Raqamli iqtisodiyot nima?
Raqamli iqtisodiyot
– bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga
oshirish tizimidir. Ba’zida u
internet iqtisodiyoti, yangi
iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham
ifodalanadi.
1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli
iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni
butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar,
tadbirkorlar – deyarli barcha qo‘llamoqda. 2016 yilda Butunjahon
banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta
ma’ruza e’lon qildi (“Raqamli dividendlar”).