashib yashashi, ular orasidagi bir-birlariga yaqinlashish va integratsiya jarayonlari turli etnik qatlamlar yaratgan mushtarak madaniyat, fan va ma’naviyat hamda siyosiy hoki-miyat oxir-oqibatda, o‘zbek va tojik qardosh xalqlarining deyarli bir vaqtda shakllanishiga olib kelgan.
Yuqorida o‘zbek xalqining shakllanish tarixi uzoq davom etgan etnogenetik jarayon natijasidir, dedik. Bu jarayon ya’ni o‘zbeklarning etnogenezi XI asrgacha davom etadi va u g‘arbiy qoraxoniylar davlati doirasida, XI-XII asrlarda o‘zbek xalqi uzil-kesil shakllandi. SHundan so‘ng o‘zbek xalqining etnik tarixi boshlandi. O‘zbeklarning etnik tarixi davomida, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar uzil-kesil shakllangan o‘zbek etnosi tarkibini deyarli o‘zgartirib yubora olmadi, balki uning bag‘rida etnik guruxlar sifatida uzoq vaqt yashab, ma’lum bir tarixiy davrdan so‘ng o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketdi.
O‘zbek xalqining millat sifatidagi tarixi XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan boshlanadi. Millat shakllanishi ham xalqning tarkib topishi kabi uzok. davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, millat etnik tarixning eng yuksak yuqori cho‘qqisi, kamolat bosqichidirki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, u suveren davlat sifatida ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritadi, millat tili davlat tili maqomini oladi, uning davlat chegaralari qat’iy, daxlsiz bo‘lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi, millatning o‘zlikni anglash darajasi yuksak, milliy g‘urur, vatanga fidoyilik, ona zamin va xalqiga sodirushk millat fuqarolari hayotining mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi, millatga xos mentalitet shakllanadi, davlat jamiyat tomonidan botiqariladi, ya’ni davlat millatning xohish-irodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi.
Millatni til, territoriya va etnomadaniy jixatdan birlashtiruvchi omil iqtisodiy negizdir. Millatning iqtisodiy-xo‘jalik birligi asosida til va territoriya hamda etnomadaniy birliklar paydo bo‘ladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy birlashishi xalq so‘zlashuv tilining (laxjalarining) yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo bo‘lishiga olib keladi. Uning davlat tili maqomi darajasiga ko‘tarilishi esa millat nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. Davlat pul birligining paydo bo‘lishi va jaxon bozoridagi mavqei, uning iqtisodiy qudratidan nishonadir. Uning mustaxkam zamini davlat iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy siyosatining barqarorligiga bog‘liq. Fuqarolarning o‘zlikni anglash darajasi istiqbolli iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shubxasiz, bundan o‘zbek millati va davlati ham istisno emas.
Bundan maqsad, bo‘lajak tarixchi talabalarning etuk mutaxassis bo‘lib shakllanishlari uchun, ularga o‘zbek xalqining kelib chiqishi va uning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayon- lari haqida davlat ta’lim dasturi asosida tushuncha berish, ularni shu masala bilan bog‘liq konsepsiyalar va ularning tub mohiyati bilan hamda etnogenez va etnik tarixning nazariy hamda ilmiy-metodologik asoslari bilan tanishtirish, etnogenez va etnik tarix haqidagi tushunchalar: etnik alomatlar va belgilar, o‘zbek xalqi etnogenetik jarayonining murakkab kechish sabablari va ular o‘rtasidagi tarixiy va xronologik tafovutlar haqida talabalarga ob’ektiv ma’lumotlar berishdan iborat. CHunki O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi masalasida, fanda hozirgacha davom etib kelayotgan turlicha qarashlar va ba’zan uchrab turadigan g‘ayriilmiy tushunchalar, o‘zbek xalqining tarixi hozirda egallab turgan hududlar bilan azaldan bog‘liq ekanligiga soya solmoqda. Ayniqsa, YUriy Bregel, No‘‘mon Negmatov, Rahim Masov, Sergey Polyakov, Alisher Ilxomovlarning qarashlari fan yutuqlariga mutlaqo ziddir. Ularning qarashlari yosh avlodni milliy iftixor va tarixiy baynalminallik ruxida tarbiyalashga emas, balki ko‘p millatli mintaqa axolisi o‘rtasida milliy nizolarni keltirib chiqarishga olib keladi. SHuning uchun har bir tarixchi talaba, xalqi va vataniga sodiq mutaxassis ota-bobolarining kelib chiqishini, uzoq o‘tmishda ajdodi kim edi, shu zaminda ikki til sohiblari (turkiy va sug‘diy) sifatida yonma-yon yashab, uzoq davom etgan iqtisodiy va etnomadaniy aloqalar natijasida bir-birlari bilan aralashib, qorishib ketgan, turli tarixiy taraqqiyot bosqichlarini birga bosib o‘tgan, avtoxton o‘troq xalq madaniy merosining sohiblarimi yoki tarixni buzib ko‘rsatuvchi ba’zi birovlar aytganidek, ko‘chmanchilar bo‘lganmi? Mana shu muammo echimini topib, talabalarga to‘g‘ri ilmiy tasavvurlar berish ushbu o‘quv qo‘llanma maqsad va vazifala-rining mazmun va tub mohiyatini tashkil etadi.
3. O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida maxsus tadqiqotlar va ular haqida yozilgan asarlar ko‘p emas. Ammo bu masalada taniqli sharqshunos va arxeolog olim, professor A.YU.YAkubovskiy, Xorazm tarixining chuqur bilimdoni professor S.P.Tolstov, akademiklar YA.G‘ulomov va K.SHoniyozovlarning xgomati katta. 1941 yilda prof. A.YU.YAkubovskiy “O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida” (“K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda”) maxsus risola yozib, uni “FAN” nashriyotida o‘zbek va rus tillarida chop zttirdi. Ushbu risola ruhiyati asosida 1942 yilda Toshkentda O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezi masalalari bo‘yicha maxsus sessiya o‘tkazildi. Sessiyada taniqli olimlar: A.D.Udalsev “Etnogenetik tadqiqotlarning nazariy asoslari”, S.P.Tolstov “O‘rta Osiyo etnogenezining asosiy muammolari” hamda “Orol etnogenetik jarayonlar maydoni”, L.V.Oshanin “Antropologiya ma’lumotlari O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi haqida”, K.V.Trever “Miloddan avvalgi VI-V asrlarda O‘rta Osiyo aholisining etnik tarkibi”, I.I.Umnyakov “Toharlar muammosi”, A.N.Bernshtam “O‘rta Osiyo etnogenezida qadimgi turkiy elementlar”, N.A.Kislyakov “Tojiklarning yuzaga kelishi masalasi haqida”, V.V.Ginzburg “Antropologiya ma’lumotlari tojiklar etnogenezi haqida”, A.YU.Yakubovskiy “Turkman xalqining VIII-X asrlardagi etnogenezi tarixidan” mavzularida ma’ruzalar qilishib, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixining asosiy yo‘nalishi va ilmiy-metodologik asoslari belgilab olindi. Mana shu konseptual yo‘nalishda 1962 yilda ko‘p jildlik “Jahon xalqlari tarixi”ning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga bag‘ishlangan seriyasi chop etilib, uning “O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi” bo‘limida, “tarixning ilk bosqichlaridanoq sug‘orma dehqonchilik bilan qadimdan shug‘ullanib kelgan eroniy tilli mahalliy aholining ma’lum qismi Zarafshon, Farg‘ona, CHoch va Movarounnahrning dasht-sahrolari va boshqa vohalariga hamda qadimgi Xorazmga kirib kelgan turkiy qabilalar bilan bir necha asrlar davomida aralashib yashashlari natijasida til jihatidan turkiylashadilar. O‘z navbatida, turkiy xalqlar ham eroniy tilli xalqlarning madaniy ta’siridan bahramand bo‘lib, ulardan xo‘jalik yuritish usullarini, dehqonchilik sirlarini o‘rgandilar. XI-XII asrlar etnik aralashuv va turklashish jarayonining eng jadallashgan vaqti bo‘lib, aynan shu asrlarda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i hamda Xorazmda turkiyzabon xalqning asosiy o‘zagi shakllanadi. Keyinchalik bu xalq (etnos) o‘zbek etnik nomini qabul qilgan”, degan mazmunda O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezining asosiy ilmiy yo‘nalishi belgilab olindi.
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha keyingi yillardagi tadqiqotlar mana shu ilmiy-metodologik yo‘nalishda olib borildi hamda uning echimiga qator aniqliklar kiritildi. Ana shunday fundamental tadqiqotlardan biri akademik Karim SHoniyozovning vafotidan so‘ng 2001 yilda “SHarq” nashriyotida chop etilgan “O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni” nomli monografiyasidir. Ammo bu mavzuda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun hozirgacha maxsus darslik yoki qo‘llanma yaratilmagan. Qo‘lingizdagi asarda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha turli qarashlar va yondashuvlar asosida yozilgan ilmiy maqolalar, risola va monografiyalarning qisqacha tahlili va muallifning nuqtai nazari bayon etilgan. Ushbu asar talabalar va o‘z xalqining kelib chiqishiga qiziquvchi kitobxonlar uchun qo‘llanma rolini o‘ynashi mumkin. Ammo K.SHoniyozovning asari uning ko‘p yillik ilmiy ijodining natijasi sifatida akademik tadqiq uslubida yozilgan. SHuningdek, asarda ba’zi bir munozarali fikrlar va mavhum iboralar ham mavjud. Muammo ilmiy taxlilida turkiy komponentga ko‘proq e’tibor qaratilib, o‘zbek etnogenezining asosiy komponentlaridan, o‘q ildizidan biri bo‘lgan mahalliy asosi soyada qolgan. Unda muammo echimiga aloqador yangicha qarashlar va yondashuvlar taxlili hisobga olinmagan.
4. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida ham o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasida bir qator konseptual g‘oyalar mavjud. Quyida ushbu asarda ilgari surilgan dolzarb fikr-mulohazalarni keltirib o‘tsak:
- Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi.
Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
...Eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astrono(3)miya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin.
...Bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi.
...O‘z tariximizni o‘zimiz yozish huquqidan mahrum edik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik. "SSSR tarixi" deb atalgan darslikda O‘zbekistonday mamlakatga bor-yo‘g‘i 3-4 sahifa o‘rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilardi.
CHumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin, degan gap bor. Men tarixchi emasman. Lekin tabiiy bir savol tug‘iladi: davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimiz, kimligimizni bilishimiz kerakmi-yo‘qmi?
Nazarimda, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi haqida yaxlit konsepsiya yo‘q. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur.
Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin. Bu-birinchidan. Ikkinchi masala shundan iboratki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi.
Nega men ma’rifat so‘zini ko‘p takrorlab, unga alohida urg‘u beryapman? Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir.
...Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni echolmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi!
Aynan shuning uchun ham o‘z paytida Respublika Ma’rifat va ma’naviyat markazini tashkil etdik.
Qolaversa, ma’naviyat, ma’rifatni targ‘ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Ma’rifatchi fidoyi bo‘lmog‘i kerak. ...ma’rifatchi, eng avvalo, fidoyi bo‘lmog‘i, o‘zidan kechmog‘i kerak. -tarix va ma’naviyat qismida:
Endi asosiy masalaga o‘tsak. Xo‘sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan o‘rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Ma’naviyatini tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.
|
| |